Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q adim gi X itoy.
buddizm
vujudga keldi. Uning asoschisi (taxminan e.o. 583-483 yillarda yashagan) Siddxartxa Gautama hisoblanadi. U 29 yoshida uyini tashlab ketadi va bir necha yillik sargardonlik hayotidan so’ng hayotning mohiyatini tushunish darajasiga erishadi. U keyinchalik Budda (O ’y g ’ongan) nomini oladi. Uning ta’limoti markazida to ’rt haqiqat g ’oyasi yotadi. Unga muvofiq insonning mavjudligi azob-uqubat chekish bilan chambarchas bog’langan. Tug’ilish, kasalliklar, qarilik, o’lim, yaxshilik va yomonlikka duchor bo’lish, istaklarga erishishning qiyinchiligi - bularning barchasi azob-uqubat chekishga olib keladi (1). Azob-uqubatlarning sababi xursandchilik va orzuga erishishga chanqoqlikdir (2). Azob-uqubat sabablarini yo’qotishga ularga erishishga chanqoqlikni yo’qotish orqali sodir bo’ladi (3). Azob-uqubatlarni yo’qotishga sakkiz pillapoyani bosib o’tish bilan erishiladi - to ’g ’rifikrlash, to ’g’riechim, to ’g’rinutq, to’g ’rihayot, to ’g ’riintilish, to’g ’rie’tibor. Bunda hissiy huzur-halovatga asoslangan hayot kechirish ham, shuningdek, zohidlarcha befarqlik va o ’z-o’zini qiynashga asoslangan hayot ham rad etiladi (4). Ularning har biri yanada murakkab tuzilgan qismlardan iborat. Masalan, to ’g ’rihayot budda axloqining quyidagi besh nasihati (tamoyili, qoidasijdan iborat: tirik jonivorlarga yomonlik qilmaslik. begona (mulkni) olmaslik, taqiqlangan jinsiy aloqalardan tiyilish, yolg’on va dabdabali nutq so’zlamaslik va mast qiluvchi ichimliklami iste’mol qilmaslik. Q adim gi X itoy. Qadimgi Misr va Hindistondan farqli ravishda qadimgi Xitoydagi ilk falsafiy fikrlarda diniy xarakter kuchli emas. Bu erda ijtimoiy axloq va m a’muriy amaliyot hamma vaqt mistik abstraksiyalar va shaxsning oxiratda yaxshi yashashga umididan ko’ra katta ahamiyatga ega bo’lgan. Agar hind va misrlik kishi o ’z hayotining mazmunini kelgusi hayotida yaxshi yashash umidida ruhlarga bog’lasa (shu ma'noda asketik hayot tarzi, yoga mashqlari, monaxlikka berilgan bo’lsa), xitoylik kishi birinchi navbatda doimo moddiy hayotga, o’z hayotiga e ’tibor bilan qaragan. Bu erda umum tan olingan qoidalarga rioya qilib yashash, narigi dunyoda emas, balki mana shu dunyoda yaxshi hayot kechirish uchun yashash oliy maqsadlar sifatida qabul qilingan. Xitoyda ham oliy ilohiy ibtido - Osmon tan olinadi. Ammo u Yaxve, lisus, Braxman yoki Budda emasdir. U oliy umumiylik bo’lib, abstrakt (mavhum), qat’iy va sovuq, insonga befarq ibtidodir. Uni sevib bo’lmaydi, u bilan birlashib 20 ketilmaydi, unga taqlid qilib bo’lmaydi va unga mahliyo ham bo'lolmaysiz. Xitoy diniy-falsafiy dunyoqarashida milodning boshlarida Hindistondan kirib kelgan Budda va Dao (qonun yoki Haqiqat va Oliyjanoblikka eltuvchi Ulug’ Yo’l ma’nolarini bildiradi) ham mavjud. Ammo ular Xitoyda Osmondek katta ahamiyatga ega emas. Qadimgi Xitoyning yana bir o’ziga xosligi shundaki, bu erda ruhoniylik hech qachon katta ahamiyatga ega bo’lmagan. Bu erda Hindiston yoki Misrdagi kabi barcha hurmat bilan qaraydigan ruhoniylar tabaqasi bo’lmagan. Konfutsiychilikni tarqatuvchi kishiliar esa asosan ruhoniylik rolini emas, aksariyat hollarda ma’muriy va amaldorlik vazifalarini bajarishgan, diniy amallar ular uchun hech qachon birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lmagan. Miloddan oldingi II ming yillikning o’rtalarida Xuanxe daryosi bo’ylarida shahar tipidagi In sivilizatsiyasi vujudga kelgan. Xuddi shu paytda Hindistonda oriylar sivilizatsiyasi vujudga kela boshlagan edi. Xuddi oriylardagi kabi inlar ham ko’plab xudolar va ruhlarga sig’inishar va ularga qurbonliklar keltirishardi. Asta sekinlik bilan ko’plab xudo va ruhlar orasidan inlar qavmining ibtidosi va sarkardasi Shandi oliy xudo ahamiyatiga ega bo’lgan. In sulolasining hukmdorlari Shandining avlodlari va davomchilari sifatida tan olingan. Ajdodlarga sig’inish va ularga ham qurbonliklar qilish odati bo’lgan. O’sha paytdan saqlanib qolgan yozuvlar guvohlik berishicha, hatto odamlar ham qurbonlik qilingan: "Aidodimiz Genga svan qabilasidan uch yuz kishini qurbonlik qilyapmiz". Shan-In davri ko’pga cho’zilmadi. Miloddan oldingi 1027 yili boshqa qabilalar chjou qabilasi boshchiligida ularni tor-mor qiladi. Asta-sekinlik bilan Chjou qabilasi e’tiqod qiladigan Osmon barcha boshqa xudo va ruhlarni siqib chiqaradi. Chjou podshohlari Osmon o’g’illari sifatida tan olinadi va bu an’ana, y a’ni davlat boshlig’ini Osmon o ’g ’li deb tan olish Xitoyda hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Ulug’ Osmon oliy xudodan ko’ra ko’proq aqlning, maqsadga muvofiqlikning, adolatning va oliyjanoblikning sintezi sifatida odamlar ruhiyatidan o ’rin olgan. Osmonga qarindoshligini yanada kuchaytirish uchun Chjou hukmdorlari o’z mamlakatini "Osmon ostidagi mamlakat" deb atay boshladilar. Ana shu paytdagi fikrlarga muvofiq inson ikkita - moddiy (po) va ruhiy (xun) jonga ega. Birinchisi inson vafot qilganda tana bilan erga kiradi. Uning narigi dunyoda qiynalmay yashashi uchun marhum bilan birga uning narsalarini, xotinlarini, xizmatkorlarini ham ko’mib yuborishar edilar. Ikkinchi jon esa osmonga yo’l oladi va u erda egasining hayotda tutgan mavqeiga muvofiq o’z joyiga ega bo’ladi. Qadimgi Xitoy jamiyatining past tabaqalarini asosan dehqonlar tashkil qilgan. Ular asosan Erga e’tiqod qilishgan va ular orasida sehrgarlik, shamanlik ko’proq tarqalgan. Ruhlarga e’tiqod qilish ularda hosil bilan bog’liq bo’lib, ko’pincha suv taqchilligida yomg’ir chaqirish an’analarini shaman ayollar bajarishardi. Agar ularning hatti-harakatlari foyda bermasa, ularni qurbonlik qilishgan. Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda ruhoniylik vazifalari hukmdorlar va ularning mansabdorlari tomonidan bajarilgan. Xalq orasida esa shamanlar, folbinlar ularning ehtiyojlarini bajarib turishgan. 21 Miloddan oldingi VIII - V asrlarda Chjou davlati chuqur krizisni boshidan kechiradi. Patriarxal-urug’chilik qoidalari tanazzulga yo’l tutadi, o ’zaro kurashlarda aristokratiya halokatga uchrab, bir mamlakat bir qancha markazlashgan davlatlarga bo’linib ketadi. Hukmdorlar va ularning qarindoshlari, mansabdorlar davlat uchun kurashda hech narsadan qaytmasdilar, hattoki o ’z qarindoshlarini ham qirib yuborish hodisalari hech kimni ajablantirmasdi. Ana shularning barchasi jamiyatda yangi davrga, uning yangi qoida va an’analariga tanqid ruhini, o ’tmishga qaytish intilishlarini vujudga keltirdi. Biroq bu intilishlar barcha tan oladigan avtoritetlarga suyanmog’i lozim edi. O ’tmishning ana shunday yarim afsonaviy avtoritetlarini Konfutsiy o’z ta’limoti orqali ko’rsatib berdi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling