Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
Abu Iso at-T erm iziy
(824-892) Surxondaryoning hozirgi Sherobod shahrida tu g ’ilgan. Yoshligidan hadis mutolaasiga kirishib, ularni to’play boshlagan, k o ’plab hadischi olimlar bilan muloqotda bo’lgan. U hadislarni to ’plash va joyida o ’rganish uchun mashaqqatli safarlarga chiqib, eshitgan hadislarini batartib yozib borgan. U Iroq, Isfahon, Xuroson, Makkai mukarrama va Madinai munavvarada o ’z bilimini oshirgan. Nishopur shahrida ustoz Imom al- Buxoriy bilan uchrashib, u bilan muloqot qiladi. Undan fiqhi hadis ilmini o ’rganadi. At-Termiziyning fiqh - islom qonunshunosligi boblariga moslab yozgan "Sunan" nomli kitobi bu sohadagi tegishli mavzularni qamrab olganligi sababli "Al-Jome’ as-Sahiyh" nomi ostida ham shuhrat topgan. Islom olamida hadis kitoblarining birinchisi sifatida al-Buxoriyning, ikkinchisi — Muslimning "Al-Jome’ as-Sahiyh"lari, uchinchisi sifatida at- Termiziyning "Sunani" umum e’tirof etilgan. Imom al-Ansoriy at-Termiziyning kitobini al-Buxoriy va Muslimning kitoblaridan ham ustun qo’yadi. Chunki, uning 38 iiylisliichu, al-Buxoriy va Muslimning kitoblaridan faqat olimlargina loydiilanadilar, at-Termiziyning kitobi esa, har bir oddiy inson uchun ham loydalidir. At-Termiziyning "Kitob ash-shamoili an-Nabaviya" risolasi ham juda mashhur bo’lib, islomshunos va tadqiqotchilarni o’ziga tortib keladi. Asarda keltirilgan hadislarda payg’ambar alayhissalomning nafaqat tashqi qiyofasi, shu bilan birga uning ichki dunyosi, axloqiy fazilatlari ochib berilgan. Jumladan, uning kullalaru kichiklar, ayollaru erkaklar, boylaru kambag’allar bilan o’zini bir xil muomalada tutishi, ro’zg’or va oila yumushlarida o’z ahli ayollariga astoydil ko’maklashishi, biror gunoh qilib qo’ygan kishi uzr so’rasa, uning gunohini kechirgani, barcha odamlar bilan o’ta latofatli munosabatda va shirinsuxan bo'lgani, yo’lida uchragan barcha kishilarga birinchi bo’lib salom berib, hol-ahvol so'rashishlari ayon bo’ladi. Bu kitobni o’qigan barcha kishi payg'ambarimizning xulqlarini o ’rganib, ana shunday xushxulq bo’lishga intilishi tabiiydir. At-Termiziyning o’zi ham taqvador, xushxulq inson bo’lib, ko’p mehnat va ijod qilar, axloqsizlikni qoralar edilar. U kishi doimo ilm-fanni targ’ib qilar, kishilarni ilm olishga da’vat etardilar. Allomaning asrlar davomida fozilu fuzalolarga dastur bo’lib kelgan odob-axloq, insof-diyonat, adolat va insonparvarlik singari g’oyalarni targ’ib va tashviq etuvchi asarlari davrimizning murakkab va ziddiyatli axloqiy-ma’naviy masalalarini hal etishda ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling