Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


M ah m u d xo’ja Behbudiy


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

M ah m u d xo’ja Behbudiy 
(1879-1919) 1913 yildayoq Turkiston xalqlari 
o ra sid a
ilm -m a’rifatni rivojlantirish ulaming milliy-davlat manfaatlarini himoya 
qilish uchun zarur, degan fikrga keladi. Xalqni zulmdan ozod qilish uchun 
omniaviy harakat vujudga keltirish kerak, unga birlashgan kishilar umumiy 
m aq sad
y o ’lida o’zlarining milliy farqlariga e’tibor bermasliklari lozim, degan 
g ’oyani ilgari suradi. Ana shundagina Turkiston xalqlari o ’z vakillarini Davlat 
Dumasiga saylash orqali qonun doirasida xalq manfaatlarini himoya qila oladi. 
Shu ma’noda, u Turkiston xalqlari mavjud ichki ziddiyat va qarama-qarshiliklarga 
barh am
berishlari kerak, degan fikrni bildiradi. Bu fikr o’z ahamiyati jihatidan 
hozirgi paytda ham ahamiyatga molikdir. "Agar butun Turkiston birlashsa qon 
to ’kilmaydi, 
er 
va mulk ham bo’linmaydi, ana shunda kerakli vaziyat vujudga 
keladi- Mavjud ziddiyatlar haqida qanchalik gapirmaylik, shunday qilsak -
birlashamiz, ziddiyatlar kuchaygan sari - baxtsizlik sari boramiz", deb yozadi 
Behbudiy.
Fevral burjua inqilobi jadidchilarni Rossiya tarkibida avtonomiyaga erishish 
mumkin degan fikrga olib keldi. Turkistonda milliy intilishlar in’ikosi sifatida 
"S H u ro i 
islomiya", "Ittifoq" kabi partiyalar vujudga keldi. Tez orada jadidlar
52


Muvaqqat 
hukumat 
va 
uning 
Turkistondagi 
hukumatining 
ilgarigidek 
mustamlakachilik siyosat olib borishiga ishonch hosil qildilar. Endi ular mustaqil 
Ta’sis majlisi chaqirish va Rossiya tarkibida mustaqil Turkiston avtonomiyasi 
tuzish uchun harakat boshladilar. Shunisi diqqatga sazovorki, jadidlarning ushbu 
davrda tuzgan hujjatlarida bo’lajan avtonomiya respublika bo’lishi, uning qonunlar 
qabul qilish, Turkistonda boshqaruvni amalga oshirish, sud hokimiyati kabi 
masalalarda mustaqilligi aytilgan edi.
Oktyabr inqilobi ushbu niyatlami amalga oshirishga imkon bermadi. 
Shunga qaramay, jadidlar bolsheviklarning milliy o’z-o’zini belgilash haqidagi 
Deklaratsiyasi bergan huquqlaridan foydalanib Qo’qonda Turkiston muxtoriyati 
nomi ostida mustaqil respublika tuzdilar. Jadidchilik hodisasining o’ziga xosligi 
shundaki, so’nggi uch yuz yil ichida ilk bor mustaqillik g ’oyasiga asoslanuvchi 
milliy davlat tuzishga harakat qilindi.
Jadidlar harakatining ilk bosqichida ular Turkistondagi barcha xalqlarni 
jipslashtirishga intilgan edilar. 
1917-1919 yillardan boshlab esa Turkiston 
muxtoriyati orqali milliy manfaatlarni himoya qilishga e’tibor qaratdilar. 
M.Behbudiy hech kim va hech qanday hokimiyat xalqqa ixtiyoriy ravishda ozodlik 
bermaydi, degan fikrni asoslab berdi. "Tarixdan ma’lumki, - deydi u, - huquqlar 
tuhfa etilmaydi, balki qo’lga kiritiladi. Har qanday millat, xalq o ’z kuchlarini 
birlashtirish va o ’z intilishlari orqaligina o’z huquqlari, dini va siyosatini himoya 
qilishi mumkin. Biz, musulmonlar, jumladan Turkiston musulmonlari, hech kim 
bizning dinimiz va millatimizga tajovuz qilmasligini istaymiz, o’z navbatida biz 
ham hech kimga tajovuz qilish niyatimiz yo’qligini bildiramiz".
O ’lkamizdagi qoloqlik sabablaridan biri xalqning ilm-ma’rifatdan uzoqligi 
va 
dunyoviy 
bilimlaming 
keng 
tarqalmaganidir, 
degan 
fikr jadidlar 
dunyoqarashida katta o’rin egallaydi. Jadidlar ilm-ma’rifatning ahamiyati 
kattaligini doimo ta ’kidlaganlar. Behbudiy ozodlik kurash va birlashish orqali 
qo’lga kiritiladi. Buning uchun Turkistondagi barcha xalqlar o’zaro ziddiyatlami 
unutib, birlashishlari kerak, degan fikrni qat’iy aytadi. Bu fikr ilgarigidek ma’rifiy 
yo’nalishda emas, endilikda siyosiy ma’no kasb etgan edi.
Jadidlar Turkistonning kelajagi huquqiy bilimlaming o’rniga bog’liqligini 
ta ’kidlaganlar. Behbudiy "Qonuni Ovrupo", "Haq olinur, berilmas!", "Loyiha", 
"Qozi va biylar haqinda loyiha" maqolalarida o ’lkamizda huquqiy sohadagi 
kamchiliklar ko’pligi haqida fikr bildiradi. Jumladan o’lka ma’muriyati huquqiy 
masalalami ellikboshi va qozilar qo’liga berib qo’ydi, ammo ular poraxo’rdikni 
avj oldirib yubordilar. Chunki shariatga asoslangan ishlami hal qilishda hamma 
ham uning ikir-chikirlarini chuqur bilavermaydi. Bu esa poraxo’rlikka turtki 
bermoqda. Bu sohadagi holatni chuqur tahlil qilgan Behbudiy qozilikni bekor 
qilish va ulaming o’miga Turkistonning har bir viloyatida davlat sudlarini tashkil 
etish taklifini o’rtaga tashlaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, jadidlarning ko’pchiligi, xususan M.Behbudiy 
xalqda mavjud salbiy xarakterdagi odat va taomillar ham hayotni yaxshilashga 
xalaqit berishi mumkin deb hisoblaydi. Masalan, to’y-marakalarning ortiqcha 
dabdababozlik bilan o’tkazilishi, dafii marosimlari bilan bog’liq ortiqcha 
odatlaming borligi oilalaming moddiy holatiga katta ta’sir qilmoqda. Bunday
53


odatlarni imkon darajada qisqartirish kerak. Bu ham oxir-oqibat ilm-ma’rifatga, 
kishilarning m a’naviy salohiyatiga borib taqaladi, deydi Behbudiy. Shu o’rinda 
mazkur fikming oradan yuz yil o’tsa-da hamon o’z ahamiyatini yo’qotmaganligini 
eslatib o’tish joiz.
Jadidchilik mamlakatimizda bir necha shaklda amal qilgan: Buxoroda "yosh 
buxoroliklar", Xorazmda "yosh xivaliklar" va yuqorida eslatib o ’tilgan Turkiston 
jadidchiligi k o ’rinishida. Ularning faoliyatlarini esa siz tarix fani bo’yicha 
mavzulardan yaxshi bilasiz.
1914-1915 yillarda buxoro jadidlari ikki yo’nalishga ajralib ketdilar. Yosh 
buxoroliklar y o ’nalishi katta yoshlilar yo’nalishidan farqli ravishda ochiq norozilik 
chiqishlari uyushtirish yo’lini tutdilar. S.Ayniyning fikricha ayni shu narsa 
harakatning halokatini belgilab bergan. U F.Xo’jaev va Fitratni uzoqni 
ko’rolmaslik, vaziyatni tahlil etolmaslik va haddan ortiq qiziqqonlikka berilishga 
moyillikda ayblagan edi. Tarixiy taraqqiyot katta yoshlilar yo’nalishi vakillari -
Usmon X o’jaev, Muhiddin Rafoat, Sadriddin Ayniy, Musa Saidjonov kabilarning 
vaziyatni to ’g ’ribaholashganini ko’rsatdi. Jadidlarda dinga moyilligi katta bo’lgan 
xalq ommasiga ta ’sir qilish kuchi etishmasdi. Shuning uchun katta yoshli jadidlar 
yo’nalishi dindorlarning xalqni ko’tara olishi mumkinligidan kelib chiqib, 
ehtiyotkorlik bilan, qon to ’kishsiz, asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich 
islohotlar o ’tkazish tarafdordori edilar.
"Yosh buxoroliklar" yo’nalishi (F.Xo’jaev, Fitrat) sovetlarning amirni 
ag’darish va inqilobni amalga oshirishida ularga chin dildan yordam berishiga 
ishonishardi. F.Xo’jaev ancha keyinroq RK.P (b)ning o ’z maqsadlari uchungina 
yosh buxoroliklardan vosita sifatida foydalanganini tushundi.
Yosh buxoroliklar partiyasi o’zining islohotlar dasturiga ega edi. Uning 
loyihasi Fitrat tomonidan ishlab chiqilgandi. Siyosiy vaziyatdan kelib chiqib ular 
o ’z oldiga global vazifalar yoki boshqarishning respublika shaklini kuch bilan 
joriy etish vazifasini qo’yishmagandi. F.Xo’jaev buni minimum dastur deb ataydi, 
unga muvofiq "boshqarishning monarxiya shakli o ’zgartirilmaydi, konstitutsiya 
masalasi oldindan echilmaydi,... ikki maqsad qo’yilgan: Buxoroda huquqiy davlat 
tuzish, o ’rta asr sharq despotizmiga asoslangan monarxiyani evropacha monarxiya 
bilan almashtirish, xalqning madaniy va maishiy hayotini yaxshilash asosida 
Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatini mustahkamlash".Yosh 
buxoroliklar fikricha amirlik boshqarish tizimi asosan saqlanib qolishi, faqat 
mahalliy boshqarish darajasida oqsoqollarni xalq saylashiga imkon berilishi kerak 
edi. Sudlov tizimi shariat qonunlariga asoslanishi va iriar ruhoniylar qo’lida qolishi 
ko’zda tutilgan edi.
Iqtisodiy va madaniy sohalarda esa yosh buxoroliklar ancha ilg’or fikrlami 
aytishgan. Masalan, ular davlat va odamlarga tegishli er soliqlarini kamaytirishni, 
aksincha, am ir tomonidan in’om etilgan xususiy mulk larga soliqlarni 
ko’paytirishni taklif qilishgan. Qishloq xo’jalik banki ochish va dehqonlarga 
texnika sotib olish uchun kredit tizimini joriy etish, ularni texnikani boshqarishga 
o’rgatish ko’zda tutilgan. Ammo mazkur dasturda amirlikdagi mavjud iqtisodiy, 
m a’naviy, moliyaviy, armiya tizimiga unchalik ta ’sir qilmaslik g’oyasi ustun 
turadi.
54


Yosh buxoroliklar Turkiston Markaziy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan 
ikkinchi dastur esa qanday qilib bo’lsa ham amirlikni ag'darish vazifasini qo’yadi. 
Unga muvofiq xalq respublikasini o ’rnatish va hukumat tarkibiga aholining 
tarkibiga mos ravishda vakillar kiritish, umumiy saylov huquqini joriy etish ko’zda 
tutilgan. Huquqiy tizim qayta tashkil etilishi lozim, jinoiy sudlar ikki bosqichli 
bo’lishi kerak: birinchi instatsiya sudlari xalq tomonidan saylanadi, ikkinchi 
instansiya esa tayinlanishi va birinchi instansiya sudlari qarorlarini nazorat qilishi 
kerak. Mazkur dasturda 8 soatlik ish vaqtini joriy etish, kasaba tashkilotlarini 
tuzish, kreditlar va matlubotni tashkil etish masalalari ko’zda tutilgan edi. Bundan 
tashqari davlat tomonidan ishchilar huquqini himoya qilish, mehnatni muhofaza 
qilish, 18 yoshga kirmaganlar uchun yollanma mehnatni taqiqlash, mehnatga 
layoqatsizlar uchun straxovanie masalalari aniq ifoda etilgan edi.
Ma’lumki yosh buxoroliklar tarkibidagi ikki oqim - kommunistik va so’l 
buxoroliklar guruhi o’zaro birlasha olmadilar. Natijada RKP (b) Turkbyurosi MK 
qarori bilan mazkur partiya asosida Rossiya kommunistik partiyasining bir qismi 
sifatida Buxoro kommunistik partiyasi tashkil etish qarori qabul qilindi. Qolgan 
voqealar esa bizga tarixdan yaxshi ma’lum.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling