Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
A lish er Navoiy
(1441-1501) ijodiyoti O ’rta va Yaqin Sharq adabiy-ilmiy merosi, jum ladan, o’sha davrda o 'z an’analariga ega bo’lgan turkiy adabiyot namoyondalari - Durbek, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy va boshqalarning faoliyati va bundan tashqari, hind va arab adabiyotiga ham ijobiy ta ’sir ko’rsatdi. Navoiy falsafiy dunyoqarashi vahdati vujud, ya’ni borliqning birligi ta ’limotiga asoslanadi. Uning fikricha, olam - xudodir, chunki ilohiyot (vujudi mutlaq) atrofdagi borliq (vujudi doira)da namoyon bo’ladi va o ’z husnini tabiatda zuhur etadi. Navoiy dunyoqarashi panteistik ruhda bo’lib, olamdagi barcha narsa va hodisalarda ollohning izlarini ko’rish, tabiatni, moddiy narsa-hodasalarni, jumladan, insonni madh etish orqali xudoni ulug’lashdan iborat. Inson, Navoiy fikricha, xudoning tabiatda zuhur etilishining asosiy maqsadidir. O ’z navbatida xudo ham insonning mahbubi, uning muhabbati ob’ektidir. Ilohiyot atrofdagi barcha narsalarda zuhur bo’lar ekan, u insonning qalbida ham o ’z aksini topadi. Shunday qilib, xudo har kimning qalbidadir, lekin uni aql (xirad) bilan anglash mumkin emas, uni anglashga inson aqli etmaydi. Uning 44 Ilkridia xudoni topish, sezish uchun insondan riyozat (qalbni tozalash), ma’rifat (dunyoni bilish, o’zlikni va demak, xudoni bilish) talab qilinadi. Inson unga o'/ining amaliy harakatlari, axloqiy pokligi bilan etishi mumkin. Navoiy punteizmi mohiyat-e’tibori bilan insonparvarlik, tabiatni ulug’lash, insonni madh ctishdan iborat. Inson, Navoiy fikricha, xudoning tabiatda zuhur bo’lishining asosiy maqsadidir. Navoiy adolat g ’oyasini chuqur insoniylik mazmunida talqin qiladi. Uning fikricha, hukmdorlar faoliyatining mezoni - adolat, ulaming ma’naviy qiyofasining belgisi insoniylikdan iborat. Mamlakatni idora etuvchilarga avf, karam, javonmardlik fazilatlari ham xos bo’lmog’i lozim. Shunday fazilatlarga ega bo'lgan shoh bilan raiyat (xalq) o ’rtasida uzviy ravishda aloqa tiklanadi. Olijanob va himmatli shohga nisbatan xalqda vahima va qo’rqinch bo’lmaydi. Shu tufayli shoh o ’z mamlakatidagi yaxshi ishlardan ham, yomon ishlardan ham xabardor bo'ladi. Bunday fikrlar Navoiyning "Hayratul abror", "Saddi Iskandariy" kabi asarlarining asosiy mazmunini tashkil etadi. Alisher Navoiy ijtimoiy-siyosiy masalalar borasida Abu Nasr Forobiy singari ijtimoiy ta’limot yaratdi. U barcha davrlar uchun muhim bo’lgan mamlakatni boshqarish masalasiga e’tibor qaratdi. Navoiy buni vazir sifatida amaliyotga tatbiq etishga urindi. Uni mamlakatni yakka hukmronlik (ya'ni monarxiya usuli) bilan boshqarish ko’proq qanoatlantiradi. Navoiy "Saddi Iskandariy" va boshqa asarlarida shohni bog’bonga, mamlakatni esa bog’ga qiyoslaydi. Uning fikricha, agar bog’bon oqil, mehnatsevar bo’lsa, uning bog’i gullab yashnaydi. Agar podshoh oqil, ma’rifatli, bilimdon, adolatparvar bo’lsa, xalqini sevsa, unda mamlakat ham obod bo’ladi. Aks holda u xarobaga aylanadi. Navoiy "Saddi Iskandariy"da ideal podsho obrazini yaratadi. Bu - Sharq xalqlari rivoyatlarida keng tarqalgan Iskandar Zulqarnayn obrazidir. Iskandar - etuk olim, donishmand podsho, iste’dodli sardor va xalqparvar davlat arbobi - islohotchidir. Ayni paytda Iskandarda komil insonga xos xususiyatlar ham tasvirlanadi: u dili va niyati pok, saxovatli, kamtarin va muloyim shaxs; dono podsho va dunyo sirlarini bilishga qiziquvchi aql-zakovat egasidir. Navoiy bu obrazni yaratar ekan, o ’zining ezgu maqsadi - jamiyatni hikmat, adolat bilan boshqarish kerak, degan ijtimoiy g’oyani ilgari suradi. Shu ma’noda "Saddi Iskandariy"da Navoiy insonparvarligiga xos siyosiy nazariya (ideal davlat qurish) va axloqiy nazariya (komil inson ta’limoti) bir-biriga uzviylashib ketgan. Navoiy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni tarannum etdi. Navoiy dostonlarining qahramonlari turli mamlakatlar, turli millat vakillaridir: SHirin - arman qizi, Farhod - chin o ’g’loni, eronlik Shopyr, hindi Ma’sud, Layli va Majnun arab eliga mansub, Iskandar va uning maslahatchilari bo’lmish Arastu, Buhrot, Suqrot kabilar - yunonlardir. Navoiy nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy jihatdan ham mehnatkash kishilarga xizmat qilish namunasidir. 1469 yilda Hirot taxtiga Navoiyning maktabdosh do’sti Husayn Boyqaro chiqadi. Navoiy avval muhrdor, keyin Amir lavozimida uning xizmatida bo'ladi. Ushbu davlatning 40 yil mobaynida saqlanib turishida Alisher Navoiyning xizmatlari katta. Juda og’ir vaziyatlarda ishlagan Alisher Navoiy davlat mustaqilligini, bexatarligini saqlab qolish maqsadida xalqqa 45 murojaatlar, pandu-nasihatlar qildi, shahzodalaming isyonlaridan norozi bo’lib ularga maktublar yo’lladi. Uning tevaragida mamlakat aloomalarining "qaymog’i" to ’plandi. Shayx Abdurahmon Jomiy, Sayid Hasan Ardasher, Pahlavon Mahmud, shayx Suhayliylar Navoiyga yondosh bo’lgan ana shunday kishilar hisoblanadi. Xondamirning ma’lumotlariga ko’ra Navoiy o ’z mablag’i hisobidan 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko’prik, 9 hammom va ko’plab masjidlar qurdirgan. Uning "Ixlosiya", "Xalosiya", "Shifoiya" madrasalarida yuzlab ilmi toliblar tahsil olganlar. Navoiy nasihatlaridan yana biri - bu mamlakatni idora etishda hokimlar amal qilishi lozim bo’lgan qonun-qoidalardir. Navoiy Astrobod hokimi bo’lib turgan davrda Boyqaroning davlatni boshqarish ishlaridan xavotirga tushib, unga maktublar yozadi. Mamlakatni idora etishning hamma jabhalari qamralgan "Munshoat"da aytiladiki, ertalab kishilarning arz-dodi eshitilsa; ularga adolat qilinsa; kechqurunlari ovqat eb bo’lingandan so’ng qabulxonada arkoni davlat bilan mol-mulk ishlari muhokama qilinsa; arkoni davlat kundalik ishlardan hisob berib tursalar; chog’ir ichishdan qattiq saqlanilsa; bo’sh vaqtlarda kitubxonada qiroat qilinsa; arkoni davlatga, vazirlarga tarix kitoblari, xususan, "Zafarnoma"ni takror-takror o ’qib turish buyurilsa; majlislarga taklif etilmagan kishilar kirgizilmasa; chegaralaming darvozalari qattiq qo’riqlansa; boshqa yurtlardan kelgan savdogarlarga hurmat-e’tibor ko’rgizilsa; gunoh qilganlar qattiq jazolansa va bu holat butun mamlakatga tarqatilsa... Navoiy "Mahbub ul-qulub" asarida jamiyatdagi kishilarning ma’naviyati, savodxonligi, mansabi, axloqiy fazilatlari, ilmi va diniy maqomiga qarab toifalarga ajratadi va ularning tavsifini beradi. Ijtimoiy guruhlarga bo’lishning eng asosiy belgisi sifatida axloqiy omil belgilovchi rol o ’ynaydi. Shu jihatdan odamlar yaxshi va yomon xislatlilarga bo’linadi. "Mahbub ul-qulub"da Navoiy kishilarning jamiyatdagi maqomiga qarab 34 guruhga ajratadi: sultonlar, beklar, vazirlar, sadrlar, yasovullar, soliq yig’uvchilar, navkarlar, cheriklar (navkarlar), savdogarlar, mirshablar, qorovullar, shayxlar, masjid imomlari, shayxulislomlar, so’fiylar, voizlar, muftiylar, darveshlar, dehqonlar, kosib va hunarmandlar, g ’arib va muhtojlar, gadoylar... Shuni ta’kidlab o ’tish joizki, Navoiy olam obodligini dehqon mehnatida ko’radi va uni Odam Atoga mengzaydi: "Dunyo obodligi ulardan, olamlar shodligi ulardan. Har qayon qilsalar harakat, xalqqa ham ovqat etar, ham barokat... Kambag’allarning sharbat va sirkasi undan, davtatmandlaming emishi va a ’lo sharbati undan... Q o’shchining undan murodi hosil, somonchi undan maqsadga vosil. Gadoylar u bilan to ’q, xonadon undan ma’mur. Novvoyning tandiri u bilan issiq, unfurush bozori u bilan qiziq. Fuqaroning rizqi ro’zi, g’aribning kuch- quvvati don bilandur. Uni egan zohid huzur bilan toat qiladur... Tilanchi to ’rvasi bir burda nondan muhayyodir, xazinachida daryo va kon moli undan tayyordir". Navoiy fikricha, tijorat ahli - savdogarlar halol rizq topish uchun uzoq, mashaqqatli y o ’llami bosib o’tadi. Bir yurtdagi serob mollarni boshqa yurtga olib borib, u erdagi kamyoblikka barham beradi. Savdogarlar dehqon va hunar egalarining mehnati qadrsizlanib qolmasligini, bozor muvozanatini, yurt obodonligini ta ’minlaydi. 46 Navoiy jamiyatdagi barcha tabaqa a’zolari teng ekanligini, ularning bir- biriga jabr o ’tkazmasligi lozimligini ta’kidlaydi. Qonun oldida boyu kambag’al tengdir, deydi u. Navoiy asarlarida inson huquqlari, uning or-nomusi va qadr- qimmati himoya qilinadi. Inson eng oliy mavjudotdir, shuning uchun u yuksak izzat-hurmatga loyiq, degan fikr Navoiy asarlarining mazmunini tashkil etadi. 5. Turkiston tafakkur ahlininz ijtimoiy qarashlarida shaxs va iamivat masalalari XVII asrda ashtarxoniy hukmdorlar Abdulazizxon va Subxonqulixonlar davrida yashab ijod etgan, mavjud ijtimoiy tuzum, jamiyat hayoti, insonlarning turmush tarzi haqida o’z qarashlarini bayon etgan taniqli adiblardan biri Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling