Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- M ohlar oyim bo’lgan N odira
Jahon otin - Uvaysiy
(1771-1845) hisoblanadi. Uning g ’azallarida lirik qahramon kamtar, odobli, nazokatli, oqila, fozila, vafodor, iffatli va jozibali jonona sifatida namoyon bo’ladi. Uning she’rlarida o’sha davr ayollarining orzu-umidlari aks etgan. Barcha shod bo’lib, uning hissasi qayg’udan iborat bo’lsa ham, zamon kulfatidan ko’ngli dog’ bo’lsa ham, yori jafo va sitam qilsa ham u yorga hamon sodiq qoladi. Shu bilan birga shoiraning ko’p she’rlarida mung, qayg’u ohanglari yangraydi, u o ’zini tanho his qiladi. XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida Q o’qon adabiy muhitida yashab, ijod qilgan, asli ismi M ohlar oyim bo’lgan N odira (1792-1842) o ’z lirik she’rlarida sevgi, vafo va sadoqatni ulug’ladi. Uning hayoti, faoliyatining ba’zi jihatlarini insonparvarlik va shafqatsizlik masalalari bilan bog’liq holda bahs- munozara darslarimizdan birida ko’rib chiqamiz. Hozir esa uning ijodidagi umumiy tomonlarni ko’rsatish bilan chegaralanamiz. Nodira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo xislatlarini ma’rifat, ya’ni Olloh vasliga etishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli xislatlarni o’z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan ko’nglida asramog’ini obrazli tarzda ifodalaydi. Odamzot shu sifatlardan mahrum bo’lar ekan, u riyo yo’liga kirib ketadi. Nodira o ’z ijodida inson, tabiat va jamiyatni, insonning ro’hiy dunyosini juda go’zal va jonli misralarda ifodalab beradi. U o’z she’rlarida islom ruhi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urug’ini qidiradi, o ’zi bu yo’lda amaliy ishlarni bajaradi: "Ulamoyi din rivojlariga imdod etkurdim, to she'ri sharif rivoj topti, zuhd ahliga ixlos va aqida tan zohir qildim, to din va millat kamol topti. Fazlu donish qabilasiga shafqat va marhamatdin inoyatlar ko’rguzdimkim, e ’tibor darajasig’a taraqqiy qilidilar. Soyil va gadolami talablariga etkurib, karam va ehson eshikidin noumid yubormadim. Mushafi sharif va kutubi diniy va rasoyili yaqiniy ko’p yozdurdim. Barchasini xolisanlilloh vaqf qildim". XIX asr Xorazm ilmiy va adabiy muhilining yirik vakillaridan biri Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling