Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
K onfutsiv (K un-Szi, mil.o
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Litszi traktati
K onfutsiv (K un-Szi, mil.o.
551-479). U o’z davrining ijtimoiy voqeligini tanqid qildi va o ’tmish davrlarni ko’kka ko’tarib barcha kishilar intilishi lozim bo’lgan barkamol, komil inson (szyun-szi) idealini ko’tarib chiqdi. Barcha kishilar taqlid qilishi lozim bo’lgan yuksak axloqli szyun-szi, Konfutsiy fikricha, quyidagi ikki sifatga - insoniylik va burch (insof) hissiga ega bo’lishi lozim. Insoniylik Konfutsiy tomonidan juda keng tushunilgan va unda quyidagi sifatlar - oddiylik, adolatlilik, vazminlik, yaxshi xislatlilik, beg’arazlik, insonni sevish va hokazolar aks etishi aytilgan. Insoniylik (jen) - oliy, deyarli erishib bo’lmaydigan idealdir, u barcha konkret etuklik, takomilliklarning yig’indisi bo’lib, unga faqat o’tmishda yashaganlar erishgandilar; mazkur kishilar qatoriga Konfutsiy o’zini va ancha erta vafot etgan shogirdi Yan Xueyni ham kiritadi. Ammo barkamol inson bo’lish uchun jenning o ’zi kifoya qilmaydi. Buning uchun burch hissi (i) ham bo’lishi zarur va u boshqacha emas, aynan ana shunday hatti harakat qilishga ichki ishonchdan kelib chiqadi. Burch - axloqiy majburiyat bo’lib, u insonparvar kishining o ’ziga qo’yadigan talablarini bildiradi. Burch hissi odatda hisob-kitob bilan emas, bilim va oliy tamoyillar bilan belgilanadi. "Oliyjanob kishi burch haqida o ’ylaydi, past kishi esa foydani", - deydi Konfutsiy. Shuning uchun Konfutsiy "i" tushunchasiga bilimga intilish va o'tmishdagilarning donoligini anglashni ham qo’shadi. Bundan tashqari, Konfutsiy tomonidan barkamol inson sodiqlik va sofdillik (chjen), odoblilik, odat va an’analarni bajarish kabi xislatlarga ham ega bo’lishi lozimligi ta’kidlanadi. Ana shu tamoyillarga rioya qilish oliyjanob szyun-szini haqiqiy insonlikka olib keladi, u yoshligida shahvoniy intilishlardan (suqlanishdan), etukligida janjaldan va keksaligida xasislik-qurumsoqlikdan o’zini tiyishi lozim. Haqiqiy szyun-szi ovqatga, boylikka, foydaga va hayotiy gulayliklarga befarq bo’lishi kerak. U o ’zini butunlay oliy maqsadlarga, kishilarga xizmat qilishga va haqiqatni izlashga bag’ishlashi kerak. Shunday qilib, Konfutsiyning "oliyjanob kishisi" - ijtimoiy ideal bo’lib, insonga tilanadigan yaxshi fazilatlar kompleksidan iborat. Konfutsiyning hurmati osha borishi bilan uning mazkur abstrakt-xayoliy ideali barcha uchun, ayniqsa miloddan oldingi III asrdan milodning III asrigacha Xitoy konfutsiylik imperiyasi sifatida nom chiqargan Xan davri olim-mansabdorlari, m a’mur-byurokratlari uchun namuna (etalon) vazifasini bajargan. Ko’rinib turibdiki, Konfutsiy haqiqatan ham o’z atrofidagi mavjud adolatsizlikka zid ravishda oliy axloq uchun kurashuvchi, yaxshi xislatli oliyjanob 22 inson idealini yaratishga harakat qilgan. Ammo hayotda ko’pincha yuz berganidek, uning ta ’limoti rasmiy tus ola borgan sari uning mazmuni emas, balki o'tmishga ko’r-ko’rona intilish, yolg’ondakam soddalik va xushfazilatlilik kabi tashqi shakliy tomonlar oldingi o’ringa chiqa boshlagan. O ’rta asrlarda Xitoyda har bir kishining ijtimoiy tabaqaning qaysi darajasini egallaganiga qarab bajaradigan hatti- harakatlarining qat’iy ishlab chiqilgan qoidalari va stereotiplari paydo bo’ldi va mustahkamlandi. "Xitoy marosim va udumlari" tushunchasida ko’pincha ana shunday qat’iy hatti-harakatlar yig’indisi ko’zda tutiladi. Hayotning har qanday davrlari, har qanday voqea, xursandchilik va g ’amginlik paytlari, tug’ilish va o ’lim, maktabga borish va mansabga ko’tarilish - hamma hammasi uchun qat’iy belgilangan va bajarilishi majburiy bo’lgan yurish-turish qoidalari amal qilgan. Xan davrida ana shu udumlar jamlanib yurish-turish kodeksi bo’lgan Litszi traktati ishlab chiqildi. Shunday qilib, Konfutsiyning szyun-szi ta’limoti kuchli byurakratik apparatga ega bo’lgan markazlashgan imperiyaning maqsadlariga uyg’unlashtirildi va ana shunday asoslarda keyinchalik xitoy davlatchiligining hashamatli binosi qurildi. Konfutsiyning jamiyat haaidasi t a ’limoti. Konfutsiyning fikricha jamiyatni (davlatni) ilohiylashtirilgan imperator va mutafakkirlar, adabiyotchilar va mansabdorlardan iborat guruh boshqarishi lozim. Konfutsiy davlatni katta bir oila sifatida tushungan, uning boshqaruvchisi - "Osmon o’g’li" bo’lib, u xalqning ham otasi, ham onasi hisoblanadi, fuqarolar esa uning o ’g’illaridir. "Osmon osti mamlakati" qanday bo’lishi kerakligi haqida shunday deydi: "Ota ota bo’lmog’i, o’g ’il - o ’g ’il bo’lmog’i, podshoh - podshoh bo’lmog’i lozim". Bu dunyodagi betartiblik va xaosda hamma narsa o’z o’miga ega bo’lishi kerak, hamma o’zining burchi va majburiyatini bilishi va o’zining ishini bajarishi kerak, degan fikrni anglatadi. Ana shu taxlit tuzilgan jamiyatda ikki asosiy kategoriyadagi: yuqori darajadagi - fikrlaydigan va boshqaradigan kishilar va, past darajadagi - mehnat qiladigan va bo’ysunadigan kishilar mavjud bo’lishi kerak. Ana shunday ijtimoiy tartibotni Konfutsiy ham, uning shogirdi va konfutsiychilikning ikkinchi asoschisi Men-szi (mil.o. 372-289) va ularning barcha izdoshlari ham afsonaviy o’tmish donoligidan boshlanuvchi, abadiy va o’zgarmas narsa deb hisoblaganlar. Jamiyatning yuqori va past darajaga bo’linishi kishining boy yoki taniqli oilada dunyoga kelishiga emas, balki uning bilimdonligi va xushxulqligiga qarab belgilanishi kerak - y a’ni u kishining szyun-sziga qanchalik yaqin bo’lishi bilan bog’liq. Bunday mezon (kriteriy, o ’lchov) har qanday kishiga ijtimoiy pillapoyalarda yuqori darajaga ko’tarilishga imkon beradi. Amalda esa bu juda qiyin edi: chunki amaldorlar tabaqasi oddiy xalqdan engib o’tish juda qiyin bo’lgan to’siq - "ierogliflar devori", ya’ni savod darajasi bilan ajratib qo’yilgan edi. 3. Oadimsi Gretsiva va Rimdasi ijtimoiy s ’ovalar tizimi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling