Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

B ahovuddin Naqshband 
(1318-1389) ozga qanoat qilish, xohish-irodaga 
ko’ra faqirona hayot kechirish talablari bilan dunyo mol-mulki va dabdabadan voz 
kechgan va shuni targ’ib qilgan. Naqshband axloqiy ta ’limotida hurfikrlilikka 
keng yo’l berilgan. Bu tariqatda mehnat qilish, ilm olish, o’z mehnati bilan 
topilgan boylik halol bo’lishi, noz-ne’matlarni ko’pchilik bilan baham ko’rish, 
faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko’rish g’oyalari ilgari 
surilgan.
Naqshband ta’limoti birovlar hisobidan yashashni qat’iy rad etgan, faqat 
peshona teri, o ’z qo’l mehnati bilan topilgan rizq-ro’zni halol deb hisoblagan. 
Uning asosiy shiori "Dil ba yoru, dast ba kor" ("Dil Ollohda, qo’l ishda"). 
Bahovuddin Naqshbandning o’zi ham bir parcha erda dehqonchilik qilgan va 
kosiblik qilib kun kechirgan. Uning izdoshlari ham hunarmandchilik, savdogarlik, 
adiblik, olimlik, m e’morlik, hattotlik kabi kasb-korlik bilan shug’ullanib, halol 
yashashni targ ’ib qilganlar. Naqshbandiylik har qanday tarkidunyochilikka
m ulkdorlaming 
esa 
qashshoqlarni 
ezishiga qarshi 
chiqdi. 
Bu 
ta ’limot 
darveshlikning ba’zi tomonlarini isloh qilib, ularning alg’ov-dalg’ov, notinch 
hayot tarzini butunlay o’zgartirib, osoyishta, bexavotir yashashlari, birovlaming 
qo’liga qaram bo’lmaslik uchun mehnat bilan shug’ullanishni targ’ib qildi.
Bahovuddin Naqshband tariqati insonni ma’naviy-ruhiy komillikka eltuvchi 
islomiy tariqatlardan shu bilan farqlanadiki, uning sohiblari moddiy olamga ham 
o ’ta faol, xolis va insoniy munosabatda bo’ladilar. Naqshbandiy tariqati axloqiy 
tizimi avvalgi tasavvufchilardan bir oz farq qiladi. Mazkur ta ’limotda inson tabiat 
ne’matlaridan lazzatlanishi, ammo bu lazzat hissi Ollohni esdan chiqarishga, u 
dunyoni unutishga xizmat qilmasligi, inson botiniy (ichki) Olloh bilan, zohiriy 
(tashqi) xalq bilan bo’lishi, uni sevishi lozim, deb tushuntiriladi.
Naqshband ta ’limoticha, insonlardan xoli, xilvatda yashashda, yolg’izlikda 
ofat bordir. Jamoaga uyushish, birlashish - suhbat-anjuman vositasida ko’pchilik 
bilan aloqada, muloqotda bo’lish lozim. Birlik va hamjihat yashashlikning asosiy 
shartlaridan biri - o ’z qo’l kuchi, mehnati bilan halol rizq-ro’z topib kun kechirish, 
tirikchilik qilishdir. Bu holat qul saqlash, xoja bo’lish, o’z manfaati uchun
40


о '/ganing mehnatidan foydalanishni istisno qiladi. Qul bo’lishlik, xojalik 
bandalikka to’g'rikelmaydi. Hamma Ollohning quli, xizmatkori.
Inson har bir qadamini o’ylab, fikrlab bosishi, bir ish qilishdan oldin har bir 
huUi-harakatini mulohaza: mushohada qilib ko’rishi: ish so’nggida pushaymon 
bo’lmasligi: baxtsizlik: g'am-alamga yuz burmasligi kerak. Inson hayot 
qiyinchiliklari oldida qanoat, sabr-bardoshli bo’lishi lozim, buning uchun u 
liioliyatda bo’lishi, badan tan-sihatligi, aql quvvatini ishga solishi, har ishni 
lajribada sinab ko’rishi, oz so'zlab, oz eyishi, xullas - nafsni jilovlashi, yomon 
ishlardan parhez qilishi, ya’ni inson o ’z nafsiga hokim bo’lmog’i lozim.
Biz yuqorida ko’rib o’tgan va ko’rib o’tishga ulgurmagan barcha 
mutasavvuflar mehnati o’laroq yaratilgan tasavvuf ta’limotining asosini taniqli 
olim N.Komilovning juda o’rinli ta’kidlashicha, "quyidagi tamoyillar tashkil etadi: 
a) ilohsevarlik, Xudoga muhabbat; b) o’z-o’zini tarbiyalash, haq va haqiqat sari 
jahd qilib, nafsni mahv etish uchun kurashish; v) hayotda hammaga ibrat bo’lib, 
pokiza axloq namunasini ko’rsatish; g) yuksak insoniylik sifatlari - karam, saxovat 
yo’lida mardlik qilish".
4. О ’rta Osivolik mashhur davlat arboblarinins iitimoiv taraggivot. insoniy 
munosabatlarning murakkabliei haaidaei fikrlari
Markaziy Osiyoda 150 yil davom etgan mug’ullar istilosi davri tushkunlik 
va xarobaliklar davri bo’ldi. Ming-minglab odamlar qirib tashlandi va yaratilgan 
madaniy boyliklar xarob qilindi. Bu davr mobaynida xalq ommasi bir necha bor 
bosqinchilar zulmiga barham berish uchun qo’zg’olonlar uyushtirdilar. Masalan, 
Xurosondagi milliy ozodlik kurashi natijasida vujudga kelgan Sarbadorlar davlati 
deyarli 45 yil yashadi. Amir Temurning amakisi Hoji Barlos tomonidan 
Shahrisabz va Qarshi shaharlarida bunyod etilgan va bir necha yil faoliyat 
ko’rsatgan davlat ham bo’lganligi tarixdan ma’lum.
Lekin Movarounnahr xalqlarining mug’ul istibdodidan ozod etilishi va 
mazkur mintaqada markazlashgan davlat tuzilishi 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling