Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
T it L ukretsiy Kar
(mil.o. 95-55). Grek faylasuflari Demokrit va Epikuming izdoshi va atomistik ta’limotning davomchisidir. Uning fikricha, Er va boshqa dunyolar tabiiy sabablarga ko’ra paydo bo’lishgan. Lukretsiy jam iyat vujudga kelishini ham tabiiy rivojlanish oqibati deb hisoblaydi. Uning fikricha odamlar dastlab "yarim yovvoyi" holatda, uy-joy va olov nimaligini bilmay yashaganlar. Moddiy madaniyatning rivoji kishilar galasini jamiyatga aylantirgan. Uning fikricha jamiyat, ijtimoiy muassasalar (huquq, qonunlar) kishilar o’rtasida tuzilgan o’zaro kelishuv natijasidir. Lukretsiy dunyoqarashi ochiq ateistik xarakterdadir. U nafaqat xudolarga bu dunyoda o ’rin yo’q deb hisoblaydi, balki ularga har qanday ishonchga ham o’rin bo’lmasligi kerak, deydi. U o ’limdan keyingi hayot va shu kabi diniy afsonalami qat’iy tanqid qiladi. Uning fikricha xudolarga ishonch qo'rqinch va tabiiy hodisalar sababini bilmaslikning natijasidir. Axloq sohasida Lukretsiy Epikurning baxtli va xotirjam hayot kechirish tamoyilini davom ettiradi. Baxtga erishish yo’li bilimdir. Inson baxtli hayot kechirish uchun qo’rquvdan, xususan, xudo oldidagi qo’rquvdan xalos bo’lishi kerak. Epikurchilik va stoiklar ta’limoti Rimda nisbatan uzoq vaqt saqlanib qoldi. Biroq 313 yilda xristianlikning rasmiy davlat diniga aylanishi bilan Lukretsiy ta'lim oti va stoiklar dunyoqarashi quvg’in ostiga olinadi. 28 Rim stoiklari orasida ko’zga ko'ringanlari Seneka, Epiktet va Mark Avreliy hisoblanadi. Seneka (mil.o. 4 - milodiy 65). Rim imperiyasidagi "senator"lardan keyingi ikkinchi qatlam bo’lmish "chavandozlar" qatlamiga mansub. U imperator Neronning tarbiyachisi bo’lgan. Neron hukmronligining ikkinchi yili unga bag’ishlab "Rahmdillik haqida" asar yozadi. Unda Seneka Neronni hukmdor sifatida mu’tadil bo’lishga va davlat ishlarida respublika ruhini saqlashga chaqiradi. 64 yilgi yong’indan so’ng u ham ayblanib, davlat ishlaridan chetlashtiriladi va o’z joniga qasd qilib, vafot etadi. Uning deyarli barcha asarlari axloqiy masalalarga bag’ishlangan. "Jahl haqida", "Baxtli hayot haqida", "Bo’sh vaqt haqida", "Yaxshi fazilatlar haqida" va boshqa asarlarida Seneka inson va insoniy munosabatlar, xislatlar to’g ’risidagi fikrlarini bayon qiladi. Senekaning fikricha borliqdagi barcha narsa va hodisalar q a t’iy zaruriyat hukmi ostida bo’lib, bu narsa xudoning irodasi bilan belgilangan. Inson tabiat bilan monand yashashi lozim. Inson hayotining qanday kechishi uning taqdiri qanday belgilanganiga bog’liq. Seneka yashab turgan davrda fuqarolik huquqlarining cheklanishi va respublikaga xos fazilatlaming kamayishi uni kelajakka shubha bilan qarashga olib keladi. "Hayot uch davrga bo’linadi: o ’tmish, hozir va kelajak. Ular ichidan biz yashab turgan davr qisqadir; endi yashashimiz kerak bo’lgan davr esa shubha ostidadir, faqatgina biz yashab bo’lgan davr muayyandir. Faqat ugina mustahkam, unga taqdir ta’sir qilmaydi, ammo uni hech kim orqaga qaytara ham olmaydi". Seneka inson hayotida boylik to’plash, hurmat-e’tibor va mansabga intilishni qoralaydi. "Kishi qanchalik balandlasha boshlasa, u shunchalik halokatga yaqinlashadi", deydi u ijtimoiy mavqe haqida. Lekin uning o’zi o ’zining ana shunday chaqiriqlariga rioya qilmagan va o’z davrining eng boy-badavlat va Rimdagi hayotga ta’sir qiluvchi kishilardan biri bo’lgan. Shu ma’noda uning hayotini "Mullaning aytganini qil, ammo qilganini qilma" maqoliga qiyoslash mumkin. Ana shu jihatga uning e’tiborini qaratganlarida u bunga "Baxtli hayot haqida" asarida shunday javob beradi: "... barcha faylasuflar o’zlari qanday yashayotganlari haqida emas, balki qanday yashash kerakligi haqida gapiradilar. Fazilatlar haqida gapiraman, ammo o ’zimniki haqida emas. Gunohlarga qarshi kurashaman, bunda esa o’zimning shaxsiy gunohlarimga ham qarshi chiqaman, qachonki ularni engib o ’tsam, qanday yashash kerak bo’lsa, shunday yashayman". Seneka hayotning mazmuni ruhiy jihatdan absolyut tinchlanishga erishishda deb biladi. Bunga erishish yo’llaridan biri o’limdan qo’rqishni engishdir. Buning uchun inson faol hayotdan chetlashishi va o’z individual hayotiga, faqatgina o’zigagina taalluqli bo’lgan masalalarga e’tibor qaratishi kerak. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling