Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

2. О ’rta Osivolik atoali ilm-fan namovondalari ta 'limotida inson va iamivat
masalalari
VIII-IX asrlar davomida Mavorounnahrga yangi, islom dini kirib keladi. 
Keng xalq ommasining tashqi bosqinchilar va mahalliy feodallarga qarshi uzoq 
vaqt mobaynida olib borgan shiddatli kurashi (Mazdak ta’limotidan ilhomlangan 
Muqanna rahbarligidagi qo’zg’olon mazkur kurashning cho’qqisi bo’lgan edi) 
mag’lubiyatga uchradi. Ana shu ulkan hududda islom hukmron mafkuraga 
aylandi.
IX-X asrlar Markaziy Osiyoning taraqqiyotida muhim davr bo’ldi. Arab 
xalifaligi hukmronligi tugatildi va mahalliy markazlashgan davlatlar tashkil topdi.
33


Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari tomonidan dunyo ilm-fani, 
madaniyati rivojiga durdona bo'lib qo’shilgan yangiliklar vujudga keltirildi.
A bu N asr Forobiy 
(872-950) -o’z ta’limoti asoslarini qadimiy grek va arab 
faylasuflarining asarlariga tayangan holda yaratgan mutafakkir. U Aristotelning 
"Metafizika" asariga sharhlar yozgan va shu tariqa uni Evropaning keyingi 
avlodlariga saqlab qolgan. Chunki IX-X asrlarda Evropada din, sxolastikaning 
keng va mustahkam hukmronligi tufayli Aristotelning dunyoqarashi u erlarda 
noma’lum bo’lib qolgandi.
Forobiyning tabiiy-ilmiy, falsafiy va ijtimoiy qarashlari jahon fanining 
rivojida muhim rol o’ynadi. Uning qarashlari boy va rang-barang bo’lib, mohiyat 
e’tibori bilan o ’z zamonasida taraqqiyparvar va ilg’or bo’lgan.
Forobiy o ’simliklar, hayvonot olami va kishilar dunyosi bir-biridan tubdan 
farq qilishini qayd etadi. U o ’zining "Falsafaning asosiy g ’oyalari to’g ’risida" 
degan asarida insonning muhim fazilati - uning so’zlovchi mavjudot ekanligidir
deydi. Uning fikricha barcha kishilar tana tuzilishi bo’yicha bir xildir, biroq ular 
xarakter nuqtai nazaridan muzdek suv qaynoq suvdan, oq ko’ylak qora ko’ylakdan 
farq qilganidek, bir-biridan farq qiladi, deydi. Forobiy Aristotelning inson ijtimoiy 
hayvon, degan fikriga qo’shiladi.
Forobiyning inson va jamiyat haqidagi fikrlari uning "Fozil shahar aholisi" 
asarida keng bayon qilib berilgan. Uning fikricha "Aql va nafs insonning 
boshlang’ichidir... 
ammo 
bu 
boshlang’ichlar 
odamzotning 
shu 
tabiiy 
boshlang’ichlar (ya’ni moddiy borliq) ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishi 
uchun kifoya qilmaydi, chunki inson insoniy kamolotga erishuvi uchun so’zlash, 
ishlash (kasb-hunar)ga muhtojdir".
Uning fikricha inson doimo kamolotga intiladi. "Lekin bu... quruq intilish 
bilangina 
cheklanib 
qolmasdan, 
balki 
tabiiy 
mavjudotdagi 
juda 
ko’p 
predmetlardan foydalanish yo’li bilan yoki shu tabiatda bo’lgan juda ko’p ishlarni 
amalga oshirish bilan qo’lga kiritiladi... Bir kishining o ’zi yolg’iz, birovning yoki 
ko’pchilikning yordamisiz kamolotga erishuvi mumkin emas,- deydi Forobiy, - har 
bir insonning tug’ma tabiatida va unga lozim bo'lgan har qanday ish-harakat 
jarayonida boshqa bir inson yoki ko’pchilik bilan munosabatda bo’lish, o’zaro 
aloqa qilish xususiyati bor, odamzot jinsidan bo’lgan har qanday insonning ahvoli 
shu, u har qanday kamolotga erishuvida boshqalarning ko’maklashuvlariga va ular 
bilan birlashishga muhtoj yoki majburdir". Shunday qilib, inson o ’z ijtimoiy 
vazifalarini ado etish uchun boshqa kishilar bilan muloqotga muhtojdir.
Forobiyning fozil jamoa qurish haqidagi ta’limotiga adolat g’oyasi asos 
qilib olingan. Unda adolat jamiyatdagi barcha kishilar uchun baxt-saodat 
eshiklarini ochib beruvchi, barcha uchun kerakli va foydali bo’lgan buyuk ne’mat 
ekanlagi ta ’kidlanadi. Uning yuzaga chiqishi uchun muayyan ijtimoiy shart- 
sharoitlar, eng avvalo, yuksak axloqiy va m a’naviy asoslar ustiga qurilgan fozil 
jam oa bunyod etilm og’i lozim. Fozil jamoada odamlar faqat sa’y-harakatlari, 
fazilatli ishlari, hamjihatlik va o ’zaro hamkorlik bilan baxtga erishadilar. Jamiyat 
hayotida hamkorlik, hamjihatlik, osoyishtalik va farovonlikning vujudga kelishi 
adolatdandir. Demak, adolat fozil hukmdor rahbarligidagi mukammal davlatchilik 
faoliyati natijasida yuzaga chiqadigan ezgu ishlar natijasidir.
34


lorobiyning fikricha, hamma uchun baxt-saodat eshiklarini ochish 
imkoniyatini vujudga keltirish fozil jamoaning o ’z oldiga qo’ygan yuksak 
maqsadidir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun donolik va aql-farosat bilan isli 
olib borish lozim. Fozil jamoaning boshqa nomukammal jamiyatlardan farqi 
shundaki, uning fuqarolari insonning hayotiga bog’liq bo’lgan fazilatli narsalarga 
erishish maqsadida bir-biriga ko’maklashadilar, jamiyat hayotida o’zaro ishonch, 
mehr-muhabbatni qaror topishiga olib keluvchi hatti-harakatlarni amalga 
oshiradilar. Chunki ularning maqsadi bitta - baxtga erishmoq. Shu bois fozil 
jamoaning mavjudligi - ijtimoiy adolatning qaror topganligining ifadasidir.
Forobiy adolatning barcha sohalarga tarqalishi zarurligini ta’kidlaydi. Uning 
likricha "adolat - bu aw alam bor barcha jamoa a’zolari qaramog’idagi ijtimoiy 
ne'matlaming (to’g ’ri) taqsimotidir, undan tashqari, kishilararo taqsimlangan 
ne’matlarni saqlab qolish hamdir. Bunday ne’matlar qatoriga farovonlik, boylik, 
izzat-ikrom, har bir odamning jamiyatda tutgan o’mi va fuqarolarning turmushiga 
aloqador boshqa ne’matlar kiradi. Chunki jamoa a’zolarining har biri o’zining 
mehnatiga muvofiq holda bu ne’matlardan tegishli hissasini olishi kerak. Shu bois 
agar biror kishiga bu ne’matlar kamroq taqsim etilsa, unga nisbatan adolatsizlik 
bo’ladi. Mabodo bu ne’matlaming taqsim qilinishida bir odamning ulushi ko’payib 
ketsa, u chog’da boshqa jamoa a’zolarining haqiga nisbatan adolatsizlik sodir 
bo’ladi".
Ma’lumki, Forobiy o’sha paytdagi hukmron tasawurlarga muvofiq 
dunyoning, shu jumladan, insonning xudo tomonidan yaratilganini inkor qilmagan. 
Ammo inson hech narsaga qodir bo’lmagan, kuchsiz narsa emasdir, u tabiatdagi 
eng yuqori jonzotdir hamda aql-idroki tufayli dunyoni anglab oladi va o’ziga zarur 
narsalarni yaratadi, deydi u. Uningcha barcha kishilar bir-biri bilan tug’ilish 
jihatidan tengdirlar, ularning taqdiri ko’p jihatdan o ’zlariga bog’liq. Biroq atrof- 
muhit, tarbiya va shaxsning axloqiy kamol topishiga bog’liq holda inson yoki 
yaxshi, yoki yomon yo’lga kirib ketishi mumkin. Bu ko’p jihatdan tarbiyachilarga 
va tarbiyaga mas’ul bo’lgan davlat boshqaruvchilariga bog’liq. Forobiy ma’rifatli 
podshoh va davlatda oqil qonun-qoidalaming mavjudligi bilan tabiatan bir xil 
yaratilgan kishilar har tomonlama kamol topishi mumkinligiga ishongan. Uning bu 
fikrlari umuman olganda xayoliy tuyulsa-da, ammo ana shu fikrlar bir necha yuz 
yillar keyin Evropa mamlakatlaridagi ma’rifatparvarlar tomonidan ko’tarib 
chiqilganligi bilan ham diqqatga sazovordir.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling