Namangan davlat universiteti geografiya kafedrasi geografiyaning asosiy muammolari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana31.05.2020
Hajmi0.5 Mb.
#112341
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografiyaning asosiy muammolari


                        Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 

 

1.Hududiy, geografik, akvatorial mehnat taqsimoti nima? 



2.Hududiy mehnat taqsimotining asosiy omillari va darajalari qanday?.  

3.Hududiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv nima?. 

:

 

 



4.Turli bosqichdagi bozorlarning shakllanishi qanday bo’ladi?.  

5.O’zbekistonda hududiy mehnat taqsimotini rivojlantirish masalalari qanday? 

6. Ixtisoslashuv  mehnat   taqsimotining  xududiy darajalari?.  

Tavsiya etilgan adabiyotlar 

 1.Чистобаев А.И., Шарыгин М.Д. Экономическая и социальная география.  Л., 

1990  

2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 



3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A. P‘hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

7.Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 

8.Hagget ‘. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.  

9. Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  

 

 



 

Maruza- 5: Iqtisodiy geografik urin va uning metodik  ahamiyati. 

                                                  Reja: 

             5.1. Mamlakat va shaharlarning iqtisodiy geografik o‘rni 

             5.2. Tabiiy geografik o‘rinning  tashqi va siyosiy geografik mazmuni 

             5.3..Iqtisodiy geografik o‘rinning tarixiyligi, uning qismlari va darajalari. 

             

5.4.  O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy geografik  va siyosiy  geografik                                           

o‘rnini yaxshilash muammolari. 

          5.5. Buyuk Ipak Yo‘lining tiklanishi va O‘zbekiston iqtisodiy geografik o‘rnini 

yaxshilanishi.



 

 

Tayanch so’z va iboralar: Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasi. tabiyi-

geografik o’rin tushunchasini.Geografik o’rin geostrategik mazmui. O’rganilayotgan 

ob’ektning mikro, mezo va makro geografik o’rni borligi.Turli bosqichdagi o’rinlarni 


 

20 


bir-biri bilan bog’liqligi, mezogeografik o’rnidan foydalanish. Geografik o’rin 

geostrategik mazmui.     

          

  

         



Iqtisodiy  geografik  o’rin  ham  fanimizning  asosiy  tushunchalaridan  biri 

bo’lib,uni yaxshi tahlil qila olish (magzini.chaqish)  o’rganilayotgan ob’ektni nima 

uchun shu yerda joylashganligi, hozirgi holatga qanday erishganligi hamda unyng 

kelajagi to’g’risida mukammal va to’liq ma’lumot beradi. Bu tushunchada, eng 

avvalo, ob’ekt qaerda joylashganligi (o’rni), uning boshqa qo’shni ob’ektlar bilan 

qanday munosabatda ekanligi muhim ahamiyatga ega.   

         Ma’lumki, geografik o’rin bir necha hil hududiy bo’ladi. Masalan, shahar yoki 

rayonning koordinatalarini (geografik uzoqlik va kengligi) aniqlash - bu ularning 

matematik geografik o’rnidir. "Sverdlovsk shahri Urapda, Gazli Qizilqumda 

joylashgan" - degan iboralar sof holda tabiiy geografik o’rinlar hisoblanadi. Ushbu 

misolimizdan Sverdlovsk qadimgi Ural tog’ sistemasida joylashgailigi yoki qudratli 

metallurgiya va mashinasozlikka ega bo’lgan iqtisodiy rayonda joylashganligi, Gazli 

esa  Qizilqum cho’lida o’rnaShganligi va  Buxoro  viloyatining  "resurs" 

shaharchalaridan biri ekanligi ma’lum bo’ladi. 

Matematik geografik o’rin, tabiiy geografik o’rin,  tashqi geofafik o’rin 

tuShuichalari ayni bir mazmunga ega emas, shu bilan birga o’rganilayotgan rayon 

yoki mamlakatning boshqa mamlakatlarga nisbatan tutgan o’rnini aniqlash bu uning 

siyosyy geografik o’rni to’g’risida ma’lumotga ega bo’liShdir. SHahar yoki 

rayonlarning harbiy-geografik o’rni to’g’risida ham so’z yuritish mumkin. 

Shuningdek, ekologik geografik o’rin ham bor; u ma’lum hududning ekologik 

jihatdan xavfli bo’lgan joylarga nisbatan joylaShganligini bildiradi. Masalan, 

Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati va qisman Buxoroning ekologik 

geografik o’rni yaxshi emas. Ular global tus olgan Orol ekologik o’chog’iga yaqin 

turishadi. 

Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasini mukammal ravishda N.N.Baranskiy 

ishlab chiqdi va fanga kiritdi. Keyinchalik bu nazariya I.M.Maergoyz, 

V.V.Pokshiilevskiy, O.A.Konstantinov,  R.M.Kabo, Yu.G.SauShkin, G.M.Lappo, 

T.I.Raimov va boshqa olimlar tomonidan har tomonlama rivojlantirildi. 

Iqtisodiy geografik o’rin deganda biz o’rganayotgan ob’ektning (qaysi bir 

hududning - shahar, rayon yoki mamakatning) o’z atrofida, undan tashqarida 

joylashgan geografik ob’ektlarga nisbatan tutgan o’rni va bu ob’ektlarni uning 

rivojlantirishga  tashqi jihatdan ta’sir ko’rsatishini tuShupamiz. Bundan quyidagi 

asosiy fikrlar kelib chiqadi: 

1. Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasida so’z, eng avvalo, uning tashqi 

hududiy munosabatlari haqida boradi. Ob’ektning o’zi, uning ichki tuzilishi esa ayni 

paytda ahamiyatga ega emas. Masalan, O’zbekistonning iqtisodiy geografik o’rni 

to’g’risida so’z yuritilganda, uning yaqin va uzokda joylashgan geografik ob’ektlarga 

nisbatan o’rganiladi, respublikaning o’zining ichki hududiy tuzilmasi (qaerda yirik 

shaharlarning, magistral yo’llar yoki vohalar joylashganligi) bizni ayni paytda 

qiziqtirmaydi. 

2. Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasida tashqarida yotgan geografik 

elementlarning faqat  tashqi ta’siriga e’tibor qaratiladi. Ammo bu tashqaridagi 



 

21 


ob’ektlar dastlabki ko’rinishda tabiiy geografik bo’lsada, ular iqtisodiy geografik 

ahamiyatga ega. Demak, iqtisodiy geografik o’rinda tabiiy geografik elementlarga  

tashqi jihatdan baho berilar ekan. Shu bilan birga, bunday baho berish faqat geografik 

o’rinning ijobiy tomonini qidiriSh emas, balki uning salbiy tomonlarini ham ochib 

berishi lozim. 

3.Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasida tashqi iqtisodiy aloqalarning o’ziga 

emas, balki shu aloqalarni rivojlantirish uchun kerak bo’lgan imkoniyatlariga e’tibor 

qaratiladi. Ma’lumki, bu imkoniyatlar to’la amalga oshirilgan yoki hali ulardan 

foydalanilmagan bo’lish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, aloqalarning o’zi emas, 

shu aloqa uchun imkoniyat qidiriladi, joyning salohiyati, funktsiyasi aniqlanadi. 

4. Iqtisodiy geografik o’rin tarixiy tushunchadir. Bir vaqtlar noqulay bo’lgan 

o’rin keyinchalik qulay va, aksincha, qulay bo’lgan o’rin poqulay bo’lib qolishi 

mumkin. Masalan, Angren yoki Bekobod  shaharlarningining iqtisodiy geografik 

o’rni so’nggi yillarda ancha o’zgardi. 

5. Tashqi geofafik o’rin shu ob’ekt atrofida yangi sanoat korxonalarni barpo 

qilish, magistral yo’llarni o’tkazish, yirik foydali qazilma konlarini topish, rekreatsiya 

zonaparini yaratish tufayli yaxshilanib boradi. Ayniqsa, bunday qonuniyat yirik 

shaharlarningda yaqqol namoyon bo’ladi, chunki ular doimo o’z iqtisodiy geografik 

o’rnini yaxshilashga intiladi. 

6.Iqtisodiy geografik o’rin bir necha bo’laklardan (qismlardan) iborat. 

Jumladan, shahar yoki rayonning agrogeografik, demografik, harbiy-geografik, 

ekologik, gidrogeografik o’rinlari to’g’risida so’z yuritsa bo’ladi. Agrogeografik o’rii 

deganda, ob’ektning yirik qishloq xo’jalik rayonlariga nisbatan tutgan  o’rni, 

transport geografik o’rnida asosiy magistral infratuzilma ,  elementlari, demografik 

o’rin deganda esa aholining zich joylashgan rayonlarga nisbatan tutgan o’rni haqida 

ma’lumot olinadi va h.k. Albatta, bu tushunchalar orasida transport geografik o’rin 

ko’proq ahamiyatga ega, chunki joyning asosiy imkoniyatlari (funktsiyasi) aynan shu 

transport-iqtisodiy aloqalar orqali amalga oshiriladi. 

7.Iqtisodiy geografik o’rin bir necha bosqichli bo’ladi. O’rganilayotgan 

ob’ektning mikro, mezo va makro geografik o’rni bor. Shu bilan birga, bu yerda turli 

bosqichdagi o’rinlarni bir-biri bilan bog’liqligini ta’kidlash lozim. Shubhasizki, 

shaharning aynan shu joyda vujudga kelishiga uping eng avvalo mikro-geografik 

o’rni sabab bo’ladi. Agar bu o’rin qulay bo’lsa, shahar bu joyning real imkoniyatidan 

foydalanib, asta-sekin yiriklashadi va mezogeografik o’rnidan foydalanishga o’tadi. 

Shu bilan birga, iqtisodiy geografik-o’rni juda qulay bo’lmagan shaharlarning 

davr o’zgarishi bilan haroba joylaridan qaytadan ko’tarila olmagan (Marv, Eski 

Panjakent, Axsikent, Tuproqqala va h.k.) yoki bir necha bor o’z o’rnini o’zgartirgan  

shaharlarning (Orenburg,  Qozon, Qarshi va boshqalar) ham mavjud. 

Angliyaning Buyuk Britaniyaga aylanishidagi sabablardan biri uning nihoyatda 

qulay transport-geografik o’ringa ega ekanligidir. U dengiz transporti rivojlantirish 

davomida o’zining geografik mavqeidan, ya’ni Atlantika va Shimoliy Muz okeani 

o’rtasida joylashganligidan to’la foydalandi. Ayni bir paytda Germaniyaning 

rivojlantirish biroz kechroq boshlandi. Buning sabablaridan biri, mamlakatning 

Atlantikadan ichkaridaligida, uzoqligida edi. 



 

22 


Harbiy-geografik o’rin, ayniqsa, shaharlar uchun harakterlidir. Qadim 

zamonlarda  shaharlarning asosiy vazifalaridan biri-mamlakatni qo’riqlash, hujumdan 

saqpash edi, shu sababli ular tepaliklarda, daryoning baland kirg’og’ida qalalar 

qurilardi; bosib olingan yoki qo’shib olingan joylar yangi shaharlarning bilan 

mustahkamlantirilardi (Vladikavkaz, Yekaterinburg, Krasnodar va h.k). 

Shunday qilib, iqtisodiy-geografik o’rin tushunchasini yaxshi bilish shahar 

yoki rayonlar xo’jaligini, uning tarkibi va yo’nalishini o’rganishda katga yordam 

beradi. Bu xususda iqtisodiy geografik o’rin kategoriyasi  tashqi rivojlantirishdagidek 

o’ziga xos metod, tadqiqot usuli, bilim kaliti hisoblanadi. CHunki, uning yordamida 

nafaqat nima, qaerda, balki nima uchun shu yerda va qanday degan savollarga javob 

olinadi. 

Umuman geografik o’rin   hayotimizda doimo qo’llaniladigan tushunchadir, 

qaysi bir boradigan yoki o’rganadigan ob’ektning qanday va qaerda joylashganligi, 

mo’ljal bo’lib xizmat qiladi, bu tushuncha barcha uchun hamma vaqt va har doim 

kerak. Geograflyaning o’zida esa u hududiy fikrlash, kartani yaxshi bilish, hududiy 

munosabatlarni chuqur anglashni talab qiladi.

[8] 

Yuqorida geografik o’riniing tarixiyligi, o’zgaruvchanligi, uning harbiy, 

siyosiy va geostrategik ahamiyati to’g’risida gapirilgan edi. Darhaqiqat, geografik 

o’rin ilmiy geografik determinizmning asosiy omillaridan biri sifatida jamiyatning 

tarixiy rivojlantirish, uning markaz va qutblari, yo’l-yo’laklari shakllaniishda katta 

xizmat qilgan. L.I, Mechnikov "Buyuk tarixiy daryolar va jaqon tsivilizatsiyasi" 

asarida jamiyat rivojlantirishda uchta asosiy bosqichni ko’rsatadi. 

 Birinchisi,  daryo  tsivilizatsiyasi  bo’lib, unda sug’orma dehqonchilik uchun 

qulay bo’lgan daryolar ta’sirida fan va madaniyat,  tashqiot markazlari vujudga 

kelgan. Aynan ana shunday sug’orma dehqonchilik madaniyati Nil daryosining quyi 

qismy - hozirgi Misr, ikki daryo (Tigr va Yefrat) oralig’i -Mesopotamiya, Hind va 

Gang daryolari oralig’i qamda Huanxe daryosining quyi burilish qismi o’sha 

davrning rivojlangan markazlari bo’lgan, ularga o’zimizning yurtimiz –

Movarounnahr (Amudaryo - Oksning arablar uchun "narigi", orqa, biz uchun bergi 

tomoni) ni va Xorazmni ham 

 

markazlari bo’lgan, ularga o’zimizning yurtimiz - 

Movarounnahr (Amudaryo Oksning arablar uchun "narigi", orqa, biz uchun bergi 

tomoni) ni va Xorazmni ham qo’shishimiz mumkin. sababi, bu mintaqalarda ham 

sug’orma dehqopchilik yaxshi rivojlangan, u bilan bog’liq fan va madaniyat 

o’choqlari shakllangan, 

Ikkinchi bosqich — Urta dengiz madaniyati bo’lib, u asosan savdo-sotiq, 

Buyuk ipak yo’li bilan bog’liq tarzda rivojlangan. Snu davrda mazkur yo’l bo’yida 

joylashgan hududlar, jumladan, Urta Osiyo shaharlarningining iqtisodiy geografik 

o’rni nihoyatda qulay bo’lgan va ular gurkirab taraqqiy etgan, hozirgi Italiya 

xududida qator savdo markazlari (Genuya, Venetsiya, Florentsiya va b.) yaxshi 

rivojlanib borgan. 

 Qo’shnichilik munosabatlarida oraliq joylar ham katta imkoniyatlarga ega; 

ular muhim boglovchi, "kontakt" vazifasini bajarib, har ikki tomon qulayliklaridan 

samarali  foydalaniladi.  Bunday  geografik  vaziyat  xususan  shaharlarning 

rivojlantirishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Jumladan, yangi, navqiron Navoiy 



 

23 


shahrining qadimgi Samarqand va Buxoro shaharlarningi o’rtasida joylashganligi 

uning rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. Navoiy respublikamiz yirik  

____________________________________________ 



Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

 

haharlarningi orasida bunday maqomga juda qisqa muddatda, tez erishdi (albatta, 



bunga Qizilqum tabiiy resurslarining ta’sirini ham unutmaslik kerak). 

Bunday  "oraliq  shahar"  qonuniyatini  juda  ko’p  uchratish  mumkin. 

CHunonchi, Jizzax Toshkent va Samarqand o’rtasida, G’ijduvon Navoiy va Buxoro 

o’rtasida, Guliston Toshkent va Jizzax o’rtasida va h.k. Yana shunisi e’tiborliki, 

qadimda yirik markazlar taxminam bir hil masofada barpo etilgan.  

Bunga Volga daryosi bo’yida joylashgan Qozon, Saratov (Sariqtov), Samara, 

Volgograd, Astraxan shaharlarningi misol bo’la oladi. O’rta Osiyoda ham Buxoro - 

Samarqand, Samarqand -Toshkent, Samarqand - Xo’jand, Toshkent - Qo’qon, 

Xo’jand -O’zgan, Xo’jand - O’sh o’rtasidagi masofa ham deyarli bir hil. 

Avval ta’kidlanganidek, iqtisodiy geografik o’rin ayniqsa shaharlarning 

rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shaharlarning, o’z navbatida, o’zlarining 

iqtisodiy geografik o’rnini yaxshilashga harakat qiladi. Biroq, bunday imkoniyatlar 

tabiiy holda barcha shaharlarningda bir hilda emas. Masalan, Termiz yoki Guliston -

Surxoidaryo aa Sirdaryo viloyatlarining ma’muriy markazlari turdosh funktsiyali 

shaharlarning orasida nisbatan sustroq rivojlangan. Termizning siyosiy geografik 

o’rni noqulay bo’lsa, Gulistonning qaysi bir ma’noda shahri azim - Toshkentga 

yaqinligi uning katta markaz maqomida rivojlantirishga to’sqinlik qiladi (poytaxtning 

rayon hosil qiluvchi va rayonga xizmat qiluvchi salohiyati, ta’sir doirasi Gulistonga 

qaraganda ancha yuksak). 

                     Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 

 

   



1.N.N.Baranskiy, G.M.Lappo, I.M.Maergoyz iqtisodiy geografik o‘rin xaqida? 

   2.. Mamlakat va shaharlarning iqtisodiy geografik o‘rni qanday? 

   3

.

 Tabiiy geografik o‘rinning  tashqi va siyosiy geografik mazmunini gapiring?.



 

   4.Iqtisodiy geografik o‘rinning tarixiyligi, uning qismlari va darajalari qanday?. 

   5. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy geografik va siyosiy geografik o‘rnini 

yaxshilash muammolari.? 

   6. Buyuk Ipak Yo‘lining tiklanishi va O‘zbekiston iqtisodiy geografik o‘rnini 

yaxshilanishi? 



Tavsiya etilgan adabiyotlar 

1.Чистобаев А.И., Шарыгин М.Д. Экономическая и социальная география.  Л., 

1990  

2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 



3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A.  P’hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

7.Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 

8.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 



 

24 


9.  Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  

 

      



 

  

 



Mavzu -6: Sotsial geografiyasi muammolari. 

                               Reja

 

6.1.Sotsial geografiyaning tadqiqot ob’ekti va predmeti.  



6.2.Sotsial  geografiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni va roli.          6.3.Ijtimoiy 

geografiya va iqtisodiy  geografiya, ijtimoiy geografiyaning shakllanishi va 

rivojlanishi.  

6.4.G’arbda ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi.  

6.5.Ijtimoiy geografiyaning rivojlanishiga katta  xissa qo’shgan olimlar va 

ularning ishlari.  

6.6.Ijtimoiy geografik tadqiqotlarning mohiyati, xususiyatlari va ilmiy-amaliy 

jihatlari. Ijtimoiy geografiyaning vazifalari. 



  

Tayanch so’z va iboralar.Sotsial  geografiya,  «ijtimoiy  buyurtma» 

N.N.Baranskiy «sotsial geografiya»ni  yaratish  konseptsiyasi,  professor 

A.S.Solievning «sotsial geografiya» tushunchasiga bergan ta’rifi, Niderlandiyada 

sotsial geografiya paydo bo’lishi, ijtimoiy- geografik tadqiqotlar, ijtimoiy - geografik 

rayonlashtirish  (printsiplari, tibbiy-geografik   qonuniyatlarni  sotsial geografiya 

fanini rivojlanishidagi ahamiyati.  

 

Jamiyat rivojlanishining qonuniyatlarini ko’pchilik  fanlar  o’rganadi. 



Uning xududiy   tashkil etilishi  masalalarini tadqiq etishda zamonaviy 

iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning ahamiyati katta. Avvalambor, bevosita 

moddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  yoki  xo’jaliklar geografiyalarining 

rivojlanishi bilan tarkib topgan iqtisodiy geografiya, o’tgan asrning 80 yillariga 

kelib, hozirdagi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga aylandi,  ya’ni  uning 

ijtimoiy  (sotsial)qanoti  tezroq  rivojlandi.  Mazkur  fan rivojlanishining 

ichki ma ntiq idagi bunday qonuniy  jarayonlarning  markazida,  inson va 

uning  ijtimoiy  hayoti  bilan  bog’liq  barcha  m u r a k k a b l l k l a r n i n g   x u d u d i y  

q i r r a l a r i n i   o ’ r g a n i s h   masalalari  yotadi.  

Ijtimoiy geografiya, geografiya fanlari tizimidagi aholi   va  u  bilan 

aloqador   barcha   ijtimoiy   hodisa   va   j a r a y o n l a r n i n g   h u d u d i y  

q o n u n i y a t l a r i n i   t a d q i q   e t u v c h i ,   y a n g i   va  tez  rivojlanayotgan  

tarmog’idir. Uning shakllanishi va rivojlanishi bir tomondan geografiya 

fanlarining o’z ichki rivojlanishi mantiqi va, ikkinchi tomondan esa unga 

bo’lgan «ijtimoiy buyurtma» bilan chambarchas bog’langan. 

Hozirgi davrda ijtimoiy geografiyani, mustaqil fan tarmog’i sifatida to’la 

shakllangan deb bo’lmaydi. Uning shakllanishi jarayonlari davom etmoqda, 

Ayniqsa, ijtimoiy geografiyaning tadqiqot ob’ekti, tuzilishi,  fanlar tizimida 

tutgan o’rni masalalariga yanada oydinlik kiritish zarur. 

Ijtimoiy geografik tadqiqotlarning diqqat markazida (ya’ni maxrajida) 

doimo inson omili yotadi. SHuning  uchun  ham ijtimoiy  geografiyani 


 

25 


shakllanishining ilk asosi bevosita aholi   geografiyasi bilan bog’langan. 

Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi, rekreatsiya, tibbiyot, madaniyat, 

ta’lim va   geografiya  fanlarining rivojlanishi bilan  ijtimoiy  geografiya 

yanada  keng quloch  yozdi. SHuning bilan birga uning jinoyatchilik, xulq —atvor 

va turmush tarzi geografiyalari kabi bo’limlari o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. 

Hozirgi zamon fanlari tizimida bevosita aholi va u bilan bog’liq 

masalalarni o’rganishda  zamonaviy  iqtisodiy  va  sotsial geografiya 

alohida o’rin tutadi. Ayniqsa, uning sotsial  geografiya  qanoti  jamiyat 

yoki  aholi  ijtimoiy  r i v o j l a n i s h i n i n g   x u d u d i y   q i r r a l a r i ,  

q o n u n i y a t l a r i n i  o’rganishi bilan muhim ahamiyatga ega

9]

So’nggi  o’n  yilliklar  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  an’anaviy 

iqtisodiy va sotsial geografiya fanining tadqiqot ob’ekti va predmeti 

doirasi ancha kengaydi, mukammallashdi. Avvallari ilmiy tadqiqotlarning 

negizida  ko’prok, ishlab  chiqarish kuchlari  va  ularni rivojlantirish 

masalalari yotgan bo’lsa, bugungi kunga kelib, aholining o’zini yoki 

insonning ijtimoiy extiyojlari bilan bog’lik, masalalarni har tomonlama 

o’rganishga, ayniqsa, aholining ijtimoiy, madaniy — ma’naviy turmush 

tarzini  xududiy    t a s h q i   e t i s h   q o n u n i y a t l a r i n i   t a d q i q   e t i s h g a  

e ’ t i b o r  kuchaydi va shu asnoda ijtimoiy geografiyaning fan tarmog’i 

sifatida shakllanishi jarayonlari tezlashdi. 

O’tgan  asrning  30-yillaridayoq  N.N.Baranskiy  «sotsialgeografiya»ni 

yaratish masalasini ko’ndalang qo’ygan edi va keyinroq, uni muhim 

bo’limlarining asosiy  masalalarini  (aholi   geografiyasi, xo’jalik geografiyasi,  

shaharlar geografiyasi va b.) o’rgandi. O’sha davrdayoq N.N.Baranskiy ta’kidlagan 

ediki,  iqtisodchi  geograf  nafaqat  aholining  tarkibi,  joylashuvi,  aholi  

manzilgohlarining tavsifini, balki uning fikr -o’ylari,  urf -odatlari va 

madaniyatiniham bilishi kerak. 

 Ijtimoiy geografiya, geografiya fanlari tizimidagi yangi shakllanib kelayotgan 

yo’nalishlardan biridir. Uning tadqiqot ob’ekti va predmeti to’la shakllanmagan va bu 

borada olimlar o’rtasida hozirgacha baxs - munozaralar mavjud. 

Turli davrlarda bevosita aholi, ya’ni uning yashash, mehnat qilish, dam olish, 

sog’lig’ini saqlash va boshqa ijtimoiy, madaniy — ma’naviy hayot faoliyatlari bilan 

bog’liq masalalar xorijda va shuningdek, sobiq sovet iqtisodiy geografiyasi doirasida 

ham o’rganib kelingan. SHuning uchun ham Yu.G.Saushkin ijtimoiy geografiyani 

iqtisodiy geografiyadan ajratish, iqtisodiy va sotsial geografiyani rivojlanishiga zid 

ekanligini, real borliqni anglashga to’la javob bermasligini, ya’ni insonni ijtimoiy 

hayoti murakkabliklari bilan iqtisodiy geografiyadan «sug’urib» tashlab bo’lmasligini 

ham uqtiradi. 

Hozirgi kunda ijtimoiy geografiyaning tor va keng ma’nodagi talqini 

mavjud: Jumladan, professor A.S.Solievning ta’kidlashicha, tor ma’nodagi ijtimoiy 

geografiya (ya’ni, sotsial geografiya) — bu bevosita inson hayoti bilan borliq 

masalalarning xududiy jihatlarini, uning o’zi yashab turgan muhiti bilan 

munosabatini o’rganuvchi fandir. Keng ma’nodagi ijtimoiy geografiya esa o’z ichiga 

tor ma’nodagi sotsial geografiya va insonning ijtimoiy hayot tarzi, madaniy, 

ma’naviy, ruhiy rivojlanishi masalalarining hududiy qirralarini ham qamrab oladi. 



 

26 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling