Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


M uham m ad A m inxo’ja M uqim iy


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

M uham m ad A m inxo’ja M uqim iy 
(1850-1903) o’z ijodida jamiyatda 
m a’rifat, ijtimoiy adolat va xalq farovonligini ta ’minlovchi tartiblar o’rnatish 
zarurligini aks ettirdi va o’z zamonasiga ana shu jihatdan baho berdi.
Muqimiy zulm va jaholat ostida ezilgan mehnatkash dehqonlar va shahar 
kambag’allarining 
og’ir ahvolini, 
boylar, 
ruhoniylar va 
amaldorlarning 
o ’zboshimchaligini va jabr-zulmni yorqin ifodalab berdi. U o’z mehnati bilan 
moddiy boyliklarni yaratayotgan oddiy xalq ochlik va qashshoqlikda yashayotgan 
bir paytda, boylarning ayshu-ishratda kun kechirayotgani bilan hech kelisha 
olmaydi.
Muqimiy zolimlarni fosh qilish bilan cheklanmadi, u jamiyatda hokimiyat 
"g’irchillama kovush va silliq salla"liklar qo’lida ekanligini tushunib etdi va xalqni 
mavjud tuzum adolatsiz ekanligini chuqurroq anglashga chaqirdi, xalqning bu 
tuzumga nisbatan g ’azab va nafratini oshirdi. U o’z davridagi xonlik tuzumida 
mavjud bo’lgan turli tabaqalar, ijtimoiy kuchlar mavjudligini va ular orasida 
kurash borligini ko’ra oldi.
Zokirjon X olm uham m ad o ’g ’li Furqat 
(1858-1909) she’riyati o’z 
zamonidan nolish, zorlanish bilan birga, erkinlikka va yorug’ hayotga intilishni 
aks ettiradi. Masalan, uning "Sayding qo’ya ber sayyod" she’rida alam iztiroblari 
umumlashtirilgan, qullikka, zulmga norozilik tuyg’ulari bayon etilgan. Bu she’r ov 
va ovchi haqida yozilgan bo’lsa ham, jamiyat hayoti va jamiyatdagi erksizlik, 
qullik hodisalarini tasvirlaydi. Shoir kiyikning holini o ’z holiga o’xshatadi. Bu 
bilan 
she’rda tasvirlangan 
voqea 
ijtimoiy 
hayotga, 
kishilar o’rtasidagi 
munosabatlarga taalluqli ekanini ko’rsatadi.
Furqat bu she’rning har bandida bandga tushib qolgan kiyikning ahvolini 
tasvirlar ekan, voqelikning, hayotning biror tomonini chizib beradi. Bu she’rda 
uning ham kuchli, ham kuchsiz tarafi gavdalanadi. Shoirning kuchli tomoni -
uning erkparvar, ozodlikni sevuvchi sifatida, qullikka, jabr-zulmga, haqsizlikka 
qarshi chaqirig’idir. Uning kuchsiz tomoni esa *- ozodlikni zolimdan so’rab 
olmoqchi bo’lishida, ya’ni ovchini kiyikka rahm qilishga chaqirishida ko’rinadi.
Shoir afsonaviy jannat bog’lari xayoli bilan emas, odamzot o’zi yashab 
turgan tabiat go’zalliklaridan bahramand bo’lib yashashni afzal ko’radi. Shunda 
ham yakka emas, balki do’stlar bilan birga tabiatdan bahramand bo’lishga 
chaqiradi. U hayotda shodlik bilan kun kechirish orzusi — insoniy, go’zal orzu 
ekanini aytadi. U do’stlar bilan shodlik va suhbat qilib yashash orzusi bo’lmagan 
kishilarni odam hisoblamaydi. Uning ushbu fikrlari ayni holda ba’zi tasavvufiy 
tariqatlardagi tarki dunyochilik qarashlariga qarshi chiqish hamdir.
50


Furqat faqat ilm, ixtironigina emas, ayni zamonda uning ijodkori bo’lmish 
insonni ham samimiy hurmat bilan sevgan va insoniy muhabbatni, erkinlikni 
ulug’lagan. Uning she’rlarida olijanob fikrlar, g’oyalar, go’zal hissiyot bilan 
yashovchi, jamiyat taraqqiyotini o’ylovchi, ilgariga, yangilikka intiluvchi, xalq 
uchun qayg’uruvchi inson gavdalanadi. Uning tushunishicha, aql, idrok insonning 
eng yaxshi fazilatidir.
Furqat o ’z ijodida, bir tomondan, o ’z davridagi jamiyat tuzumining hokim 
sinflar, zulmkorlar jabrini ayovsiz tanqid qiladi, jaholat, nodonlik ichida yashagan 
xalqning ahvoliga achinadi, uni bilim, ma’rifatga yaaqiradi, shu yo’l bilan 
qoloqlikni, zulmni tugatish yo’lini 
izlaydi. 
SHu ma’noda 

optimist 
m a’rifatparvar, demokrat shoir sifatida maydongan chiqadi. Boshqa tomondan esa, 
o ’z orzulari, umid-tilaklari amalga oshmaganidan kuyunadi, darbadarlikda, 
g ’urbatda yurib umidsizlik kayfiyatiga tushadi, zamondan shikoyat qiladi. Bular 
Furqat ijodida XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi hayot, mehnatkash xalqning 
kayfiyati, ichki kechinmalari aks etganini ko’rsatadi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan taniqli adib, shoir va olimlardan tashqari 
Gulxaniy, Anbar otin (1870-1915), Nozimaxonim (1870-1925), Sattorxon 
Abdug’afforov (1843-1902), Zavqiy (1853-1921), Avaz O ’tar (1884-1919) va 
boshqalar o ’zlarining asarlarida shaxs va jamiyat haqida jiddiy va ilg’or fikrlarni 
ilgari surdilar. Ulaming har biri hayot sharoitlari va faoliyati, ayrim masalalarga 
turlicha yondoshishlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Lekin ularning 
barchasining diqqat markazida mamlakatning iqtisodiy va madaniy jihatdan 
qoloqligi sabablarini aniqlash, xalqni iqtisodiy va ma’naviy zulmdan ma’rifat yo’li 
bilan ozod etish masalalari turar edi.
6. Jadidchilik harakati namovondalarinins ijtimoiy taraggiyot 
hagidasi fikrlari
Podsho 
Rossiyasi 
o’z mustamlakalari 
bo’lgan 
o’lkalardagi 
milliy 
masalalarning ko’tarilishiga bor kuchlari bilan qarshilik ko’rsatar, bu erlarda 
minglab yillar mobaynida rivojlangan milliy davlatchilikni yo'qqa chiqarishga 
harakat qilar, ilg’or fikrlarning rivojlanishiga to ’sqinlik qilar va xalqni tubanlikda, 
bilimsizlikda tutib turishdan manfaatdor edi. Shu maqsadlarda Turkiston 
Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylanib bordi. Og’ir, asosan qo’l kuchiga 
asoslangan qishlaq xo’jalik mehnati mustamlaka o ’lka xalqlarini asoratga sola 
boshladi. Shuningdek, xalqni mustamlakaga, hech bir huquqsiz qulga aylantirish 
siyosati siyosiy zug’umlar, yarim harbiy boshqaruv, mukammal politsiyachilik 
nazorati va qattiq jazolar qo’llash mexanizmlari bilan mustahkamlandi.
Ana shunday ayanchli ahvolga qaramay Turkiston xalqlari tarix sahnasidan 
yo’qolib ketmadi, balki o’zligiga qaytish uchun qaytadan uyg’ona boshladi. XIX 
asr oxiri - XX asr boshlaridan o’z milliy ozodligi, mustaqilligi uchun kurashga 
astoydil bel bog’ladi. Turkistonda milliy ozodlik uchun kurashga otlangan 
dastlabki ijtimoiy-siyosiy oqim - jadidlar harakati edi.
Jadidchilik harakati dastlab XIX asrning 80-villarida Qrimda paydo bo’lgan, 
uning asoschilaridan biri Ismoilbek Gaspirali (Gasprinskiy) edi. Bu harakat 
mustamlakachilarga qarshi ochiqdan-ochiq kurashdan voz kechar, bilvosita kurash
51


yo'lini tanlagan edilar. Mustamlakachilik zulmi natijasida xalq o ’zligini yo’qota 
boshlagan bo’lib, u milliy dunyoqarashni shakllantira olmas edi. Shuning uchun 
ham dastlabki ishni xalqni ma’rifatli qilishdan, uni uyg’otishdan boshlash zarur 
edi. Ma’rifatli va o’zligini anglagan xalqda milliy ong tez rivojlanib, u o’z-o’zidan 
mustabid zulmga qarshi chiqadi va o’zini milliy zulmdan ozod qiladi. Shuning 
uchun jadidlar o ’zlarining ilk harakatlarini ma’rifatparvarlikdan boshlaganlar.
Bu oqim o ’z harakat shaklini madaniy-ma’rifiy tarzda ko’rsatishga intilgan 
bo’lsa-da, 
uning 
mohiyati 
va 
zamirida siyosiy 
kurash, 
o ’z 
xalqini 
mustamlakachilar zulmidan ozod qilish, mustaqil davlat qurish niyati bor edi. 
Shunga muvofiq jadidizm o ’z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o ’tgan: 
ma'rifatparvarlik bosqichi va siyosiy harakatlar bosqichi.
Jadidlar mafkurasi ham o ’ziga xos edi. Ular o’sha paytlarda butun dunyoga 
keng tarqalishga ulgurgan Evropa madaniyati va rivojlanish g’oyalarini rad qilar, 
shu bilan birga yangi paydo bo’lgan sotsializm va sotsial-demokratik qarashlarga 
qo’shilmas, bu oqimlar Turkistonning kelajagi uchun xavfli ekanligini isbotlashga 
harakat qilar edi. Ular o’z mafkuralari asosiy mezonlarini ijtimoiy adolat, milliy 
m eros, 
turkchilik va milliy mustaqillik kabi qadriyatlar asosida shakllantirdilar. 
SHu bilan birga ular ma’naviy-madaniy va ma’rifiy hayotni yangilashga, xalq 
tu rm u sh
tarziga fan va texnika yutuqlarini olib kirishga, diniy jaholat, bid’at va 
mutaassiblikka, shuningdek. qoloqlikka barham berishga intilar edilar.
XX 
asrning dastlabki 1 0 - 1 5 yilida Turkistonda yangi "usuli jadid" yoki 
"usuli savtiya" maktablari ochildi, milliy matbuot va teatrlar tashkil etildi. Turli 
uyushmalar, harakatlar va xayriya jamiyatiari shakllandi. Jadidlaming xalqning 
milliy o’yg’onishi, mustaqillik uchun kurash g ’oyalarining shakllanishida, 
sh u n in g d e k , 
uning madaniy-ma’rifiy qarashlarini boyitishda Mahmudxo 'ja 
B e h b u d iy , 
Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulhamid 
Cho’lpon, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev kabi taniqli kishilarning faoliyati katta 
ahamiyatga ega bo'ldi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling