Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
l-m avzu . "Shaxs va jam iyat" kursining m azm uni va vazifalari
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
l-m avzu . "Shaxs va jam iyat" kursining m azm uni va vazifalari
1. F a m in e mazmuni va vazifalari. Fanlar taraaaivotida differensiatsiva va inteeratsiva iaravonlari M a’lumki, bizga hozircha m a’lum bo'lgan dunyo uch qismdan, ya’ni: a) qum zarrasidan tortib galaktikagacha bo’lgan moddiy borliq, ya’ni tabiatdan b) tabiatning rivojlanib o’ziga xos yashash tarzini o ’tayotgan, hozircha faqat erda kuzatilgan va inson jismi bilan borliq bo’lgan ko’rinishi - jamiyatdan hamda v) ana shu ikkala borliqning inson ongidagi in’ikosi bo’lmish ma’naviy borliq - ya’ni ruhiyat dunyosidan iboratdir. Shu ma’noda olamni o ’rganuvchi fanlarni shartli ravishda uch yo’nalishga bo’lish mumkin: tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va m a’naviyatshunoslik. Ularning har biri, o ’z navbatida, yana bir qancha yo’nalishlar va turlarga bo'linib ketadi. Masalan, tabiatshunoslik ximiya, fizika, biologiya, geologiya va boshqalarga bo‘linsa, jamiyatshunoslik tarix, huquqshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiologiya, estetika, ma’naviyat asoslari va shu kabilarga bo'linadi, ma’naviyatshunoslik esa - axloqshunoslik, psixologiya kabi fanlarni o ‘z ichiga oladi. Shuni unutmaslik kerakki, ushbu fanlarning har biri ham o 'z navbatida, bir necha fanlarga bo‘linib ketadilar. Masalan, ximiya - anorganik va organik ximiyaga, fizika - mexanika, elektrodinamika, optika, kvant mexanikasi va boshqalarga, biologiya - botanika, zoologiyaga bo'linadi va hokazo. Shu bilan birga bu fanlar ham, o‘z navbatida, yanada kichikroq, ammo yanada aniqroq fanlarga bo'linadilar. Fanlar taraqqiyotidagi ushbu jarayon ularning yanada boyib, inson bilimining esa yanada chuqurlashib borayotganidan dalolat beradi. Ilmiy tilda bunga fanlar differensiatsiyasi deb ataladi. Yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlam ing har biri yana bir qancha fanlardan tashkil topadi, ular ham o‘z navbatida yanada "kichikroq", "chuqurroq" qismlarga bo'linib ketadi. Fanlar taraqqiyotida differensiatsiyaga teskari bo'lgan, ammo fanlarning yanada rivojlanayotganidan dalolat beruvchi boshqa bir hodisa ham yuz beradiki, unga fandagi integratsiya jarayoni deyiladi. Bunda aksincha, fanlarning o 'z ichida yanada chuqurlashuvi emas, balki bir necha fanlarning o'zaro qo'shilishi yuz beradi. Aslini olganda bu hoi real dunyodagi bir-biri bilan bog’langan jarayonlarni aks ettiradi, y a ’ni ularning in’ikosi sifatida amal qiluvchi fanlar ham o'zaro qo'shilib ketadilar va o'ziga xos "sintez", "aralashma".fanlar hosil bo'ladi. Bunga biofizika, iqtisodiy kibernetika, biogeoximiya, radioastronomiya, iqtisodiy geografiya, astrobiologiya, fizik ximiya va boshqa fanlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. 2. "Shaxs va iamivat" predmetinine mazmuni va uning boshqa fanlar orasida tutsan о 'rni Mavjud fanlarning asosiy ko'pchiligi insonning o'zini har xil nuqtai nazarlardan tadqiq qiladi. Biologiya va tibbiyotga oid fanlarda u jonli organizmlarning biri sifatida o'rganilib, fiziologik, jismoniy, anatomik, gigienik, genetik va boshqa tomonlardan tavsiflanadi. Psixologiyada esa odamning ruhiy 4 olami, uning xotirasi, hissiyotlari, intilishlari, tafakkuri va shunga o‘xshash jihatlari o'rganiladi. Tarix fanida esa uning tarixiy taraqqiyoti va kamoloti ko‘rib chiqiladi. Siyosatshunoslik, dinshunoslik, falsafa va boshqa fanlar ham insonni o ‘z predmeti nuqtai nazaridan o‘rganadilar. Xullas, fanlar kompleksi birgina insonning o ‘zini har jihatdan o‘rganadi va unga har xil ta’riflar beradi. Shu nuqtai nazardan insonning o‘zini bir necha tushunchalar ifodalashini ko‘rishimiz mumkin: odam, inson, organizm, individ, banda, tana, shaxs va boshqalar. Jamiyat haqida ham yuqoridagi kabi fikrlarni aytishimiz mumkin. Uni ham turli fanlar o ‘z nuqtai nazarlaridan o ‘rganadilar va uning ham ko'plab, ba’zan bir- biriga mutlaqo mos kelmaydigan ta ’riflari mavjud. Siz ular haqida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot asoslari kabi predmetlarni o‘rganish paytida muayyan tushuncha hosil qilgansiz. Masalan, "kitobsevarlar jamiyati", "ovchilar jamiyati", "faylasuflar jamiyati", "kiborlar jamiyati" kabi tushunchalarga duch kelgan paytimizda "jamiyat" so‘zi ostida yagona qiziqish, biralikda faoliyat ko‘rsatish, bir- biriga ko‘maklashish maqsadida birlashgan kishilar guruhini anglaymiz. "Ibtidoiy jamiyat", "feodal jamiyati", "burjua jamiyati" yoki "amerika jamiyati" iboralari esa insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarini yoki aniq bir mamlakatni aks ettiradi. Mazkur tushunchani yanada umumlashtiradigan boMsak, u tabiatdan ajralib chiqqan, ammo baribir uning bir qismi bo‘lib qoladigan kishilar hamjamoasini, bir-biri bilan turli-tuman va murakkab munosabatlarga kirishadigan Er yuzidagi barcha kishilar yig’indisini anglatadi. Kishilarning o'zaro aloqalari va munosabatlari natijasida jamiyat hayotida bir biridan farqlanadigan, ammo bir-biriga faol ta’sir qiladigan nisbatan mustaqil bo‘lgan bir qancha qismlar, bolaklar, elementlar amal qiladi. Ulaming birgalikdagi faoliyati jamiyatning bir butun va doimiy o ‘zgarishda bo‘lgan dinamik tizim sifatida amal qilishini ta ’minlaydi. Umuman olganda " tizim " iborasi deyarli barcha narsa, ob’ekt va hodisalami tavsiflaydi va ularning nisbatan kichikroq qismlardan, bo'laklardan, elementlardan tashkil topganini hamda ular o‘rtasida muayyan aloqalar, bog’lanishlar mavjudligini bildiradi. Tizimning normal amal qilishida uning turli qismlari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar belgilovchi rol o‘ynaydi. Dinamik, ya’ni o ‘zgarishda bo‘lgan tizim juda ko‘p, ba’zan son-sanoqsiz doimiy o ‘zgarishda boMgan qismlar va elementlardan iborat. Ularning har biri o‘z navbatida yanada kichikroq bo‘lgan tizim va elementlarga ajraladi, yoki aksincha, har bir tizim unga nisbatan kattaroq, kengroq hodisaga nisbatan element sifatida amal qilishi mumkin. Jamiyat mustaqil bo‘lgan, lekin nisbatan torroq, (ko‘pincha fanda "podsistema" deyiluvchi) kichikroq, ijtimoiy hayot solialari deb ataluvchi tizimlardan iborat. Masalan, iqtisodiy (moddiy ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar), ijtimoiy (guruhlar, tabaqalar, sinflaming munosabatlari), siyosiy (davlat tashkilotlari, siyosiy partiyalar faoliyati), ma’naviy (axloqiy, diniy, madaniy, falsafiy, ilmiy tizim va hokazo). Bularning har biri murakkab hodisa bo'lib, o‘z navbatida yanada kichikroq, torroq elementlardan, qismlardan tashkil topadi. Shuning uchun har xil tadqiqotchilar jamiyatni har xil nuqtai nazardan: kimdir tashkilotlar sifatida, kimdir - ijtimoiy munosabatlar sifatida, kimdir - 5 kishilar guruhlari sifatida, kimdir - ijtimoiy birliklar aloqadorligi sifatida o ‘rganadilar. Jamiyatning asosiy elementlaridan biri sifatida inson jam iyat hayotida qandaydir (masalan, mehnat, kasaba tashkiloti, etnik, diniy va shu kabi) jamoalarning a ’zosi sifatida ishtirok etadi. Bu ma’noda jamiyat jamoalarning jamoasi sifatida yuzaga chiqadi. Ana shu jamiyatni o ‘rganuvchi fanlar ham jamiyatning o ‘zi singari turli-tuman bo‘lib, ular jamiyatni turli nuqtai nazardan ochib beradilar. Masalan, tarix fani turli-tuman konkret tarixlarga ajratiladi. Bunga u yoki bu mamlakat tarixi, har bir fan tarixi, har bir kashfiyotlar tarixi, har bir mamlakatdagi turli hududlar, shaharlar tarixi, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, partiyalar tarixi, qo‘yingki, har bir oila va shaxs tarixi misol bo‘lishi mumkin. Bularning har biri o ‘z ob’ekti bo‘lmish narsa yoki hodisani paydo bo‘lishidan tortib u qachongacha bosib o'tgan vaqt mobaynida boshidan kechirgan barcha voqealarni xronologik ketma-ketlikda aks ettiradi. "Shaxs va jamiyat" o ‘quv predmeti jamiyat yoki inson to ‘g ‘risidagi muayyan masalalarni ko‘rib chiqayotgan paytda ularning tarixidagi o'ziga xosliklar, turli voqealarning mazkur hodisalar rivojiga ko‘rsatgan ta ’sirini e’tiborga olishi, ya’ni ulaming tarixini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Chunki u yoki bu mamlakat o ‘rtasidagi hozirgi munosabatlar o ‘rganilayotganda ularning uzoq tarix davomidagi o ‘zaro munosabatlarida yuz bergan xodisalar albatta ta ’sirini ko‘rsatadi. Ularni e’tibordan chetda qoldirmaslik esa hozirgi paytdagi munosabatlaridagi ba’zi "noaniq", "tushunarsiz” holatlarni to ‘g ‘ri anglashda yordam beradi. Bunga misol tariqasida 0 ‘zbekiston va Turkiya o ‘rtasidagi munosabatlarga bundan 550-600 yil ilgari yuz bergan voqealar ko‘rsatgan ta ’simi yoki Markaziy Osiyo hamda Arab dunyosi, Mug‘ulistonning o'zaro munosabatlariga ularning uzoq tarixining ta’sirini ko‘rsatishimiz mumkin. Yoki "Iqtisodiyot asoslari" va "Shaxs va jamiyat" predmetlarini bir- birining bilimlari va tushunchalarisiz to'liq tushunish qiyin. Chunki jamiyat hayotining turli sohalari va inson faoliyati iqtisodiy qonunlar ta’siri ostida yuz beradi va, aksincha, iqtisodiyot sohalaridagi o ‘zgarishlar jamiyatning siyosiy, huquqiy, m a’naviy o ‘zgarishlar ta’sirida kechadi. Ular doimo bir-birini taqazo qiladi. Ulami inkor etish yoki tan olmaslik ham insonga, ham jamiyatga salbiy ta ’sir etadi. Insonni juda ko'plab fanlar o‘rganadi. Masalan, uning jismoniy-fiziologik xususiyatlari biologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, genetika kabilar tomonidan, hatti-harakatlari axloqshunoslik, pedagogifca, psixologiya va boshqa fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Aslini olganda fanlarning barchasi u yoki bu darjada inson masalasini o ‘z ichiga oladi. Shu ma’noda inson, uning tabiiy va ijtimoiy borlig‘i ko‘plab fanlarning o'rganish mavzuini tashkil etadi. Insonni o ‘rganishda uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy hodisalarga yaxshilik, yomonlik, vijdon kabi axloqiy xususiyatlar nuqtai nazaridan yondoshish etika predmetining mavzuini tashkil etadi. Xuddi shularga nafosat, chiroylilik, xunuklik, ulug‘vorlik, fojealilik, kulgililik nuqtai nazaridan yondoshilsa estetik bilimlar hosil bo'ladi. "Shaxs va jamiyat" predmeti esa bu hodisalami birdaniga ham axloqiy, hair* estetik, ham siyosiy, ham huquqiy va boshqa ijtimoiy bilimlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Shu ma’noda ushbu fan inson va jamiyat haqidagi 6 alohida fanlarning o‘ziga xos birlashuvi, sintezi hisoblanadi va unda ana shu sohalarga doir bilimlar o‘ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Demak, "Shaxs va jamiyat" fanida faqat inson va jamiyat haqidagi konkret fanlami o'rgahish asosidagina muvaffaqiyatga erishish mumkin. Binobarin mazkur fan jamiyat va inson haqidagi fanlardan olgan bilimlarni umumlashtirishga, ulaming isliqboli qanday bo'lishi to‘g ‘risida muayyan xulosalar chiqarishga yurditm bi-nidi Bu esa har bir kishining mazkur fanni o ‘rganish orqali dunyoda k n hiivol^.iHi voqcalarni tushunishini va unda ularni tahlil qilish ko‘nikmalari hosil b Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling