Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zahiriddin M uham m ad Bobur
Ulug’bek
(1394-1449) zamonida aniq fanlar: matematika, falakiyot juda II voj topdi, shuningdek, diniy bilimlarga, tibbiyot, tarix, axloq, nafosat va shu kabi l;inlarga muttasil e’tibor berildi. Fundamental fanlarni rivojlantirish manfaatlari I llug’bekni yangi oliy maktab - ilmiy tafakkur markazi barpo etish qaroriga olib kcldi. Ana shu maqsadda Ulug'bek ayni bir vaqtning o ’zida uchta madrasa: birinchisini 1417 yilda Buxoroda, ikkinchisini 1417-1420 yillarda Samarqandda va uchinchisini G ’ijduvonda qurdirdi. Samarqandda 1428-1429 yillarda rasadxona qurilishi Ulug’bekning xizniatlaridan biri bo’lib, bu rasadxonani Ulug’bekning zamondoshlari o ’z davrlarining eng yaxshi rasadxonasi deb bilar edilar. Ana shu rasadxona tufayli Ulug'bek 1437 yilda o ’zining mashhur "Zichi Ko’ragoniy" yulduzlar jadvalini tuzish va tugallashga muvaffaq bo’ldi. Ulug’bek shunday ajoyib kutubxona yaratgan ediki, unda o ’sha zamon fanining deyarli barcha sohalariga oid 15 000 kitob saqlanar edi. Ulug’bekning ilm-fan borasida amalga oshirgan ishlari to’g ’risida materiallarning ko’pligi bois o’quvchilarni ana shu manbalarga murojaat qilishga maslahat beramiz. Zahiriddin M uham m ad Bobur (1483-1530) o’zbek xalqining yirik mutafakkiri, davlat arbobi, tarixchi, shoir va tarjimon. U temuriylar avlodidan bo’lib, Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos solgan. Taxt talashishlar va o’zaro urushlar natijasida o’z yurtida hokimiyatni saqlab qololmaydi va 1504 yildan va 1526 yilgacha Afg’onistonda o’z hukmronligini o’rnatadi. Shu davr ichida u bu erdagi tarqoq qabilalarni birlashtiradi, mamlakatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlaydi. U 1526 yili Dehli sultoni Ibrohim Lodi qo’shinini engib, Dehlini egallaydi. Bobur bu erda markazlashgan kuchli davlat barpo qiladi. U mamlakat obodonchiligiga katta ahamiyat beradi, shaharlami obod qiladi, sug’orish inshootlari qurdirdi, bog’lar barpo etdi. Bobur o ’zbek adabiyoti, tarix, geografiya, falsafa, musiqashunoslikka katta hissa qo’shgan alloma hamdir. Uni jahonga mashhur qilgan asari "Bobumoma" hisoblanadi. Unda XV asr oxiri va XVI asrning 30-yillarigacha Movarounnahr, Afg’oniston, Xuroson va Hindistonda bo’lgan murakkab tarixiy voqealar bayon qilinadi. Bu asarda ana shu hududlar geografiyasi, o’simliklar (botanika) va hayvonot dunyosi (zoologiya) haqida ham qimmatli ma’lumotiar berilgan. Bu asardan tashqari Bobur aruz vazni va qofiyaga bag’ishlangan "Mufassal" asarini, huquqshunoslikka oid "Mubayyin" risolasini, musiqaga bag’ishlangan "Musiqiy ilmi" asarini yozgan va Xo’ja Ahrorning "Volidiya" asarini fors-tojik tilidan o ’zbek tiliga tarjima qilgan. Bobur boshqa mutafakkirlar kabi jamiyat haqida tugallangan ta’limot yaratgan emas. Ammo uning asarlarida, she’rlarida jamiyat, insonning jamiyatdagi o’rni, davlat va fuqarolaming o’zaro munosabatlari, davlatni boshqarish kabi masalalar haqida ilg’or g ’oyalar, fikr-mulohazalar ko’p uchraydi. Boburning bu fikrlari uning uzoq yillar davomida o’z podshohligini tuzish, mustahkamlash, rivojlantirish tajribasiga tayangan holda aytilgani bilan qimmatlidir. 43 Bobur ijodi bilan mufassal shug’ullangan tadqiqotchilaming ta ’kidlashicha Bobuming podshohning elga imom, Ollohning xalifasi deb aytishdan maqsadi yakka hokimiyatchilik tuzumini madh etish emas, balki mamlakatni ko’pchilik bilan boshqarib bo’lmasligini, davlat va mamlakatning birligini, osoyishtaligini saqlash uchun hammaning podshohga itoat etishi kerakligini ta’kidlashdir. Aks holda "mulk vayron bo’lurig’a ne shak". Bobur asarlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, u davlatni boshqarishning eng yaxshi shakli podshohlik deb hisoblaydi, buni uning 1508 yilda o’zini podshoh deb atashlari haqida farmon chiqarganidan ham bilish mumkin: "Ushbu tarixqacha Temurbekning avlodini... mirio derlar edi, ushbu navbat buyurdimkim... meni podshoh degaylar". U bir davlatga ikki kishi bosh bo’Iishiga hech qachon imkon bermaslik kerakligini alohida ta’kidlaydi. Bunday hoi guruhbozlikka, turli fitnalar avj olishiga, oqibatda esa mamlakat parchalanib xonavayron bo’Iishiga olib keladi: "Bir viloyatqa ikki podshoh va bir cherikka ikki mirsipoh nmjibi tafriqa va vayronlik va sababi fitn a va parishonlikdur". "Boburnoma"da u podshoh (mamlakat rahbari) quyidagi sifatlarga ega bo’lishi lozimligini ko’rsatadi: najhati (omadi) baland, himmati arjumand (bag’rikenglik), viloyat olmog’ (davlatni kengaytirish), viloyat saqlamog’ (mamlakatni mustahkamlamoq), ma’murlug’ (bunyodkorlik va mamlakatni farovon qilish), fuqaro va raiyatga mehribonlik, qo’shin haqida g ’amxo’rlik, adolatparvarlik. Shunisi e ’tiborliki, Bobur islom e’tiqodiga rioya qilish masalasiga rasmiy davlat siyosati miqyosidagina yondoshadi. U o ’qimishli kishi va olim bo’lganligi sabab bir dinni ikkinchi din ustidan ustun qo’ymaydi, ularning xalqlar hayotida muhim rol o ’ynashini tushunadi. Shu ma’noda uning Hindiston sharoitida islomga u erdagi boshqa dinlar qatori bir ko’zda qaragani ham xalq orasida diniy asosdagi tushunmovchiliklarning vujudga kelishiga to’siq bo’lgan. Garchi uning asarlarida tasavvuf, xususan naqshbandlik tariqatining odamlarni kamtarlikka, mehnatsevarlikka, ma’naviy barkamollikka chaqirishiga nisbatan kuchli hurmat sezilsada, uni so’fiy shoirlar qatoriga kiritib bo’lmaydi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling