I’iko d ella M ira n d o la
(1463-1495) dunyoni panteistik tushungan. Dunyo
icrarxiya tarzida tuzilgan: u farishtalar, osm oniy, elem entar sferalardan tashkil
lopgan. Hissiy dunyo "hechnima"dan emas, balki oliy, ammo "tanasiz" ibtido
b o ’lmish "xaos"dan vujudga kelgan, unga esa o ’z navbatida xudo "turtki bergan".
Dunyo o ’zining m avjud ziddiyatlari va garm oniyasi bilan go ’zaldir. Uning
ziddiyatliligi shundaki, bir tomondan u xudodan tashqaridadir, ikkinchi tom ondan
esa - uning vujudga kelishi ilohiydir. Xudo tabiatdan tashqarida m avjud emas, u
doimo tabiatda am al qiladi. Buni panteistik ruhda tushunm aslik kerak. Pikoning
nazarida xudo dunyo m ohiyatining nihoyasi, cho’qqisi sifatida tushunilgan.
Piko "yolg’on" fan hisoblanmish "payg’am barlik astrologiya"sini tanqid
qiladi. U fanlam i o ’rganishdan maqsad amaliy va foydali b o ’lm og’i lozim, deydi.
U insonning taqdirini yulduzlam ing g ’ayritabiiy to ’plami belgilam aydi, taqdir
inson tom onidan am alga oshiriladigan erkin faoliyatning natijasidir, deydi. Piko
"Insonning qadri haqida"gi asarida inson o ’ziga xos m ikrokosm osdir, uni
neaplatonchilarning uch "gorizontal" dunyosi (elementar, osmoniy, farishtalar)
bilan tenglashtirm aslik kerak, chunki u
ana shu dunyolarning barchasi orqali
vertikal ravishda o ’tadi, deydi. Inson o ’z shaxsini o ’zi qaror toptirish, o ’z hayotini
o ’z irodasi bilan erkin va m aqsadlariga muvofiq belgilash huquqiga ega. SHunday
qilib inson tabiatning boshqa qism laridan farq qiladi va o ’z "ilohiy etukligi" sari
boradi. Inson o ’z baxtining yaratuvchisidir. SHunday qilib, Piko insonni
dunyoning m arkaziga qo ’yadi. Inson tabiati hayvonot dunyosi tabiatidan faqli
holda yuqori darajada tashkil topgan, etukroq; inson "ilohiy" etuklikka intila
oladigan m avjudotdir. Bunday holat tu g ’ma emas, balki uni inson harakati vujudga
keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |