Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Abu Rayhon Beruniy 
(973-1048) - o’rta asrlaming mashhur qomusiy ilm 
sohibi, deyarli barcha ilmlar sohasida qalam tebratgan, juda ko’plab kashfiyotlar 
qilgan. O ’sha davrdagi hukmron qarashlarga muvofiq Beruniy dunyoning yaratishi 
masalalarida rasman diniy dunyoqarashni tan olgan bo’Isa-da, ko’pgina 
masalalarda uning qarashlari chuqur ilmiyligi va o’ziga xosligi bilan ajralab turadi.
Beruniy fikricha inson tabiat taraqqiyotining gultojidir, chunki "inson turi 
barcha hayvonlardan etukroqdir... unga erni yaxshilash va unda boshqarishni 
amalga oshirish uchun... tafakkurdek kuch ato etilgan". Shuning uchun, deydi 
Beruniy, u o’ziga berilgan maqsadga mos bo’lishi uchun yuqori darajada 
m a’lumotli bo’lishi kerak. Uning fikricha, insonning ma’naviy qiyofasi u 
yashayotgan ijtimoiy muhitdan kelib chiqadi.
35


Beruniy jamiyatning vujudga kelishi asosida kishilarning moddiy ehtiyojlari 
turishini ta ’kidlagan edi. "Inson unda ko’plab ehtiyojlar mavjudligi, o ’zini himoya 
qilish usullarining kamligi va dushmanlarining ko’pligi bois o’ziga o ’xshash 
kishilar bilan o ’zaro ko’maklashish hamda uni va boshqalarni ta’minlashga qodir 
ishlarni amalga oshirish uchun jamiyatga birlashishga majbur bo’ladi".
Beruniy asl insoniy xislatlar qatoriga muruvvatlilikni kiritadi. Muruvvatli 
kishi, uning fikricha yuksak madaniyatli, dono, bilimli, axloqiy etuk, ilg’or 
dunyoqarashga ega insondir. 
Ana shunday kishilar boshqalarga yaxshi 
munosabatda bo’ladilar, ortiqcha zebu-ziynatlarga intilmaydilar, dehqonchilikmi, 
hunarmandchilikmi, savdogarchilikmi bo’lmasin, o ’z mehnati evaziga kun 
kechiradilar. Ular doimo sabr-toqatli, muloyim, qat’iy va sodda-oddiy kishilardir.
Davlat rahbarlari to ’g’risidagi fikrlarda Beruniy o’z davridagi qarashlar 
doirasidan chiqib ketolmagan. Jumladan, u jamiyatdagi ko’pgina yomonliklar, 
zulm va adolatsizliklar mamlakatga hukmdorlik qiluvchi kishining shaxsiga 
bog’liqligini ta ’kidlab, jamiyatning yaxshilanishini ma’rifatli, dono hukmdor 
boshqarishi bilan bog’lagan. Bunday hukmdorning asosiy vazifasi yuqori 
doiradagilar bilan past tabaqadagilar, kuchlilar va kuchsizlar orasida adolatni 
tiklashdan 
iborat 
deb 
tushungan. 
Uning 
fikricha 
davlat 
hokimiyatini 
boshqarishning nasldan-naslga o ’tkazilishi o ’zini oqlaydi. Shunday bo’lsada, u 
kishilar o ’rtasidagi shafqatsizlik, noinsoniy munosabatlarni tanqid qiladi.
Beruniyning ulug’ligi yana shundaki, u turli irqqa, dinga mansub bo’lgan va 
turli hududlarda yashaydigan kishilar, xalqlar o ’rtasidagi do’stlikka katta e’tibor 
beradi. U aynan xalqlar do’stligida ijtimoiy taraqqiyotning kuchini, insoniy baxt- 
saodatning asosini ko’radi. Uning fikricha haqiqiy do’stliksiz haqiqiy baxtning 
bo’lishi mumkin emas.
Beruniy o’z davri diniy dunyoqarashi doirasidan chiqib, umuminsoniy 
ahamiyat kasb etadigan axloqiy sifatlarga ega inson haqida ham fikr yuritadi. 
Uning fikricha, olijanoblik faqatgina diniy qoidalarni ijro etishdangina iborat 
emasdir (bu narsa, har qanday musulmon uchun zaruriy talabdir). Oliyjanoblik har 
kim faqat o’ziga va o ’ziga yaqin kishigagina emas, balki barcha kishilarga 
yaxshilik tilasagina o’zining to’liq mazmunini ko’rsatadi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling