Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Fom a A kvinskiy 
(1225/26-1274) hisoblanadi. Uning asarlari 
keyinchalik o ’rta asr cherkovi rasmiy mafkurasining ensiklopediyalariga aylangan. 
Asosiy asarlari "Teologiyalar summasi" va "Majusiylarga qarshi summa".
Xristianlik haqiqati tafakkurdan ustun turadi, ammo u aqlga zid emas. 
Haqiqat bitta bo’ladi, chunki u xudodandir. Falsafa dinga uning haqiqatlarini 
tafakkur kategoriyalari orqali tushuntirish bilan xizmat qilishi kerak. Falsafaning 
o’zi g’ayritabiiy haqiqatni isbot qila olmaydi, ammo u unga qarshi bo’lgan 
asoslami zaiflashtirishi mumkin. Shuning uchun u teologiyaning qurolidir.
Dunyo muayyan tartibdagi sistemadir, u bir necha ierarxik darajadagi 
bosqichlardan iborat. Eng keng bosqich - jonsiz tabiat, uning ustida o’simliklar va 
hayvonot dunyosi turadi. Ulardan esa oliy bosqich bo’lmish odamlar dunyosi o’sib 
chiqadi. Odamlar dunyosi esa o’z navbatida g’ayritabiiy va ruhiy sohalarning 
asosidir. Eng etuk reallik, barcha realliklarning cho’qqisi, ulaming absolyut 
sababchisi, mazmuni va maqsadi 
xudodir.
57


Barcha alohida narsalar boshqa omillar bilan yaratilgandir, ya’ni ular 
nimalar bilandir shartlanganlik, tasodifiylik xususiyatiga ega. Faqat xudogina 
absolyut, hech nima bilan belgilanmagan. Xudo oddiy borliqdir, voqedir; 
yaratilgan narsa va hodisalar esa murakkab borliqdir.
Insonning joni, ruhi moddiy emasdir, u sof materiyasiz shakldir, u 
moddiylik, materiyaga umuman bog’liq emas. Xuddi ana shu narsa uning 
y o ’qolmasligi va o ’lmasligini ta ’minlaydi. Ruh tanaga bog’liq bo’lmagan 
substansiya bo’lgani sabab tana tomonidan yo’qotila olmaydi, sof shakl bo’lgani 
uchun o ’z-o’zidan yo’qola olmaydi.
Foma ruhning bir qancha turlari borligini ta’kidlaydi: o ’simliklarga xos 
vegetativ ruh (ko’payish va modda almashinuvi), hayvonlarga oid sensitiv ruh 
(sezish, tasavvur, erkin va sababli harakat), odamlarga xos - tafakkur. Demak, 
inson aqlli ruhga ega, u o ’zida ikki past darajadagi ruhlarni qamrab oladi. Shu 
ma’noda irodani tan olgan Avgustindan farqli ravishda, Foma aqlga katta e’tibor 
beradi. Uningcha, intellekt irodadan ustun turadi.
Axloqiy xislatlar, fazilatlar haqida gapirganda u donishmandlik, mardlik, 
adolat, o ’rtamiyonalikni ta’kidlagan an’anaviy yunon qarashlariga ishonch, umid, 
muhabbat kabi xristian sifatlarini ham qo’shadi. Hayot kechirishlan maqsad baxtga 
erishishdir, u esa xudoni anglash va и bilan u y g ’unlashib ketish demakdir. Bilish 
insonning eng ulug’ funksiyasidir, xudo esa - bilishning cheksiz predmetidir. Inson 
mavjudligining so'nggi maqsadi xudoni bilish, uni kuzatish va unga muhabbatdir. 
Bu yo’l sinovlarga boydir, aql insonni ilohiy qonunni ifodalovchi axloqiy 
tartibotga olib keladi; aql insonga o’zini qanday tutganda abadiy rohat-farog’at va 
baxtga etishish mumkinligini o’rgatadi.
Foma davlat umumiy farog’at haqida qayg’urish uchun mavjuddir, deydi. 
Ammo u ijtimoiy tenglikka keskin qarshi chiqadi, uningcha tabaqaviy tengsizlik 
abadiydir. Fuqarolar boshqaruvchilarga bo’ysunishi kerak. Monarxiya - davlatning 
eng yaxshi shaklidir. Ruh tanada, xudo olamda qanday ahamiyatga ega bo’lsa, 
monarx ham o ’z davlatida shunday bo’lishi kerak. Adolatli va yaxshi qirolning 
hokimiyati xudoning olamdagi hukmronligini aks ettirishi kerak. Cherkovning roli 
davlatnikidan ustun bo’lishi kerak, shuning uchun dunyoviy davlat hukmdorlari 
cherkov ierarxiyasiga bo’ysunishlari lozim. Rim papasi xudoning erdagi vakilidir. 
Davlat cherkovga bo’ysunm og’i lozim.
XII asr oxiri - XIV asr boshlarida Foma Akvinskiy ta’limoti asosida vujudga 
kelgan tomizm nazariyasi g ’alaba qiladi. Akvinskiy uning "birinchi doktori" deb 
tan olinadi, 1323 yili u avliyo deb e’lon qilinadi, 1567 yili esa cherkovning 
beshinchi ustozi deb tan olinadi. 1879 yili papa Lev XIII Foma Akvinskiy 
ta’limotini butun katolik cherkovi uchun majburiy deb e’lon qiladi.
2. 
U v z ’onish davri mutafakkirlarinins inson va iamivat to ’z ’risidasi fikrlari 
Evropa U yg’onish davri - Renessans shu vaqtgacha er yuzida bo’lib o’tgan 
revolyusiyalar ichida eng buyugi bo’ldi. Ana shu revolyusiya vaziyatida rivojlanib 
borgan tabiiyot ilmi ham boshdan-oyoq revolyusion bo’lib, buyuk italyanlaming 
uyg’onib kelayotgan yangi falsafasi bilan birgalikda rivojlanar va uning 
jafokashlari gulxan va zindonlarda qurbon bo’lib ketar edi. Shunisi xarakterliki,
58


ulami ta'qib qilishda protestantlar bilan katoliklar o’zaro raqobat qilganlar. 
I’rotcstantlar Migel Servetni (1509/1511-1553 yillar. Ispan mutafakkiri, vrach. 
Kichik qon aylanish doirasining mavjudligini aytgan) o’tda kuydirgan bo’lsalar, 
katoliklar Jordano Brunoni (1548-1600. Italiyalik panteist fa yla su f dunyoning 
cheksizligi va ко ’pligi haqidagi qarashlarni bayon qilgan) o’tda kuydirganlar. Bu 
davr gigantlarga muhtoj bo’lgan va gigantlarni, bilimdonlik, ruh va xarakter 
gigantlarini vujudga keltirgan davr bo'ldi. Bu shunday davr ediki, uni fransuzlar 
Renessans, ya’ni antik madaniyatning, fan va falsafaning qayta tiklanishi, 
uyg'onishi, deb to’g'ri atadilar.
Uyg’onish davri tafakkuri, mafkurasi va madaniyati uchun hal qiluvchi 
tendensiya 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling