Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

M ark A vreliy Antonin 
(121-180). Rim imperatori, stoiklarning taniqli 
vakili. Uning hukmronligi davrida yuz berayotgan ijtimoiy krizislar ancha 
kuchaygan. Hukmron tabaqalar mavjud tartibotlarni o’zgartirishga harakat 
qilishmagan. Stoiklar axloqiy ta’limotiga mavjud tartiblami saqlab qolish usuli 
sifatida qaralgan. Mark Avreliy "inson hukmiga bo’ysunadigan yagona narsa -
29


uning fikrlaridir", deb hisoblagan. "O’z qalbingga qara! U yaxshilik manbaidir. 
unga e ’tibor bera olsak, u buloq suvi kabi to ’xtovsiz oqadi".
Mark Avreliy dunyo to ’xtovsiz o ’zgarishda deb hisoblaydi. Inson 
intilishlarining maqsadi yaxshi fazilatlarga erishishdir. U inson o’z flkrlarini, hatti- 
harakatini adolatga bo’ysundirishi lozim deb hisoblagan. Aslini olganda Mark 
Avreliy so’nggi stoik hisoblanadi. Keyinchalik uning qarashlaridagi insonning o’z- 
o ’zini dunyoviy aqlga, logosga, xudoga bo’ysundirishi lozimligi haqidagi fikrlari 
keyinchalik xristianlik ta ’limotiga bo’ysundirilgan.
T akrorlash uchun savollar:
1. Qadimgi Misr va Mesopotamiyadagi ijtimoiy fikrlar qanday xarakterda 
bo’lgan?
2. Odamlar orasidagi tengsizlik Qadimgi Hindiston braxmanlari tomonidan 
qanday izohlangan?
3. 
Buddizmdagi to ’rt haqiqat g ’oyasining mazmunini tushuntirib bering.
4. Qadimgi Xitoy dunyoqarashi boshqa Sharq mamlakatlari dunyoqarashidan 
nimasi bilan farqlanadi?
5. Konfutsiyning ijtimoiy fikrlaridagi asosiy g ’oyaning mazmuni nimada?
6. Qadimgi Gretsiya va Rim ijtimoiy fikri taraqqiyotiga hissa qo’shgan 
mutafakkirlarning ta ’limotlari va ularning tarixiy xizmatlarini tushuntirib 
bering.
4-m avzu. O ’rta O siyo m utafakkirlarining inson va jam iyat 
haqidagi ta ’lim otlari
I . О 'rta Osivoda islomsacha bo ’Isanijtimoiv fikrlar: zardushtiylik. monivlik.
mazdakivlik
Markaziy Osiyoning islomgacha bo’lgan davrdagi tarixini, xususan ijtimoiy 
hayot haqidagi tarixini o ’rganish uchun qadimgi yozuvlar, zardushtiylikning 
"Avesto" nomli muqaddas kitobi, qadimiy O ’rxon-runiy matnlari, xitoy manbalari, 
qadimgi grek mualliflari Gerodotning "Tarix" va Strabonning "Geografiya" 
asarlari hamda shu kabi bir qator manbalar katta ahamiyatga ega.
B a’zi farazlarga ko’ra, Avesto taxminan miloddan oldingi IX asrdan IV 
asrga qadar tuzilgan. Avesto zardushtiylik hukmronlik qilgan turli mamlakatlarda 
yaratilgan. Dastlabki qarashda Avesto go’yo so f diniy kitobdek tuyuladi. Ammo 
bunday emas, unda ikki jihatni: diniy-mifologik va falsafiy jihatlarni bir-biridan 
farq qilmoq zarur.
Avesto ta ’limotiga ko’ra, dunyoda ikki kuch: yaxshilik va yomonlik 
kuchlari mavjud bo’lib, ular bir-birlariga abadiy va murosasiz dushmanlik qilib 
keladilar. Yaxshilik kuchlariga Axura Mazda, yomonlik kuchlariga Anxra Manyu 
boshchilik qiladi. Insonning hayotini, uning baxli yoki baxtsiz bo’lishini ana shu 
kurashning natijasi belgilab beradi. Bir tomondan, zardushtiylik falsafasida inson 
sub’ekt sifatida emas, balki xudo ta’sir ko’rsatadigan ob’ekt sifatida ish tutadi, 
y a’ni insondan yo’lboshchilar, podsholar va kohinlarning "o’ta insoniy" obrazlari 
keltirib chiqariladi. Bu jihatdan zardushtiylik xristianlik va iudaizm bilan 
o ’xshashdir. Bu ikkala dinda ham insonni xudo "o’z tani va joniga" o ’xshatib
30


.......i f ,
hi
Jin 
mi
instill 
vii
xudo иушш hir xildir. Ikkinchi tomondan, inson
чtubiliuning xl/innlknri, siunoviy va duyoviy hokimlar xohish-irodasini bajo 
l > linm i In inlldii maydoga chiqadi. Ammo shunday bo’lishiga qaramay, 
.*i.1
11
.1
111
\ hi. suliisli iroda va tanlash erkinligini inkor etmaydi.
КI’lluliii o '/ iiiiiiiliy ishlari, axloqiy sifatlari bilan yaxshilikka moyil
• I .mill I,...... I с i ..itishlnri va bu bilan yovuz kuchlarga qarshi kurashda ezgu
mill.in i In miilii.liislilaii lo/.im. Zardusht yomonlikka ixlos qo'yganlar uchun 
itliiiilul iiliinl n/nli in|iilmilai layyorlab qo’ygan. Ana shu sababdan ham inson o ’z
• ... и '....... . 
majburiyat olar ekan, uni ado etish uchun javobgar bo’lishi
tlntkni
Vw in mehnat moddiy noz-ne’matlar manbai bo’lganligi uchungina emas, 
i'ill i 
11
и Iin.it axloqiy xususiyat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun ham 
иi .• Him iiK'hnat qilishga chaqiradi. Zero, zardushtiylik etikasiga ko’ra, saxovatli 
I"* 1
1
h uchun inson birinchi galda mehnat qilishi, o’z qo’li bilan noz-ne’mat 
saialishi zarur. SHu boisdan ishyoqmaslik barcha nuqsonlarning koni, deb 
qaralishi tasodifiy emas.
"Don ekkan kishi, taqvadorlik urug’ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik 
i tiqodini olg’a suradi, u imonni oziqlantirib turadi..." ("Yasna", 32). Bu qonunni 
hajarish 10 ming marta ibodat qilish bilan baravar, yuzlab qurbonlik qilishga teng.
I kin ekish - demak erdagi yovuzlikni yo’qotishdir, chunki "don etilganda devlami 
ler bosadi, tegirmon paydo bo’lganda devlar gangib qoladilar, un chiqqanda devlar 
sarosimaga tusha boshlaydilar, non paydo bo’lgan paytda devlar qo’rqqanlaridan 
zo'r berib dod soladilar" ("Yasna", 32).
Mehnatning favqulodda ulkan ahamiyatga ega ekanligi xususida Avestodan 
ko’p fikrlami keltirish mumkin. Unga ko’ra inson oliy mavjudot sifatida meh(iat 
qilish, moddiy noz-ne’matlar yaratish va etishtirish qobiliyatiga ega. Bordi-yu, u 
ana shu qobiliyatni ro’yobga chiqarmasa, unda o’z insonlik mohiyatidan mahrum 
bo’ladi, yolg’onchilik va yovuzlik kuchlariga ma’qul tushadigan yow oyiga 
aylanadi. Mehnat insondagi insoniy ko’rsatgichdir, u insonning axloqiy xulq- 
atvoriga baho berishda mezon bo’lib xizmat qiladi.
Zardushtiylik etikasining xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, Avestoda 
ko’pgina axloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan abstraksiya shaklida bayon 
etiladi. Yaxshi f i k r - Axura Mazdaning xususiyati, yovuz f ik r - Anxra Manyuning 
xususiyati. Yovuz ruhlar - devlar, jinlar, iblis va boshqalar - gunohlar, 
adashishl'ar, illatlar va hokazolarning insoniy shaklda berilishidir.
Avestoda axloq-odob qoidalari quyidagi uchlikda: Humata (Yaxshi fikr), 
Hukta (Yaxshi so’z), Hvarshta (Yaxshi ish)da ifodalanadi. "Men yaxshi fikr, 
yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman" ("Yasna", 14), deb 
ta’kidlaydi Axura Mazda.
Insonning fikri, uning so’zlari va ishlariga bir-biriga qarama-qarshi ikki 
kuch: Voxu Mana ("Ezgu fikr") va Ako Mana ("Yovuz fikr ") ta’sir ko’rsatadi. 
"Barcha fikrlar, so’zlar va ishlar ichida aslida Ezgulik va Yovuzlik yotadi" 
("Yasna", 30).
Avesto tadqiqotchilarining fikricha, yaxshi fikr deganda ilohiy qonun 
ruhidagi, yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtojlik va xavf-xatar ostida
31


qolganda ko’maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt va saodati 
uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda yashash, 
do’stlikka nisbatan musaffo bo’lish g’oyalari tushuniladi. Inson o’z fikr-xayolida 
boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va 
jaholatga berilmaydi, chunki bunday holatda u yaxshi niyatini yo’qotadi, burch va 
adolatni unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.
Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ajralmas xislati edi. Uning 
axloq to ’g ’risidagi tasavvurlari - o ’zi mansub bo’lgan jam oa bilan uzviy 
bog’langandir. Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham 
so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Individualizm ibtidoiy 
insonga yot edi. Xullas, u jam oaga, jam oa esa unga mansub bo’lgan. Ijtimoiy va 
shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi - urug’chilik jamiyatining xarakterli belgisidir.
Vaqt o ’ta borishi bilan ilgarigi axloqiy tushunchalar shaxsiy mazmun kasb 
eta boradi. Masalan, ancha keyingi davrlardagi zardushtiylikda "yaxshi so’zlar" 
deganda ahdlarga rioya qilish, berilgan so’zning ustidan chiqish, savdo-sotiq 
ishlarida halol bo’lish, qarzlarni to ’lash, o’g ’rilik va talonchilik qilmaslik, 
o ’zgalarning molini o ’ziniki qilib olmaslik, buzuqlikdan o ’zini tiya bilish va 
hokazolar tushunilgan. Zardushtiylikning bu xildagi yo’l-yo’riqlari urug’chilik 
tuzumining emirilish davriga xosdir.
Milodning III asriga kelib, ya’ni Zardushtiylikdan ming yil keyin Eronda 
moniylik (manixeychlik) vujudga keladi va u III-XI asrlar mobaynida Shimoliy 
Afrikadan Xitoygacha bo’lgan ulkan hududda tarqaladi. VIII-IX asrlarda u 
Markaziy Osiyoda mustahkam o ’rin egallaydi va uyg’urlarning davlat dini 
darajasiga ko’tariladi.
Moniylikning asoschisi 216-276 yillarda yashagan forsiyzabon Moniy 
hisoblanadi. U o ’z qarashlarini Zaratushtra, Budda va lisus Xristos qarashlarining 
davomi deb hisoblaydi. Moniylik jism va ruhning, yaxshilik va yomonlikning, 
yorug’lik va zulmatning o ’zaro munosabatlarini bir necha bosqichlar mobaynidagi 
o ’zaro ta’sirini tadqiq qiladi va hayotning ana shu bosqichlardagi o ’ziga 
xosliklarini tushuntirib berishga intiladi.
Moniylik fikricha inson moddiylik (zulmat)ning ijodi bo’lib o ’ziga ruhni 
(yorug’lik uchqunlarini, ijobiylikni) qamab olgan. Ammo u materiyaning 
quyoshda ilg’agan dastlabki inson obrazida yaratilgan. Shuning uchun ham u 
o ’zida dunyodagi boshqa moddiy jism va jonivorlardan farqli ravishda ko’proq 
ilohiylik xususiyatlariga ega. Inson tanasida qamab olingan ruhni qutqarish uchun 
Muqaddas ota inson qiyofasini olgan o’g ’li Iisusni yuboradi. U kishilarga 
zulmatdan qutilish yo’li bo’lmish "bilimlarni", y a’ni Moniylikning mazmuni 
haqidagi ilmlar majmuini etkazib beradi. Shundan so’ng insoniyat o ’z-o'zini 
qutqarish yo’liga o ’tadi.
Moniylik fikricha dunyo - ziyo va zulmatning kurash maydoni, insonning 
vazifasi yovuzlikni yo’qotish va ezgulikka ko’maklashishdir. Moniy ta ’limotiga 
ko’ra jam iyat ikki toifa kishilardan - mumtoz zodagonlar (qashshoqlikda 
yashovchi 
aslzodalar), 
ya’ni 
kam 
miqdordagi 
moddiy 
ne’matlar bilan 
qanoatlanuvchi, turmush qurmaydigan, zohidlarcha yashovchi kishilardan hamda 
mehnatkash va savdogarlar toifasidan iborat.
32


Moniy fikricha dunyo ikkitadir: biri - kishilar real tarzda yashaydigan 
dunyo bo'lib, unda adolatsizlik. zulm. zo’ravor.lik hukm suradi; ikkinchi dunyo — 
"ziyo dunyosi", "abadiy mu’jizakor" dunyo bo’lib, uning ilohiy qobig’i go’yo 
olmosdan yasalgan, u hech qachon emirilmaydi va yovuz niyatli kishi unda yura 
olmaydi.
Moniyning fikricha Ziyo va Zulmat, Yaxshilik va Yomonlik dunyosi 
o'rtasida murosasiz kurash boradi. Ana shu kurashda Yaxshilik g'alaba qilmog’i 
uchun inson o ’zining barcha likrlari, ishlari bilan yaxshilik kuchlariga yordam 
ko’rsatishi lozim. Moniy ta’limotiga ko’ra inson sof musaffolikka, "gunohlardan 
xolilikka" faqat tarkidunyo qilib hayot kechirish orqaligina erishishi mumkin.
V asr oxiri - VI asr boshlarida, Qubod podsholigi davrida (488-531) Eronda 
vujudga kelgan xalq harakatiga rahbarlik qilgan eron zardushtiylarining bosh 
kohini Mazdak ibn Hamadonning (470-529) qarashlari keng tarqalgan. U o’z 
ta’limotida odamlar azaldan teng bo’lgan, degan 
g’oyani ilgari suradi. Ular 
o'rtasidagi keskin dunyoviy farqni imkoni boricha yo’qotish va qisqartirishni, 
katta boylarning er va mol-mulkini tortib olib, kambag’allarga bo’lib berish fikrini 
targ’ib qildi. Ular odamlarni xudo teng yaratgan, shuning uchun ular ne’matlami 
teng taqsinilashi kerak, degan fikrga tayanib ba’zilarda ko’p to’plangan boyliklami 
tortib olish qonuniy, zero ular ortiqcha narsalardir va noqonuniy yo’l bilan 
to ’plangan, deb hisoblaganlar.
Tarixiy manbalarning xabar berishicha, mazdakchilar mulk borasida keskin 
farqqa chek qo’yish talabiga amal qilishgan va buni amalga oshirganlar. Mazdak 
ta'limoti qon to ’kilishini faqat bir sabab bilan, ya’ni yaxshilikning yomonlik 
ustidan g ’alabasini ta’minlash maqsadida oqlash mumkin deb hisoblagan.
Hayotiy ne’matlami taqsimlashda adolatni joriy qilish, shu yo’l bilan 
tengsizlikka barham berish va uni yo’qotish talablari tufayli Mazdak ta’limoti 
keng tarqaldi, mehnatkashlar uni qo’llab-quvvatladi va u ko’pgina mamlakatlarda 
ommaviy ta’limotga aylandi. Unda ijtimoiy zulmga qarshi kurash muqaddas vazifa 
sifatida targ’ib etildi. Mazdakiya harakati tarixda katta rol o’ynadi. Bu harakat 
qariyb 20 yildan ko’proq davom etdi. Mazdak ta’limoti ko’p asrlar mobaynida 
Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda xalq qo’zg’olonlarining g’oyaviy bayrog’i 
bo'lib xizmat qildi. Masalan, Abumuslim, Muqanna va Bobek qo’zg’olonlari 
mazdakizm ta’limotining kuchli ta’siri ostida ko’tarilgan edi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling