Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


M uham m ad ibn Ismoil al-Buxoriy


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

M uham m ad ibn Ismoil al-Buxoriy 
(809-870) nomi islom olamida 
alohida hurmat bilan tilga olinadi. Uning "Al-Jome’ as-Sahiyh" (Ishonchli 
to’plam) va "Al-adab Al-mufrad" (Adab durdonalari) degan shoh asarlari butun
37


musulmon olamiga tanilgan. Mazkur asarlarda uning jam iyat hayotining turli 
jabhalari, kishilarning o’zaro munosabatlaridagi murakkab masalalarga oid fikrlari 
to ’plangan. Ular islom dinining asoschisi Muhammad alayhissalomning hayotda 
uchraydigan murakkab masalalar borasida aytgan fikrlari, sa’y-amallariga 
asoslanib tuzilgan ko’plab hadislarni ham o’z ichiga olgan. Shular asosida biz 
mazkur allomaning dunyoqarashi, ijtimoiy fikrlari haqida so’z yuritishimiz 
mumkin.
"Al-Jome’ as-Sahiyh" (Ishonchli to’plam) to’rt jilddan iborat bo’lib islom 
olamida muhaddislar tuzgan hadis kitoblarining eng ishonarlisi va mukammali 
hisoblanadi. To’plamga 600 ming hadisdan 7275 ta sahiyh hadislar kiritilgan. 
Imom al-Buxoriy to ’plamining e ’tiborli jihati shundaki, unda Muhammad 
alayhissalom hadisi shariflaridan tashqari fiqh, islom marosimchiligi, odob-axloq
ta’lim-tarbiya hamda o ’sha davr tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga doir 
m a’lumotlar ham mavjud.
Imom Buxoriyning "Al-Jome’ as-Sahiyh" (Ishonchli to ’plam) kitoblari 
o ’zbek tiliga tarjima qilinib "Hadis" nomi bilan to’rt jildda nashr qilindi. Bu 
kitoblar im on-e’tiqodimiz va ma’naviy qadriyatlarimizning tiklanishiga, yoshlarni 
odob-axloqli qilib tarbiyalashga, ayniqsa, ularda halollik, poklik, rostgo’ylik, 
adolat, yaxshilik, saxiylik kabi fazilatlarni qaror toptirish va mustahkamlashga 
benihoya ko’p xizmat qiladi.
U yozgan kitoblar orasida "Al-adab Al-mufrad" (Adab durdonalari) degan 
hadislar to ’plami alohida qimmatga ega. Bu ulug’ kitob musulmonlarni yaxshi 
odob-axloq ruhida tarbiyalashga o’n ikki asrdan beri xizmat qilib kelmoqda. Bu 
asarga 1322 ta hadis va xabarlar jamlanib, ular 644 bobda bayon etilgan.
Bu kitobga kirgan hadislarda ota-onani hurmat qilish, keksalar va yoshlar 
orasidagi munosabatlar, qavm-qarindoshchilik odobi va qoidalari, ziyorat qilish
ayollarni e’zozlash, xushomadgo’ylik va maddohlik, tejamkorlik va isrofgarchilik, 
johillik va zulmkorlik, do’stlik va sadoqat, sharm-hayo va uyatchanlik kabi 
insoniy va g ’ayri insoniy fazilatlaming eng mayda zarralaridan tortib, eng katta 
axloqiy tushunchalarigacha so’z boradi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling