Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Q adim gi G retsiya. 
Qadimgi YUnonistonda dastlabki falsafiy fikrlar miloddan 
oldingi Vll -V I asrlarda Milet maktabi donishmandlari qarashlari sifatida vujudga 
kelgan. Undan ilgari esa dunyoqarash tarzi boshqa xaiqlarda bo’lganidek afsonaviy 
xarakterda edi.
23


Milet maktabi vakillari Fales (mil.o. 640-562), Anaksimandr (mil.o. 611- 
546), Anaksimen (mil.o. 585-524)lar dunyoning, demakki insonning yaratilishini 
g’ayritabiiy ibtidolarga bog’lovchi afsonaviy qarashlarga zid o ’laroq moddiy ibtido 
bilan bog’lashadi. Bunday moddiy asos Falesda - suv, Anaksimandrda - apeyron, 
Anaksimenda — havodir. Masalan, Anaksimandrning fikricha, apeyronning 
quyuqlashuvi va suyuqlashuvidan issiqlik va sovuqlik ajralib chiqadi hamda er va 
uning ustini o ’rab olgan olovsimon bulut yuzaga kelgan. Harakatchan havo 
olovsimon bulutni yorib o’tib uch xalqani yaratadi. SHunday qilib yulduzlar, 
quyosh va oyning uchta doirasi vujudga kelgan. Er harakatsiz holda dunyoning 
o’rtasida joylashgan. "Dastlabki xayvonlar namlikda paydo b o ’lishgan, ularda 
qobiqlar va paypaslagichlar mavjud b o ’lib, q irg ’oqqa chiqqanlaridan keyin 
qiyofalarini o ’zgartirishgan". Odamlar esa hayvonlardan paydo bo’lishgan. 
Xudolar dunyo va insonning vujudga kelishida ishtirok etishmaydi.
G erak lit 
(mil.o. 540-480). Uning fikricha, barcha narsalaming ibtidosi 
olovdir. "Dunyoni xudolardan ham insonlardan ham hech kim yaratmagan, и 
doimo goh alangalanib turuvchi, goh o ’chayotgan olov b o ’lgan, hozir ham 
shunday va bundan keyin ham shunday bo 'lib qoladi".
Geraklit kelib chiqishiga ko’ra aristokrat oiladan, shuning uchun ularni 
yoqlab chiqadi va hokimiyat ulaming, ya’ni "yaxshilarning" qo’lida bo'lm og’i 
kerak. deb hisoblaydi. U bu yaxshilarni yoqlab shunday deb yozadi: "Birgina eng 
yaxshi narsa hamma narsadan a ’lo: abadiy shuhrat barcha о ’tkinchilardan a ’lo. 
Xalq hayvonga o ’xshab qornini o ’ylaydi".
Uning fikricha kishilar tabiatan tengdirlar. Ammo kimdir o ’z hayotida 
olovning moddiy turiga bo’ysunadi, bunday kishilar ko’proq hissiyotlariga ko’ra 
harakat qiladilar, aksincha o ’z hayotida aqlni ustun quyuvchi kishilar uchun olov 
logosdir, y a’ni aqlli va ilohiydir. Kishilar o’zlaridagi ana shunday logoslari 
(aqllari) bilan farq qiladilar. "Q o’pol ruhga ega bo'lgan kishilarning k o ’zlari va 
quloqlari yom on guvohlardir",- deydi u. Bundan uning aqliy bilishni hissiy 
bilishdan ustun qo’yishi ko’rinadi. Bu bilan yuqori tabaqa vakillari, yaxshi kishilar, 
aqlli kishilar oddiy xalqdan yuqori qo’yiladi. Demak, kishilar tabiatan teng 
bo’lsalarda, ammo haqiqatda baribir teng emaslar. Ularning ko’plari logos 
bo’yicha yashamaydilar, balki o ’zlarining xohishi va fikrlari bo’yicha yashaydilar. 
Bunday kishilarning hayoti - "bolalarning o’yiniga" o ’xshaydi, ya’ni ular o’z 
xohishlarining qulidirlar. U dunyoda barcha narsalar va munosabatlaming nisbiy 
ekanligini ko’ra olgan:
"Dengiz suvi ayni paytda ham toza, ham iflosdir: и baliqlar uchun foydali va
kerakli, odamlar uchun esa iflos va zararli".
"Eng chiroyli maymun odamga nisbatan ju d a xunukdir".
Baxt tananing farog’atidan emas, balki to ’g’ri fikrlash va to ’g ’ri gapirish 
hamda tabiatga muvofiq harakat qilmoq, unga auloq solmoqdan iborat. Olam hech 
kim - na xudolar, na kishilar tomonidan yaratilgan. Dunyo kabi xudolarning o’zi 
ham olovdan tashkil topgan.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling