Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
Ahm ad D onishdir
(1827-1897). Uning ijtimoiy qarashlari Buxoro amirligi sharoitida mavjud bo’lgan siyosiy tartiblar va harakatlarni, davlat boshqaruvi va tuzilishini, amirlikning ichki va tashqi siyosatini ochib berishga xizmat qiladi. Ahmad Donish o’zining "Navodir ul-vaqoe" va boshqa asarlarida ijtimoiy taraqqiyotga g ’ov bo’layotgan tartib va munosabatlarni tanqid ostiga oladi. Buxoro xonligini Evropa davlatlari, jumladan, Rossiya bilan taqqoslaydi va uning iqtisodiy, madaniy sohalarda orqada ekanligidan kuyinadi. Uni qoloqlikdan chiqarish uchun ijtimoiy-siyosiy tuzumda islohotlami amalga oshirish zarurligini uqtiradi. Bu albatta, o ’sha davr uchun g ’oyat dadil fikrlar edi. U o’zi tuzgan loyihalarda davlat bir guruh kishilarga emas, balki butun xalq manfaatiga xizmat qilishi kerak, degan g’oyani asoslashga harakat qiladi. Donishning fikriga ko’ra hukmdor muhim davlat ishlarini o’z atrofidagi davlat arboblari bilan maslahatlashib hal qilishi, maslahatchilar ham donishmand va adolatli kishilar bo’lishi, hukmdor ulaming maslahatlariga quloq solishi va ular bilan hisoblashishi kerak, chunki ko’pchilikning aqli bir kishining aqlidan ortiqroqdir. Hukmdor bilimdon, ma’rifatli, odil va o’z fuqarolari manfaatlari uchun xizmat qilmog’i shart. U qanday masalani hal qilmasin, eng avval o’zini 49 fuqaro o’rnida, ularni esa o ’z o ’rnida tasavvur qilmog’i lozim. Bu adolatni ta ’minlashga imkon yaratadi. Tabiatan bilimga qiziquvchan bo’lgan Donish Sharq mutafakkirlari ta ’limotini o ’rganish bilan bir qatorda G ’arbda tarqalgan ijtimoiy-siyosiy ta ’limotlar bilan ham qiziqadi. Uning bu boradagi intilishlari ko’p jihatdan Buxoro amirining Rossiyadagi elchisi lavozimida ko’rsatgan faoliyati bilan ham bog’liq. Ammo uning bu yo’nalishdagi fikrlari tanqidga uchraydi va Donish saroydan chetlashtiriladi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling