Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Turdi 
Farog’iydir.
Turdi o’z asarlarini real obrazlar bilan boyitdi, ularni real hayot voqealari 
bilan bog’ladi, hukmron guruhlarga kuchli nafrat bildirdi, ulaming yovuzliklarini 
fosh qildi, satirik g ’azal va muxammaslar yozib, an’anaviy janrlaming takomiliga 
ham hissa qo’shdi.
Turdining shoh asari "Subhonqulixon va uning amir-amaldorlari to’g ’risida 
hajviya" muxammasida ana shu tilga olingan shaxslarning qabih hatti-harakatlarini 
fosh qildi. U xonni davr fojiasining bosh aybdori sifatida qaraydi. Subxinqulixon 
saroyida avjiga chiqqan fisqu-fasod, poraxo’rlik va razilliklarning haqqoniy 
manzarasini chizib, butun zulm o’chog’iga - saroy ahllariga, yurtni xarob qilgan 
"boyqushlar"ga, elni talagan "bo’ri"larga qarshi isyon ko’tardi, xalq manfaatini 
himoya qildi.
XVII 
asr sharoitida Buxoro xonligida turkiy, xususan o’zbek urug’lari 
o ’rtasida o’zaro nizolar kuchaygan bo’lib, shoir ulaming bir-biridan uzoqlashib, 
mamlakatning mayda bo’laklarga bo’linib ketishini ularning o’zlari uchun ham 
g ’oyat xatarli deb bilar, xonlikning boshqaruv vakillarini muttaham, bebosh deb 
atashi esa achchiq haqiqatga asoslangan edi.
Boborahim M ashrab 
(1653-1711) ijodi so’fiylik taraqqiyotida katta iz 
qoldirgan. U ham boshqa so’fiylar singari o’zining xudoga - yaratganga bo’lgan 
muhabbatini, ishqini she’rlarida bayon etadi. Buni u ko’pincha majoziy shaklda -
parvonaning shamga intilishi misolida izhor qiladi. Uning ijodi hayotiyligi va 
xalqchilligi, insonning shodligi va dard-alamlarini yorqin va real tasvirlashi bilan 
ajralib turadi.
Mashrab ijodidagi ijtimoiy mazmun va kuchli tanqidiy yo’nalish uning 
ilg’or dunyoqarashi, xalqchil falsafasi, o’z davridagi salbiy voqea-hodisalarga aniq 
tanqidiy munosabatidan shakllangan. Qalandarlik tariqatiga kirgan Mashrab 
shaharma-shahar, qishloqma-qishloq ko’chib yurardi. Uning biror shahar yoki 
qishloqqa kelishi izsiz o ’tmasdi: uni oddiy xalq samimiyat va xursandlik bilan, 
hokim, amaldor va riyokor ruhoniylar esa hadiksirab, dushmanlik kzzi bilan qarshi 
olardilar. CHuqur ijtimoiylik va kuchli tanqidiy munosabat Mashrab ijodida 
ustvorlik qilgan hamda u yaratgan ko’pdan-ko’p asarlaming asosiy mazmunini 
tashkil etgan.
47


Mashrab ijodida so’fiy adabiyotda asrlar davomida qaror topgan ramz- 
timsollar, tushuncha-iboralar - ishq, muhabbat, yor, jonona, gul, may, boda, visol 
va boshqalar vositasida amalga oshirilgan.
Mashrab ijodi mehnatkash xalqning, kambag’allarning nochor ahvoliga 
achinish, boy-amaldorlaming firibgarligi, poraxo’rlik, makr-hiylalar uchun 
darg’azablikning in’ikosidir.
XVIII 
asr oxiri XIX asming birinchi yarmida o ’ziga xos o ’ringa ega bo’lgan 
zabardast shoiralardan biri 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling