Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Takrorlash uchun savollar


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Takrorlash uchun savollar:
1. Zardushtiylik, moniylik va mazdakiylikning umumiy jihatlari nimalardan 
iborat?
2. "Avesto"dagi uch ezgulikni tushuntirib bering.
3. Abu Nasr Forobiyning adolat haqidagi fikrlarini izohlab bering.
4. Ibn Sino jamiyat tuzilishidagi ierarxiyalikni qanday tushuntiradi?
5. Tasavvuf ta’limoti vakillarining inson hayoti va o’zaro munosabatlardagi 
axloqiy xislatlar haqida qanday fikrlari mavjud? Ulami biror-bir 
mutafakkir misolida tushuntirib bering.
6. A.Temur o’z "Tuzuklar"ida davlat va jamiyat haqida qanday fikrlarni 
ilgari suradi?
7. Navoiy ijodida insonparvarlik qanday namoyon bo’ladi?
8. XVII-XIX asrlarda yurtimiz hududida yashagan mashhur adiblardan 
kimlami bilasiz?
9. M a’rifatparvarlaming asosiy fikrlari nimadan iborat edi?
10.Jadidlar o ’zbek xalqining XIX asr oxirida qoloqlik girdobiga tushib 
qolishining sabablarini qanday izohlashgan?
5-m avzu. Evropada inson va jam iyatning m ohiyati to ’g ’risidagi g ’oyalar
1. Xristian nazarivotchilarinins jamiyat va inson hagidaei g ’ova/an
Xristian 
dini aqidalarini xalq ommasiga singdirish, ulami ana shu 
qarashlaming haqiqat ekanligiga ishontirish, rasmiy davlat boshqaruvi tizimini 
ham unga moslashtirish, hattoki hokimiyatni unga bo’ysundirish ko’p jihatdan 
xristian nazariyotchilarining ijodi va faoliyatiga bog’liq bo’lgan. Ana shunday 
kishilardan biri 
A vreliy A vgustindir 
(354-430).
U shimoliy Afrikadagi Numidiya davlatining Tagast shahrida tug’ilgan, 
nianixeychilik, platonizm orqali xristianlikka e’tiqod qo’yadi va 387 yili
55


xristianlikni qabul qiladi. Shimoliy Afrikadagi Gippo shahri episkopi darajasiga 
k o ’tariladi. Uning asosiy asarlari "Tavba", "Uchlik haqida", "Iloh shahri haqida" 
("O grade bojem") va boshqalar.
Avgustin dunyoqarashi teotsentristik xarakterdadir. Xudoning birlamchiligi 
tamoyilidan u yaratgan ruhning, jonning tanadan, iroda va hissiyotning aqldan 
ustunligi 
qoidalari 
kelib 
chiqadi. 
Xudo oliy mohiyatdir. 
Faqat 
uning 
mavjudligigina hech narsaga bog’liq emas, boshqa hamma narsalar uning irodasi 
tufayligina mavjuddir. Xudo barcha narsalar mavjudligining, ular o ’zgarishlarining 
sababidir; u dunyoni nafaqat yaratdi, balki uni doimo saqlab turadi, uni yaratishda 
davom etadi. Avgustin dunyo bir martagina yaratilgan, keyin uning o’zi 
rivojlanadi, degan fikrni inkor qiladi.
Jonni Avgustin Platonning ideyasi ruhida tushunadi va u fikrlash, iroda, 
xotira kabi funksiyalarni bajaradi hamda hech qanday biologik funksiyalarga ega 
emas, deb hisoblaydi. Jon tanadan mukammalligi bilan ham farqlanadi va bu 
m ukammallik xudodandir, demak jo n , n th xu dogayaqin va o ’lmasdir.
Biz tanadan ko’ra jonni, ruhni yaxshiroq bilamiz, xudoni ham tana emas, ruh 
orqali bilamiz, tana bilishga xalaqit beradi. Ruhning tanadan ustunligi sababli 
inson faqat u haqdagina g’amxo’rlik qilishi, o ’zidagi hissiy zavqlanishni bostirishi 
kerak. Ruhiy hayotda asosiy narsa aql, tafakkur emas, irodadir. Insonning 
mohiyatini passiv hisoblanmish tafakkur emas, faol bo’lmish iroda belgilab beradi. 
Avgustin bu tamoyilni psixologiyagagina emas teologiyaga ham joriy qiladi: 
irodaning faolligi ilohiy mohiyatga ham tegishlidir. Shu ma’noda uning falsafasi 
intellektualizm va ratsionalizmdan volyuntarizmga boradi.
Avgustin dunyoqarashida hamma narsa yagona, mukammal, absolyut borliq 
bo’lgan xudoga taqaladi, uningsiz hech narsani amalga oshirib ham, bilib ham 
bo’lmaydi, moddiy dunyo esa xudoning mahsuli, va uning aks etishidir. Tabiatda 
hech bir narsa g ’ayritabiiy kuchlar ishtirokisiz sodir bo’lmaydi. Xudo yagona 
borliq va haqiqat sifatida metafizikaning mazmunidir; xudo bilishning manbai 
sifatida bilish nazariyasining predmetidir; xudo yagona bo'lmish yaxshilik va 
go’zallik sifatida etikaning predmeti hisoblanadi; xudo barcha narsaga qodirlik va 
mehr-saxovatga to ’lalik sifatida dinning asosiy masalasi sanaladi.
Avgustin fikricha 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling