Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q adim gi H indiston.
M esop otam iya.
Miloddan avvalgi IV ming yillikda Tigr va Evfrat daryolari atrofidagi vodiylar (Meopotamiya deb atalgan) dastlabki quldorlik davlatlari 18 vujudga kelgan hududlar hisoblanadi (hozirgi Iroq, Eron, Suriya, Quvayt hududlari). U erda avval Akkad shahar-davlati, so’ngra Ur shahar-davlatiga asos solingan. Ana shu davlatlar negizida miloddan oldingi II ming yillikning dastlabki yuz yilligida Bobil (Vavilon) shahar-davlati qad ko’taradi. Bobil davlati o’z taraqqiyotining cho’qqisiga miloddan oldingi XVIII asrda, Xammurapi podshohligi davrida erishadi. Bu podshohning hukmronligi davrida mashhur Xammurapi qonunlari ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur qonunlar xudolarning irodasi sifatida taqdim qilingan. Xuddi shu davrda gullab-yashnagan Shumer quldorlik davlatida ham mavjud ijtimoiy munosabatlar xudolarning irodasi sifatida tushuntirilgan va ularni o ’zgartirish insonlarning qo'lidan kelmasligi uqtirilgan. Uning yorqin ifodasi "Xo’jayinning qul bilan suhbati" nomli falsafiy asarda o’z ifodasini topgan. Unda ham mavjud tartiblarga qarshi chiqish xudolar irodasiga qarshi chiqish hisoblangan, podshoh irodasini, mavjud davlat tuzumini o’zgartirish mumkin emas, deb xulosa chiqarilgan. 2. Oadimei Hindiston va Xitovdasi ijtimoiy fikrlar. Q adim gi H indiston. Qadimgi Hindiston insoniyat madaniy taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan mamlakatlardan biri sanaladi. Agarda hozirgi paytgacha noaniqligicha qolayotgan, yaratilish davri miloddan oldingi 2500 - 1700 yillarga taalluqli hindu (xarrap deb ataluvchi) madaniyatiga nazar solsak uning naqadar qadimiy ildizlarga egaligiga imon keltirasan kishi. Bizga ma’lum bo’lgan manbalarga esa miloddan oldingi 1500 - 600 yillarda yaratilgan Vedalar, keyinroq yozilgan Upanishadlar, hind eposlari "Mahobhorat", "Ramayana" kiradi. Vedalarning yaratilishi Qadimgi Hindistonga shimoldan oriylarning kirib kelishi, ularning ko’chmanchi chorvachilikdan o’troq dehqonchilikka o’tishi, dastlabki davlatlarning vujudga kelishidek murakkab ijtimoiy voqelik bilan birgalikda kechgan. Shuni eslatib o ’tish joizki, oriylar miloddan oldingi ikkinchi ming yilliklarda Bolqondan Eniseygacha va shimoliy Xitoygacha bo’lgan hududda yashaganlar. Miloddan oldingi ikkinchi ming yillikning so’nggi choragida ular iqlimning o’zgarishi sababli o ’z joylaridan to ’rt tarafga qarab ko’cha boshlaganlar. Ulaming ba’zi qabilalari Evropaga kelishgan va ulardan yunonlar, lotinlar, keltlar, tevtonlar kelib chiqqan, degan ilmiy fikrlar mavjud. Oriylar va ularning Evropadagi qarindoshlari (germanlar, slavyanlar, greklarning ajdodlari) majusiy (butparast, ya’ni ko’p xudolarga sig’inuvchilar) bo’lishgan hamda o’simliklar, hayvonlar, tabiat hodisalarini muqaddaslashtirishgan. Oriylar terisi qora xalqlar orasida tarqala boshlagach, o ’zlarining qonini toza saqlashga alohida e’tibor berishgan, shu maqsadda ularda kishilarning tabaqaviy bo’linishi vujudga kelgan. Hindistonda ular to’rt tabaqani vujudga keltirganlar: ruhoniylar-braxmanlar, harbiylar- kshatriylar, dehqonlar-vayshilar, xizmatkorlar-shudralar. Bu esa jam iyat hayotining ierarxiyasini (ya’ni kishilar ijtimoiy qatlamlarining munosabatini) aks ettirgan qarashlarni ham vujudga keltirgan. Shuning uchun Vedalarda kishilarning 4 varnaga (tabaqaga) bo’linishini davrning aksi sifatida tushunmoq kerak. Bu quyidagicha izohlangan: Olam kosmosdek 19 gigant masshtabga ega va ayni paytda o'zida "barcha narsani - shu jumladan o ’tmish va kelajakni ham ifoda etuvchi" ibtido - Purushaning turli qismlaridan bunyod b o ’lgan. Undan Er, osmon, Quyosh, Oy, o’simliklar, xayvonlar, insonlar, ijtimoiy guruhlar (varnalar), ibodatga oid predmetlar va gimnlar vujudga kelgan. "Uning ovozi braxmanlarga (y a ’ni ruhoniylarga), qo'llari kshatriylarga (y a ’ni harbiylarga), sonlari vayshilarga (ya ’ni dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlarga) va oyoqlari shudralarga (y a ’ni qoraxalqqa) aylandilar". Ularning diniy e’tiqodlarida ma’budlarga qurbonlik keltirish alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Ana shunday paytda kuylanadigan marosim qo’shiqlari, tantanali gimnlar, qurbonlik urflari keyinchalik hind oriylarida alohida Vedalar sifatida namoyon bo’ladi. Ana shunday Vedalar to’rttadir - Rigveda, Samaveda, Yadjurveda, Atxarvaveda. Miloddan oldingi VI asrda Shimoliy Hindistonda Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling