Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

A hm ad 
Y assaviy 
(1103-1166) 
Turkistonda 
so’fiylik 
ta’limoti 
asoschilaridan biri, turkiy tasavvuf she’riyatining buyuk vakili. U Abduxoliq 
G’ijduvoniy 
bilan 
birga 
mashhur 
mutasavvuf Yusuf 
Hamadoniyning 
shogirdlaridan va uning davomchilaridan biri hisoblanadi. U 63 yoshga to’lgach, 
er ostida qurgan chillaxonaga tushib yana 60 yil yashagani haqida ko’plab fikrlar 
bor. Uning eng mashhur asari "Hikmat" kitobidir.
Ahmad Yassaviy axloq-odobga da’vat, g ’ariblar ko’ngliga farog’at 
bag’ishlash, ayni paytda nodonlardan qochish, bu dunyoni ayshu ishrat 
deguvchilami insofga chaqirishda haligacha ulug’ da’vatchilardan biri bo’lib 
qolmoqda.
Yassaviychilik manzilma-manzil kezib yuruvchi so’fiylar tariqatidir. Uning 
mohiyatini zohidona xilvat tashkil etadi. Yassaviy o’z axloqiy qarashlarini -
so’fiylik ta ’limotini islom dini qonunlariga muvofiq bayon qiladi. Uning fikricha, 
bu dunyo — tabiatning mohiyatini olloh tashkil etadi, shu ma’noda bu dunyo komil 
emas, u dunyo esa komillik olamidir. Shu bois bu dunyoning havaslaridan ko’ngil 
uzib, u dunyo abadiyligiga mehr qo’yjb yashamoq kerak. Insonning maqsadi Olloh 
vasliga etishish, o ’zlikdan voz kechish va jannatdan o’rin olishga intilishdir. 
Buning uchun musulmon kishi islom qonunlarini bajarishi, shariat, tariqat, 
ma’rifat, haqiqat bosqichlaridan o ’tishi, o ’zlikdan voz kechishi, ya’ni jonni 
qafasdan - tanadan ozod qilishi, o ’zni xilvatga solishi, fikr va zikmi Ollohga 
berishi shart.
Uning axloqiy qarashlarida poklik, adolat, insof, qanoat, Olloh ishqi bilan 
yashash kabi insoniy fazilatlar kuylanadi. Ayni paytda kufr va iblis vasvasasi -
39


nodonlik, gumrohlik, jaholat, ta’magirlikni qattiq qoralaydi. Xususan, ijtimoiy 
hayotdagi tengsizlik va adolatsizlikka qarshi chiqadi.
Ahmad Yassaviy tariqatida axloqiy masalalar shu qadar teran tahlil 
qilinganki, ular zamonlar osha yashab kelmoqda. lymon-e’tiqod bu tariqatning 
m ag’zi-m ag’ziga singib ketgan. Ma’naviy qadriyatlar qadrlanmasa, adolat 
ustunlari qulasa, olimlar haq so’zni aytmasalar, "turlik-turlik egonlar, kimxob 
chopon kiygonlar"dan xayr-saxovat, qiz-juvonlardan sharm-hayo ko’tarilsa, 
odamlardan mehr-oqibat qochsa, g’ofillik g ’olib bo’lib, nodonlar ko’payadi.
U zolim podshohlar, vazirlar, riyokor darveshlar tufayli oyoq osti qilingan, 
ezilgan, turli balolar ostida qolgan jafokash xalq haqida qayg’uradi. Yassaviy 
ta ’limotida "nodonlik" tushunchasi alohida ahamiyatga ega. Insonning Haqni 
tanimasligi uning nodonligidir. Nodonlik kulfat keltiradi. Nodonlik - o ’z-o’ziga 
yovuzlik qilishdir. Nodon kimsa eng katta gunohkor hisoblanadi. Yassavviyda 
"nodon" shu qadar pastnazar, malomatli, toshbag’ir bir kimsaki, hatto u bilan 
do’zaxga ham kirib bo’lmaydi, undan do’zax ham hazar qiladi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling