Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q adim gi Rim .
- M ark T u lliy Sitseron
Aqlga m onand bo’lm agan
(ya’ni yomon, "noto’g’ri") davlat shakllarida esa humdorlar o ’z shaxsiy manfaatlarini o’ylaydilar. U ideal davlat deb qanchalik ko’p miqdordagi quldorlarga yaxshi hayot kechirishning maksimal imkoniyatini yaratib bera oladigan davlatni tushunadi. Erkin fuqarolar (kambag’allar) va qullar siyosiy huquqlardan mahrum bo’lishi kerak. Ideal davlat mehnat qurollari, er va qullarga xususiy mulkchilikka asoslanadigan davlatdir. 27 Shuni eslatib o’tish kerakki Aristotel barcha sohalarda, shu jumladan davlatda ham «oltin o ’rta» qoidasiga rioya qilinishi lozimligini ta ’kidlagan. Q adim gi Rim . Miloddan oldingi III asrdan boshlab O ’rta er dengizi atrofidagi hududda Rimning mavqei o’sa boshlaydi. U oddiy shahar respublikasidan qudratli imperiyaga aylanadi. Mil.o. II asrga kelib u qadimgi dunyoning asosiy hududlarini tasarruf eta boshlaydi. Qadimgi Gretsiya ham uning iqtisodiy va siyosiy ta'siri ostiga tushadi. Ana shu davrdan boshlab Rimda grek falsafiy fikri ta’sirida o’ziga xos maktablar, yo’nalishlar tarkib topadi. M ark T u lliy Sitseron (mil.o. 106-45). Mashhur siyosatshunos va notiq. O ’zining ijtimoiy qarashlarida Sitseron Rim jamiyati yuqori qatlamlarining vakili sifatida eng yaxshi jam iyat uch asosiy davlat shakllarining, ya’ni monarxiya, aristokratiya va demokratiyaning o ’zaro sintezidan hosil bo’ladi, deb hisoblagan. Davlatning maqsadi, uning fikricha, fuqarolar uchun xavfsizlikni va mulkdan erkin foydalanishni ta’minlashdan iborat. Axloqiy masalalarda Sitseron stoiklar kabi insondagi fazilatlarni tahlil qilishga qaratadi. Inson aqlga ega mavjudot sifatida xudoga monand xislatlarga ega. U hayotning barcha qiyinchiliklarini iroda kuchi bilan engishni eng ulug’ fazilat hisoblaydi. Bunda insonga turli falsafiy yo’nalishlar yordam beradi. Ular ana shunday fazilatlarga erishishda odamga turli usullarda ko’mak beradi. SHu ma’noda Sitseron barcha falsafiy maktab va yo’nalishlarning hissalarini bir butunlik sifatida yig’ishga maslahat beradi. "O’z xalqiga oliy hokimiyatdan foydalanish imkoniyatini bera olgan jamiyatgina erkinlikning haqiqiy qo’rg’onidir", degan ajoyib fikr Sitseronga tegishlidir. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling