Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
Amir Temur
(1336-1405) shaxsi va faoliyati bilan bog’liq. 1370 yilda o’z raqibi Amir Husaynni engib, Balxni bosib olgandan keyin Amir Temur Mavoraunnahming yagona hukmdori deb e’lon qilinadi. SHundan so’ng u ketma-ket Buxoro, Xorazm, Oltin O'rda. Eron, Iroq, Kavkaz orti, Kichik Osiyo, Misr va Hindiston kabi jami bo'lib 27 mamlakatni o ’z saltanatiga birlashtirdi. Bu saltanat Balxash ko’li va Xitoydan to Qora dengiz sohillari, Kichik Osiyo, Suriya va Misrgacha, Orol dengizining shimoliy dashtlaridan to Hindistongacha bo’lgan yirik hududni o’ziga qamrab oldi. Bu milliy mustaqillik mazkur va qo’shni mintaqalardagi mamlakatlarning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida chuqur o’zgarishlarni vujudga keltirdi. "Amir Temurdek adolatparvar va ma’rifatparvar hukmdor, dovyurak sarkarda va uzoqni ko’ra oladigan buyuk allomaning tarix sahnasiga chiqishi, - deb qayd qilgan edi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov sohibqironning 660 yillik tavalludiga bag’ishlanib Toshkentda o’tkazilgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada, - tasodifiy bir hoi emas, balki tarixiy zaruriyat va zamona taqazosidir. Sohibqiron Amir Temur shaxsi va temuriylar davri Markaziy Osiyoda asrlar davomida 41 shakllanib qaror topgan madaniy-ma’naviy imkoniyatlar, yig'ilgan tarixiy tajribalar, boy an’analar va qadriyatlarning mahsulidir." Amir Temurning buyuk xizmati shundan iboratki, u nafaqat Movarounnahr xalqlarini m ug’ul bosqinchilaridan ozod qildi, shu bilan birga muayyan mintaqadagi feodal parokandalikka barham berib, markazlashgan saltanatni vujudga keltirdi. Mamlakatda nisbatan tinchlik va osoyishtalik o’matildi. Bu esa iqtisodiy va madaniy rivojlanishga sabab bo’ldi. Ko’plab shaharlar qurildi, yangi- yangi saroylar, madaniy-maishiy obidalar, kutubxona va madrasalar barpo etildi. Qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, irrigatsiya sohalari taraqqiy topdi. Fanlar rivojiga misli ko’rilmagan e’tibor berildi. Albatta, Amir Temur o ’z davlati asosiga islom dini qoidalarini qo’yadi. "Temur Tuzuklari”da shunday ta’kidlaydi: "Davlat agar dinu tartib asosida qurilmas ekan, to ’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xshaydirkim, uni ko’rgan har kimsa (undan) nigohini olib qochadi. Yoxud har xil qalang’i- qasang’i odamlar tap tortmay kirib-chiqadigan tomsiz, eshigi-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi. Shuning uchun ham men o ’z saltanatim binosini islom dini, to ’ra va tuzuk asosida mustahkamladim". Amir Temur o ’zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida iymon-e’tiqodga suyangan odam xiyonat qilmaydi,qarindosh-urug’lari, elu xalqining or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni ajoyib fazilat deb biladi, deb uqtirar edi. Uning davlat ishlariga jalb qilinuvchilarning qanday sifatlarga ega bo’lishlari lozimligi haqidagi fikrlari hozir ham o ’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ularda Temur fikricha, eng avvalo quyidagi to’rt xislat mavjud bo’lishi talab qilinardi: 1) asillik, toza nasllik; 2) aql-farosatlilik; 3) sipohu raiyatning ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalalik; 4) sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Davlat ishlarining olib borilishida Amir Temur o ’z fikrlarini boshqa kishilarning fikri bilan solishtirib ko’rishni ma’qul ko’rgan. Shuning uchun uning davlatida turli qurultoy va kengashlar o’tkazish doimiy ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun "Tuzuklarda" u o ’z ishlarining to’qqiz qismini dono va tajribali kishilarning maslahatlari bilan, bir qismini esa qilich bilan echganligini alohida ta ’kidlaydi. Amir Temur davlatni boshqarishda armiyaning ahamiyatiga alohida e ’tibor beradi. Umuman olganda uning ulug’vor saltanat Juzishida harbiy mahorati va armiyaga bergan e ’tibori katta ahamiyatga ega bo’lganligi aksariyat tarixchi olimlar tomonidan e ’tirof etilgan faktdir. Amir Temurning buyukligiga uning oldiga tarix qo’ygan bir qancha masalalarni muvaffaqiyat bilan echgani sababchidir. Birinchi vazifa - Markaziy Osiyoning birlashtirilishi. Ikkinchi vazifa - 1395 yilda Oltin O ’rdani halokatga uchratish bilan Rossiyani asoratdan saqlab qolishi. Uchinchi vazifa - 1402 yili Anqara yonida Boyazid I yakson qilish bilan Usmonli turk imperiyasini parchalab yuborishi va Evropani halokatdan saqlab qolishi. Temur va Temuriylar davrining xarakterli belgilaridan biri shundan iborat ediki, shaharlar qurish gurkirab rivojlandi, fan va madaniyat gullab yashnadi. 42 Mmliiniyat va ilm ahllariga g ’oyat katta e'tibor berildi. Shuning uchun bu davr I vmpa olimlari tomonidan "Temuriylar Renessansi" deb ham ataladi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling