Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


dunyoni teotsentristik tushunishdan antropotsentristik tushunishga


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

dunyoni teotsentristik tushunishdan antropotsentristik tushunishga 
o ’tilganligidir. 
O ’rta asr diniy duyoqarashiga qarshi kurashda Uyg’onish davri 
madaniyatida insonparvarlik, antropotsentristik motivlar oldingi planga chiqadi. 
Erdagi 
hayotga past nazar bilan qarash o’z o ’rnini insonning ijodiy 
imkoniyatlarini, uning aql-tafakkurini, erda baxtli yashashga intilishini tan olishga 
bo’shatib beradi. lnsoniylikning amalga oshirilishini esa o’tmish madaniyati 
erishgan yutuqlarsiz ko’z oldiga keltirish mushkul, shu ma’noda Uyg’onish davri 
gumanizmi (insonparvarligi) o'tm ish madaniy merosiga, antik falsafa yutuqlarini 
egallashga qiziqish uyg’otadi. Shu sababli yana Aflotun va Aristotelning, stoiklar, 
epikurchilar. Sitseronning hamda boshqa antik mutafakkirlaming falsafasi 
yangicha joziba bilan yuz ocha boshlaydi.
Antropotsentrizm tomonga burilishni " s o f materialistik qarashlarning 
g ’alabasi sifatida haddan ortiq yuzaki tushunmaslik kerak. Gap shundaki, 
Renessansning insonparvarligi insonning ichki olamiga, uning erdagi "ilohiyligiga" 
e ’tibor berganlikda, tashqi ilohiy "qoidalardan" chekinilganlikda, insonni hayotiy 
faollikka chaqirganlikda. insonni o ’ziga ishonishni ta’kidlaganlikda o ’z ifodasini 
topadi. Ammo mana shu progressiv hisoblanuvchi yangiliklarning o ’zi ham tarixiy 
jihatdan belgilangan bo’lib, u yoki bu shakllarda diniy ramkalarda yuzaga chiqishi 
mumkin edi.
Shu bilan birga Uyg’onish davri gumanizmini ideallashtirish ham 
noto’g ’ribo’ladi va undagi ichki ziddiyatlarni ham ko’rmaslik mumkin emas. Ular 
XII -X V asr tarixiy voqeligi bilan belgilanadi. Ana shu o’ziga xosliklar ushbu 
g ’oyalarning elitarligida (ya’ni, saralangan, yuqori tabaqaga oid kishilarga 
m o’ljallanganligida), "aristokratik" (oqsuyaklik) tendensiyalarida yaqqol ko’zga 
tashlanadi. Masalan, axloqning insonparvarlik g’oyalari ta’lim olishga imkoniyati 
bo’lgan yuqori tabaqalarga mo’ljallangan. Shuni ta’kidlash joizki, gumanizmni 
ko’tarib chiqqan kishilarning o’zlari ham antik madaniyat va falsafa yutuqlarini 
o ’rganish imkoniyatlariga ega bo’lgan kishilar edilar, bir necha chet tillarini, 
ayniqsa Renessansda alohida hurmatga ega bo’lgan lotin tili va adabiyotini 
egallagan kishilar edilar.
Ko’pincha Renessans va Reformatsiyaning o’zaro munosabati haqida 
bahslar olib boriladi. Ba’zan ulami bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga harakat 
qilinadi. Bunda Renessans - xalqaro hodisa, umumevropa hodisasi sifatida
Reformatsiya esa - milliy, xususan, nemis hodisasi sifatida tushuniladi. Nima 
bo’lganda ham, muhimi ularning antifeodal yo’nalishga ega oqim ekanligi, ularni
59


harakatlantiruvchi kuchlar chirib borayotgan feodal jam iyatidagi shahar qatlam lari 
ekanligidadir. A garda Renessans jam iyatni oqsuyaklarga oid maorifni yoyish 
orqali ja m iyatni o ’zgartirishni m o’ljallagan b o ’lsalar, R eform atsiya esa o ’rta asr 
doirasidagi kishi nuqtai nazaridan xudoning jam o lig a etishishning yangi y o ’lini 
ta k lif qiladilar. D em ak, Renessansning g ’oyalarini faqat yuqori tabaqa kishilari 
faollashtirishlari m um kin edi (um um an olganda unda o ’rta va past tabaqa 
vakillarining m anfaatlarini ifodalovchi insonparvarlik g ’oyalarining o ’zi y o ’q edi), 
aksincha, asosiy maqsadi cherkov va uning g ’oyalarini o ’zgartirish sanalgan 
R eform atsiya g ’oyalarini o ’z ahvoli va kun kechirishi bilan diniy tasavvurlarga 
jip s bog’lanib qolgan jam iyatning o ’rta va past tabaqalari k o ’tarib chiqishga qodir 
edi.
R enessans g ’oyalari asosan shaharlarning yuqori tabaqalari, hunarm andlar 
va diniy y o ’naiish olim lari tom onidan him oya qilinar edi. Shu m a’noda Renessans 
mafkurasi ikki y o ’nalishda - bir tom ondan, antifeodal, ikkinchi tom ondan, 
antiplebey (k am b a g ’al qatlam larga qarshi) edi.
O ’rta asr konservativ mafkurasi bilan kurash jarayonida sifat jihatdan farq 
qiluvchi ijtim oiy-falsafiy qarashlar tizimi vujudga keldi. U ning m arkazida 
shaxsning eng u lu g ’ qadriyat ekanligi, har qanday individning qadr-qim m ati, 
erkinligi, insonning erkin rivojlanishi uchun etarli sharoit yaratilishi lozim ligi, har 
kimga o ’z baxt-saodatiga etishishi uchun im koniyat berilishi kerakligi haqidagi 
fikrlar turadi. U yg’onish davri dunyoqarashida inson taqdiri uning oilaviy kelib 
chiqishi, darajasi, konfessional mavqei bilan em as, balki s o f shaxsiy jasorati, 
faolligi, fikrlari va am aliy faoliyatining oliyjanobligi bilan belgilanadi.
U yg’o nish davri o ’z taraqqiyotining ilk bosqichida, y a ’ni X IV -X V asrlarda 
asosan "gum anistik" shaklda Italiyada taraqqiy topdi, X VI-XVII asrlarda esa 
asosan "tabiiy ilm iy y o ’naiish" shaklida boshqa Evropa m am lakatlarida rivojlandi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling