Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


inson hayotining m aqsadi va m azm uni baxtga


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

inson hayotining m aqsadi va m azm uni baxtga 
erish ish d ir. 
Baxtga esa yagonalik bo’lmish xudoda erishish mumkin. Shu 
m a’noda insoniy baxtga erishish eng avvalo 
xudoni anglash, bilishni va jonni 
sinab k o ’rishni 
taqazo qiladi. Xudo haqidagi haqiqat aql bilan emas, 
ishonch 
bilan anglanadi. Ishonch esa aqlga emas, ko’proq itodaga taalluqlidir. Ishonch va 
tafakkur bir-birini to ’ldirishi kerak. "Ishonish uchun tafakkur qil, va aksincha, 
tafakkur qilish uchun ishon",- deydi Avgustin.
Avgustin etikasiga ko’ra yomonlik insondan kelib chiqadi, u ushbu mavjud 
dunyoga oid xarakterdadir, yaxshilik esa xudodan vujudga keladi, u xudoning 
mehr-saxovatidir. Inson yaxshilik uchun emas, yomonlik uchun mas’uldir.
Avgustin ijtimoiy-siyosiy ta’limoti tengsizlik g ’oyasi asosiga qurilgan, bu 
holat ijtimoiy hayotning abadiy va o ’zgarmas tamoyilidir. Tengsizlik xudo 
tomonidan 
yaratilgan 
ijtimoiy 
organizm 
ierarxiyali 
(quyining 
yuqoriga 
bo’ysunishi) tuzilishining bir tomonidir. Erdagi ierarxiya - xudo "monarx"
56


hisobianmish osmoniy ierarxiyaning aksidir. Ammo u kishilarning eretik 
ta’limotlarga murojaat qilishlarining oldini olish uchun barcha kishilar bitta otadan 
vujudga kelgani sababli xudo oldida tengdirlar, degan g ’oyani ilgari suradi.
Insoniyat barcha davrlarda turli shakllardagi ijtimoiy tartiblarga asoslangan 
jamiyatlarda yashashsada, ular Avgustin fikricha doimo ikki darajaga bo’linadi: 
insonga m onand yasliaydiganlar va xudoga m onand yashaydiganlar. Er shahri 
odamlari (insonga monandlar) dastlabki insonlar Odam Ato va Momo Havoning 
gunohlari tufayli, ulardan vujudga kelganliklari sababli doimo gunohkordirlar, 
shuning uchun ular munosabatlarida juda ko’p kamchiliklar (tengsizlik, 
ekspluatatsiya, axloqsizlik, urushlar, qiyinchiliklar va h.k.) mavjud. Demak, 
boshlang’ich gunohning paydo bo’lishi sifatida Yomonlik uchun xudo emas, 
odamlar javobgar. Osmoniy shahar odamlari esa (xudoga monandlar) ruhoniylar va 
xudo yo’liga o ’z umrini tikkan cherkov xodimlari esa xudo chizgan yo’ldan 
chiqmay yashaydilar, ular munosabatlarida tengsizlik yo’q, ularning maqsadi 
ollohga etishishdir.
Avgustin fikricha inson zaif mavjudot, u o’z kuchi bilan gunohdan 
qochishga ham, erda ancha-muncha etuk bo’lgan jamiyat qurishga ham qodir 
emas. Lekin baribir bir payt kelib yaxshilik va adolat g’alaba qozonadi va avvaldan 
belgilangan abadiy tartibga ko’ra ilohiyotga mos davrga o’tiladi.
Uning fikricha insoniyat o’z taraqqiyotida olti bosqichni bosib o’tadi: 
chaqaloqlik davri, bolalik davri (xotira rivojlanadigan payt), yoshlik ("tuban aql", 
axloqiy ong), etuklik (diniy ongning tarqalishi), keksalikning boshlanishi (ruhning 
xudoni anglashi davri). Avgustin etuklik, keksalikning ilk davrlarini diniy 
tomonning g’alabasi davri sifatida ko’rsatadi. So’nggi davr esa Xristosning 
tug’ilgan davridan uning ikkinchi marta paydo bo’lishigacha o’tgan davmi o’z 
ichiga oladi.
Avgustinning ta ’limoti qadimgi davrdayoq katta ta’sirga ega bo’lgan edi. 
Rim-katolik cherkovi undan o ’zining teokratik fikrlari va davlatga ta’sirini 
kuchaytirish maqsadlarida foydalandi. Cherkov oldidagi xizmatlari uchun unga 
Avliyo nomi berilgan.
XIII asrda Rim-katolik cherkovini yanada mustahkamlagan kishilardan biri 
dominikan monaxi 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling