Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Abu Iso at-T erm iziy 
(824-892) Surxondaryoning hozirgi Sherobod 
shahrida tu g ’ilgan. Yoshligidan hadis mutolaasiga kirishib, ularni to’play 
boshlagan, k o ’plab hadischi olimlar bilan muloqotda bo’lgan. U hadislarni 
to ’plash va joyida o ’rganish uchun mashaqqatli safarlarga chiqib, eshitgan 
hadislarini batartib yozib borgan. U Iroq, Isfahon, Xuroson, Makkai mukarrama va 
Madinai munavvarada o ’z bilimini oshirgan. Nishopur shahrida ustoz Imom al- 
Buxoriy bilan uchrashib, u bilan muloqot qiladi. Undan fiqhi hadis ilmini 
o ’rganadi.
At-Termiziyning fiqh - islom qonunshunosligi boblariga moslab yozgan 
"Sunan" nomli kitobi bu sohadagi tegishli mavzularni qamrab olganligi sababli 
"Al-Jome’ as-Sahiyh" nomi ostida ham shuhrat topgan.
Islom olamida hadis kitoblarining birinchisi sifatida al-Buxoriyning
ikkinchisi — Muslimning "Al-Jome’ as-Sahiyh"lari, uchinchisi sifatida at- 
Termiziyning "Sunani" umum e’tirof etilgan. Imom al-Ansoriy at-Termiziyning 
kitobini al-Buxoriy va Muslimning kitoblaridan ham ustun qo’yadi. Chunki, uning
38


iiylisliichu, 
al-Buxoriy 
va 
Muslimning 
kitoblaridan 
faqat 
olimlargina 
loydiilanadilar, at-Termiziyning kitobi esa, har bir oddiy inson uchun ham 
loydalidir.
At-Termiziyning "Kitob ash-shamoili an-Nabaviya" risolasi ham juda 
mashhur bo’lib, islomshunos va tadqiqotchilarni o’ziga tortib keladi. Asarda 
keltirilgan hadislarda payg’ambar alayhissalomning nafaqat tashqi qiyofasi, shu 
bilan birga uning ichki dunyosi, axloqiy fazilatlari ochib berilgan. Jumladan, uning 
kullalaru kichiklar, ayollaru erkaklar, boylaru kambag’allar bilan o’zini bir xil 
muomalada tutishi, ro’zg’or va oila yumushlarida o’z ahli ayollariga astoydil 
ko’maklashishi, biror gunoh qilib qo’ygan kishi uzr so’rasa, uning gunohini 
kechirgani, barcha odamlar bilan o’ta latofatli munosabatda va shirinsuxan 
bo'lgani, yo’lida uchragan barcha kishilarga birinchi bo’lib salom berib, hol-ahvol 
so'rashishlari ayon bo’ladi. Bu kitobni o’qigan barcha kishi payg'ambarimizning 
xulqlarini o ’rganib, ana shunday xushxulq bo’lishga intilishi tabiiydir.
At-Termiziyning o’zi ham taqvador, xushxulq inson bo’lib, ko’p mehnat va 
ijod qilar, axloqsizlikni qoralar edilar. U kishi doimo ilm-fanni targ’ib qilar, 
kishilarni ilm olishga da’vat etardilar. Allomaning asrlar davomida fozilu 
fuzalolarga dastur bo’lib 
kelgan 
odob-axloq, 
insof-diyonat, 
adolat va 
insonparvarlik singari g’oyalarni targ’ib va tashviq etuvchi asarlari davrimizning 
murakkab va ziddiyatli axloqiy-ma’naviy masalalarini hal etishda ham ulkan 
ahamiyat kasb etadi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling