Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Takrorlash uchun savollar
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-m avzu. Evropada inson va jam iyatning m ohiyati to ’g ’risidagi g ’oyalar
- A vreliy A vgustindir
Takrorlash uchun savollar:
1. Zardushtiylik, moniylik va mazdakiylikning umumiy jihatlari nimalardan iborat? 2. "Avesto"dagi uch ezgulikni tushuntirib bering. 3. Abu Nasr Forobiyning adolat haqidagi fikrlarini izohlab bering. 4. Ibn Sino jamiyat tuzilishidagi ierarxiyalikni qanday tushuntiradi? 5. Tasavvuf ta’limoti vakillarining inson hayoti va o’zaro munosabatlardagi axloqiy xislatlar haqida qanday fikrlari mavjud? Ulami biror-bir mutafakkir misolida tushuntirib bering. 6. A.Temur o’z "Tuzuklar"ida davlat va jamiyat haqida qanday fikrlarni ilgari suradi? 7. Navoiy ijodida insonparvarlik qanday namoyon bo’ladi? 8. XVII-XIX asrlarda yurtimiz hududida yashagan mashhur adiblardan kimlami bilasiz? 9. M a’rifatparvarlaming asosiy fikrlari nimadan iborat edi? 10.Jadidlar o ’zbek xalqining XIX asr oxirida qoloqlik girdobiga tushib qolishining sabablarini qanday izohlashgan? 5-m avzu. Evropada inson va jam iyatning m ohiyati to ’g ’risidagi g ’oyalar 1. Xristian nazarivotchilarinins jamiyat va inson hagidaei g ’ova/an Xristian dini aqidalarini xalq ommasiga singdirish, ulami ana shu qarashlaming haqiqat ekanligiga ishontirish, rasmiy davlat boshqaruvi tizimini ham unga moslashtirish, hattoki hokimiyatni unga bo’ysundirish ko’p jihatdan xristian nazariyotchilarining ijodi va faoliyatiga bog’liq bo’lgan. Ana shunday kishilardan biri A vreliy A vgustindir (354-430). U shimoliy Afrikadagi Numidiya davlatining Tagast shahrida tug’ilgan, nianixeychilik, platonizm orqali xristianlikka e’tiqod qo’yadi va 387 yili 55 xristianlikni qabul qiladi. Shimoliy Afrikadagi Gippo shahri episkopi darajasiga k o ’tariladi. Uning asosiy asarlari "Tavba", "Uchlik haqida", "Iloh shahri haqida" ("O grade bojem") va boshqalar. Avgustin dunyoqarashi teotsentristik xarakterdadir. Xudoning birlamchiligi tamoyilidan u yaratgan ruhning, jonning tanadan, iroda va hissiyotning aqldan ustunligi qoidalari kelib chiqadi. Xudo oliy mohiyatdir. Faqat uning mavjudligigina hech narsaga bog’liq emas, boshqa hamma narsalar uning irodasi tufayligina mavjuddir. Xudo barcha narsalar mavjudligining, ular o ’zgarishlarining sababidir; u dunyoni nafaqat yaratdi, balki uni doimo saqlab turadi, uni yaratishda davom etadi. Avgustin dunyo bir martagina yaratilgan, keyin uning o’zi rivojlanadi, degan fikrni inkor qiladi. Jonni Avgustin Platonning ideyasi ruhida tushunadi va u fikrlash, iroda, xotira kabi funksiyalarni bajaradi hamda hech qanday biologik funksiyalarga ega emas, deb hisoblaydi. Jon tanadan mukammalligi bilan ham farqlanadi va bu m ukammallik xudodandir, demak jo n , n th xu dogayaqin va o ’lmasdir. Biz tanadan ko’ra jonni, ruhni yaxshiroq bilamiz, xudoni ham tana emas, ruh orqali bilamiz, tana bilishga xalaqit beradi. Ruhning tanadan ustunligi sababli inson faqat u haqdagina g’amxo’rlik qilishi, o ’zidagi hissiy zavqlanishni bostirishi kerak. Ruhiy hayotda asosiy narsa aql, tafakkur emas, irodadir. Insonning mohiyatini passiv hisoblanmish tafakkur emas, faol bo’lmish iroda belgilab beradi. Avgustin bu tamoyilni psixologiyagagina emas teologiyaga ham joriy qiladi: irodaning faolligi ilohiy mohiyatga ham tegishlidir. Shu ma’noda uning falsafasi intellektualizm va ratsionalizmdan volyuntarizmga boradi. Avgustin dunyoqarashida hamma narsa yagona, mukammal, absolyut borliq bo’lgan xudoga taqaladi, uningsiz hech narsani amalga oshirib ham, bilib ham bo’lmaydi, moddiy dunyo esa xudoning mahsuli, va uning aks etishidir. Tabiatda hech bir narsa g ’ayritabiiy kuchlar ishtirokisiz sodir bo’lmaydi. Xudo yagona borliq va haqiqat sifatida metafizikaning mazmunidir; xudo bilishning manbai sifatida bilish nazariyasining predmetidir; xudo yagona bo'lmish yaxshilik va go’zallik sifatida etikaning predmeti hisoblanadi; xudo barcha narsaga qodirlik va mehr-saxovatga to ’lalik sifatida dinning asosiy masalasi sanaladi. Avgustin fikricha Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling