Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
A hm ad
Y assaviy (1103-1166) Turkistonda so’fiylik ta’limoti asoschilaridan biri, turkiy tasavvuf she’riyatining buyuk vakili. U Abduxoliq G’ijduvoniy bilan birga mashhur mutasavvuf Yusuf Hamadoniyning shogirdlaridan va uning davomchilaridan biri hisoblanadi. U 63 yoshga to’lgach, er ostida qurgan chillaxonaga tushib yana 60 yil yashagani haqida ko’plab fikrlar bor. Uning eng mashhur asari "Hikmat" kitobidir. Ahmad Yassaviy axloq-odobga da’vat, g ’ariblar ko’ngliga farog’at bag’ishlash, ayni paytda nodonlardan qochish, bu dunyoni ayshu ishrat deguvchilami insofga chaqirishda haligacha ulug’ da’vatchilardan biri bo’lib qolmoqda. Yassaviychilik manzilma-manzil kezib yuruvchi so’fiylar tariqatidir. Uning mohiyatini zohidona xilvat tashkil etadi. Yassaviy o’z axloqiy qarashlarini - so’fiylik ta ’limotini islom dini qonunlariga muvofiq bayon qiladi. Uning fikricha, bu dunyo — tabiatning mohiyatini olloh tashkil etadi, shu ma’noda bu dunyo komil emas, u dunyo esa komillik olamidir. Shu bois bu dunyoning havaslaridan ko’ngil uzib, u dunyo abadiyligiga mehr qo’yjb yashamoq kerak. Insonning maqsadi Olloh vasliga etishish, o ’zlikdan voz kechish va jannatdan o’rin olishga intilishdir. Buning uchun musulmon kishi islom qonunlarini bajarishi, shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat bosqichlaridan o ’tishi, o ’zlikdan voz kechishi, ya’ni jonni qafasdan - tanadan ozod qilishi, o ’zni xilvatga solishi, fikr va zikmi Ollohga berishi shart. Uning axloqiy qarashlarida poklik, adolat, insof, qanoat, Olloh ishqi bilan yashash kabi insoniy fazilatlar kuylanadi. Ayni paytda kufr va iblis vasvasasi - 39 nodonlik, gumrohlik, jaholat, ta’magirlikni qattiq qoralaydi. Xususan, ijtimoiy hayotdagi tengsizlik va adolatsizlikka qarshi chiqadi. Ahmad Yassaviy tariqatida axloqiy masalalar shu qadar teran tahlil qilinganki, ular zamonlar osha yashab kelmoqda. lymon-e’tiqod bu tariqatning m ag’zi-m ag’ziga singib ketgan. Ma’naviy qadriyatlar qadrlanmasa, adolat ustunlari qulasa, olimlar haq so’zni aytmasalar, "turlik-turlik egonlar, kimxob chopon kiygonlar"dan xayr-saxovat, qiz-juvonlardan sharm-hayo ko’tarilsa, odamlardan mehr-oqibat qochsa, g’ofillik g ’olib bo’lib, nodonlar ko’payadi. U zolim podshohlar, vazirlar, riyokor darveshlar tufayli oyoq osti qilingan, ezilgan, turli balolar ostida qolgan jafokash xalq haqida qayg’uradi. Yassaviy ta ’limotida "nodonlik" tushunchasi alohida ahamiyatga ega. Insonning Haqni tanimasligi uning nodonligidir. Nodonlik kulfat keltiradi. Nodonlik - o ’z-o’ziga yovuzlik qilishdir. Nodon kimsa eng katta gunohkor hisoblanadi. Yassavviyda "nodon" shu qadar pastnazar, malomatli, toshbag’ir bir kimsaki, hatto u bilan do’zaxga ham kirib bo’lmaydi, undan do’zax ham hazar qiladi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling