Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
B ahovuddin Naqshband
(1318-1389) ozga qanoat qilish, xohish-irodaga ko’ra faqirona hayot kechirish talablari bilan dunyo mol-mulki va dabdabadan voz kechgan va shuni targ’ib qilgan. Naqshband axloqiy ta ’limotida hurfikrlilikka keng yo’l berilgan. Bu tariqatda mehnat qilish, ilm olish, o’z mehnati bilan topilgan boylik halol bo’lishi, noz-ne’matlarni ko’pchilik bilan baham ko’rish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko’rish g’oyalari ilgari surilgan. Naqshband ta’limoti birovlar hisobidan yashashni qat’iy rad etgan, faqat peshona teri, o ’z qo’l mehnati bilan topilgan rizq-ro’zni halol deb hisoblagan. Uning asosiy shiori "Dil ba yoru, dast ba kor" ("Dil Ollohda, qo’l ishda"). Bahovuddin Naqshbandning o’zi ham bir parcha erda dehqonchilik qilgan va kosiblik qilib kun kechirgan. Uning izdoshlari ham hunarmandchilik, savdogarlik, adiblik, olimlik, m e’morlik, hattotlik kabi kasb-korlik bilan shug’ullanib, halol yashashni targ ’ib qilganlar. Naqshbandiylik har qanday tarkidunyochilikka, m ulkdorlaming esa qashshoqlarni ezishiga qarshi chiqdi. Bu ta ’limot darveshlikning ba’zi tomonlarini isloh qilib, ularning alg’ov-dalg’ov, notinch hayot tarzini butunlay o’zgartirib, osoyishta, bexavotir yashashlari, birovlaming qo’liga qaram bo’lmaslik uchun mehnat bilan shug’ullanishni targ’ib qildi. Bahovuddin Naqshband tariqati insonni ma’naviy-ruhiy komillikka eltuvchi islomiy tariqatlardan shu bilan farqlanadiki, uning sohiblari moddiy olamga ham o ’ta faol, xolis va insoniy munosabatda bo’ladilar. Naqshbandiy tariqati axloqiy tizimi avvalgi tasavvufchilardan bir oz farq qiladi. Mazkur ta ’limotda inson tabiat ne’matlaridan lazzatlanishi, ammo bu lazzat hissi Ollohni esdan chiqarishga, u dunyoni unutishga xizmat qilmasligi, inson botiniy (ichki) Olloh bilan, zohiriy (tashqi) xalq bilan bo’lishi, uni sevishi lozim, deb tushuntiriladi. Naqshband ta ’limoticha, insonlardan xoli, xilvatda yashashda, yolg’izlikda ofat bordir. Jamoaga uyushish, birlashish - suhbat-anjuman vositasida ko’pchilik bilan aloqada, muloqotda bo’lish lozim. Birlik va hamjihat yashashlikning asosiy shartlaridan biri - o ’z qo’l kuchi, mehnati bilan halol rizq-ro’z topib kun kechirish, tirikchilik qilishdir. Bu holat qul saqlash, xoja bo’lish, o’z manfaati uchun 40 о '/ganing mehnatidan foydalanishni istisno qiladi. Qul bo’lishlik, xojalik bandalikka to’g'rikelmaydi. Hamma Ollohning quli, xizmatkori. Inson har bir qadamini o’ylab, fikrlab bosishi, bir ish qilishdan oldin har bir huUi-harakatini mulohaza: mushohada qilib ko’rishi: ish so’nggida pushaymon bo’lmasligi: baxtsizlik: g'am-alamga yuz burmasligi kerak. Inson hayot qiyinchiliklari oldida qanoat, sabr-bardoshli bo’lishi lozim, buning uchun u liioliyatda bo’lishi, badan tan-sihatligi, aql quvvatini ishga solishi, har ishni lajribada sinab ko’rishi, oz so'zlab, oz eyishi, xullas - nafsni jilovlashi, yomon ishlardan parhez qilishi, ya’ni inson o ’z nafsiga hokim bo’lmog’i lozim. Biz yuqorida ko’rib o’tgan va ko’rib o’tishga ulgurmagan barcha mutasavvuflar mehnati o’laroq yaratilgan tasavvuf ta’limotining asosini taniqli olim N.Komilovning juda o’rinli ta’kidlashicha, "quyidagi tamoyillar tashkil etadi: a) ilohsevarlik, Xudoga muhabbat; b) o’z-o’zini tarbiyalash, haq va haqiqat sari jahd qilib, nafsni mahv etish uchun kurashish; v) hayotda hammaga ibrat bo’lib, pokiza axloq namunasini ko’rsatish; g) yuksak insoniylik sifatlari - karam, saxovat yo’lida mardlik qilish". 4. О ’rta Osivolik mashhur davlat arboblarinins iitimoiv taraggivot. insoniy munosabatlarning murakkabliei haaidaei fikrlari Markaziy Osiyoda 150 yil davom etgan mug’ullar istilosi davri tushkunlik va xarobaliklar davri bo’ldi. Ming-minglab odamlar qirib tashlandi va yaratilgan madaniy boyliklar xarob qilindi. Bu davr mobaynida xalq ommasi bir necha bor bosqinchilar zulmiga barham berish uchun qo’zg’olonlar uyushtirdilar. Masalan, Xurosondagi milliy ozodlik kurashi natijasida vujudga kelgan Sarbadorlar davlati deyarli 45 yil yashadi. Amir Temurning amakisi Hoji Barlos tomonidan Shahrisabz va Qarshi shaharlarida bunyod etilgan va bir necha yil faoliyat ko’rsatgan davlat ham bo’lganligi tarixdan ma’lum. Lekin Movarounnahr xalqlarining mug’ul istibdodidan ozod etilishi va mazkur mintaqada markazlashgan davlat tuzilishi Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling