Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
Abu Ali ibn Sino
(980 - 1037) o ’z ta ’limotida asosan tibbiyot va tabiiy fanlarga ko’proq o’rin beradi. Ijtimoiy hayot haqida uning maxsus asari saqlanib qolmagan, ammo biz bu haqdagi uning qarashlari to ’g’risida boshqa asarlariga suyanib fikr yuritishimiz mumkin. Uning fikricha, kishilar normal hayot kechirishlari uchun ularni birlashtirib va boshqarib turadigan, qonun yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan boshqaruvchiga ehtiyoj sezadilar. Bu boshqaruvchi (yoki payg’ambar) kishilarga qanday yashash va faoliyat ko’rsatishlari kerakligi haqida ko’rsatmalar ishlab chiqishi, ularni hayotga tatbiq etishi, vafotidan keyin esa ularga qoldirishi lozim. Payg’ambar o ’z o ’rniga kimnidir xalifa sifatida qoldirishi kerak. Bordiyu u bunday qilmagan bo’lsa, xalifani saylash lozim. Yangi dohiy, rahbar davlat boshlig’i sifatida rahbarlik sifatiga ega bo’lishi, mustaqil bo’lishi, aqlli, axloqiy pok, bilimlarda ham kuchli bo’lishi kerak. 36 Ihn Sino kishilarning tabiatan teng emasligini tan olgan va ular o ’rtasidagi ijtimoiy tengsizlikka ham shunga b in o a n tabiiy hodisa sifatida qaragan. Kishilar o’/ holatlarini anglashi va shunga q a n o at qilishlari kerak. Ibn Sino jamiyat hayoti m ehnatning boshqaruvchilar, tartib posbonlari va ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi taqsim otiga asoslanishini, shunga asosan jamiyat ii-rarxiyali tuzilishga ega ekanligini aytadi. Jamiyatda eng past darajada qullar luiadi (uning fikricha gegrafik m uhit ta ’sirida turklar va efioplargina qul bo’lishi mumkin, ya’ni ular "o’z tabiatiga k o ’ra quldir"). Foydali mehnat har bir Itiqaroning burchidir; mehnat qilishga qodir bo’lmagan va ishlab chiqarish sohasidan boshqa ish bilan shug’ullanuvchilarni (masalan, tartib posbonlarini) davlat boqishi kerak. Davlat xazinasi mulk va foyda soliqlari, shuningdek o’g'rilar, qartabozlar kabi huquqbuzarlarga solinadigan jarimalar hisobiga to’lib boradi. Uning fikricha jam iyat hayotida nikoh munosabatlari birlamchi ahamiyatga ega. Davlat boshlig’i eng avvalo nikoh haqidagi qonunga ahamiyat berishi kerak, chunki nikoh avlodning davom etishiga, jamiyat fuqarolarining kelajagiga bevosita daxldordir. Ijtimoiy hayotda mehnat qilmaslik, o ’g ’rilik, sarroflik, qartabozlik va boshqalar taqiqlangani kabi, nikohda ham buzg’unchilik qat’iy taqiq osiga olinishi lozim. Ajralishlar mumkin qadar qiyinlashtirilishi kerak: ayollar uchun bu masala sud orqali echilishi, erkaklar uchun nikohni bekor qilish uchun katta jarimalar joriy qilinishi kerak. Bu sohada tushunmovchiliklar, meros masalalarida ochiqlik bo’lishi uchun nikohga kirish masalalari ochiq bo’lishi kerak. Erkak, oila boshlig’i oilaning holati uchun javobgardir, u yo’qligida oila ishlaridagi javobgarlik ayol, xotinga yuklanadi. Ibn Sino oilaviy tarbiya, bolalaming kelajagi masalalariga katta e’tibor bilan qaraydi. Uning fikricha oilaviy tarbiya eng avvalo bolalarga bilim berish, ularga aniq bir hunar berishga yo’naltirilgan bo'lishi kerak. Bunda bolalaming layoqatlariga e’tibor berilishi, ulardan imkon bo’lmagan narsani talab qilishga intilmaslik kerak. Kishining oliy axloqiy darajaga erishganligi uning o ’z hatti-harakatlarini, yaxshilik ko’rsatishini o ’zi uchun. о ’г maqsadiga erishish uchun emas, biror narsaga ta’ma qilish uchun emas, yaxshi yoki iliq tasavvur tug’dirish uchun emas, balki hech qanday ta ’malarsiz bajarganligida ko’rinadi. Uning fikricha, inson eng oliy baxtga o ’zidagi hayvoniy xislatlar, kuchlarni aql kuchiga bo’ysundirgan taqdirdagina, xayolan odatdagi istaklar dunyosidan oliy istaklar dunyosiga uchib o ’tgan taqdirdagina erishadi. Mana shular ham ko’rsatib turibdiki, Ibn Sino Forobiyga o’xshab "Fozil shahar" haqida maxsus asar qoldirmagan'bo’lsa ham, uning inson, uning xislatlari qanday bo’lishi, ana shunday jamoada yashaydigan kishilarning qanday bo’lishi lozimligi haqidagi fikrlarida ular yakdildirlar. 3. Markaziy Osivolik mashhur mutasavvuflar iiodida shaxs va jamoa munosabatlari, ijtimoiy adolat masalalari Imom Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling