Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Takrorlash uchun savollar


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Takrorlash uchun savollar:
1. Insonni qanday fanlar o’rganadi?
2. Inson va jonivorlar uchun umumiy bo’lgan qanday xususiyatlar mavjud?
3. Insonni boshqa jonzotlardan ajratib turuvchi qanday xislatlarni ko’rsatib
bera olasiz?
4. Insonning "o’zligi"ni qanday ta ’riflash mumkin?
5. "Individ" va "individuallik" tushunchalari nimani aks ettiradi?
6. "Inson" va "shaxs" tushunchalarining bir-biridan qanday farqi bor?
7. Shaxsning tarkib topishiga ta’sir ko’rsatuvchi qanday omillar mavjud?
8. Shaxs jamiyat tarixida qanday rol o’ynaydi?
3-m avzu. Qadimgi dunyoda ijtimoiy fikrlar
1. Qadimsi Misr va Mesovotamivada inson va jamiyat xaaidasi qarashlar.
M a’lumki insoniyat madaniy 
qadimgi Mesopotamiya, Misr, Xitoy 
Gretsiya va Rimda uchratamiz.
taraqqiyotining 
, Hindiston,
17
rinj dastlab 
dimgi


Q adim gi M isr. 
Qadimgi Misrdagi kishilarning dunyo, jamiyat, inson va insoniy 
munosabatlar haqidagi qarashlarini miloddan oldingi III - II ming yilliklarda ushbu 
xalqning afsonalarida, Plutarxning "Isida va Osiris haqida", Gerodotning "Tarix" 
asarlarida uchratamiz.
Qadimgi dunyo kishilarining, shu jumladan, qadimgi misrliklaming 
dunyoqarashi o ’zining afsonaviyligi (mifologik xarakteri) bilan ajralib turadi. 
Ularning qarashlarida borliq va olamning amal qilishi (ontologiya), insonning 
dunyoni bilish imkoniyatlari masalalari (gnoseologiya) hali o ’zining qat’iy va 
tugallanganligiga etib kelmagan (bunga antik Gretsiyada erishiladi). Ular 
dunyoning vujudga kelishi, tabiiy tartibot mazmuni, inson mavjudligining 
mazmuni nimada ekanligi to ’g’risidagi dastlabki tabiiy savollarga ko’proq 
afsonalar tarzidagi javoblardir. Afsonaviy dunyoqarash esa ko’pincha diniy 
dunyoqarash bilan uyg’unlashib ketadi. 
Plutarxning fikricha, misrliklar Ra 
xudosini dunyoning yaratuvchisi deb hisoblashadi. Bu xudo shuningdek Osiris
Isida, Seta va boshqa xudolarni hamda dastlabki insonlarni yaratgan. Vaqt o’tishi 
bilan qarib va kuchsizlanib qolgan Ra xudosiga boshqa xudolar va kishilar 
bo’ysunmay q o ’yishadi. Ana shunda Raning tashabbusi bilan xudolar kengashi 
chaqiriladi va unda kishilami jazolashga qaror qilinadi. Uni amalga oshirish Xator 
xudosiga topshiriladi, u erga tushib kishilami halok qilishga kirishadi. Nihoyat Ra 
kishilarga rahm qiladi va qirg’inbarotga chek qo’yiladi. Qartayib qolganligi bois 
Ra podshohlik qilishdan voz kechadi. Radan so’ng ketma-ket uning uch juft 
farzandlari - juft xudolar podshohlik qilishadi. Podshohlik qilgan so’nggi juft 
xudolar - Osiris va Isida hisoblanadi. Ular kishilami yaxshi xulqli qilib 
tarbiyalashga intiladilar va ular orasida madaniyatni keng yoyishga harakat 
qiladilar. Osirisning vafotidan so’ng podshohlik qilish yarim xudolarga o ’tadi. 
Ulardan so’ng esa podshohlik qilish kishilarga nasib etadi.
O ’zlarining hukmronligini yanada mustahkamlash maqsadida shohlar 
o ’zlarini u yoki bu xudoning o ’g ’li deb e’lon qiladilar. Misrda hukmdorlar firavn 
deb atalgan. Qadimiy podshohliklar davrida firavn shaxsini ulug’lash, uni 
xudoning o ’g ’li deb e’lon qilish, to ’g’rirog’i uni erdagi xudo deb bilish o ’sha davr 
uchun tabiiy holat edi. Yuz berayotgan barcha siyosiy hodisalar er va osmondagi 
xudolar istagining ko’rinishi deb tushunilardi. Bu haqda Misrdagi piramidalarining 
ichki devorlarida hozirgacha saqlanib qolgan yozuvlar, firavnlar sha'niga to ’qilgan 
gimnlar dalolat beradi. Shunday yozuvlardan bizgacha saqlanib qolganlaridan biri 
- "Ptaxotepning nasihatlari"dir. U mil.o. Ill m ing^illikda yaratilgan bo’lib, shu 
nomdagi vazim ing nomidan olingan. Unda kishilarning tengsizligiga tabiiy hodisa 
sifatida qaraladi. Past tabaqadagi kishi yomon, yuqori tabaqa kishisi esa yaxshi, 
ahamiyatli, muruvvatli kishi deb hisoblanadi. Past kishi yuqori tabaqadagi kishiga 
bo’ysunishi lozim. Ayni holda yuqori tabaqa kishisi past tabaqa kishilariga rahm- 
shafqat qilishi lozim, ularni xo’rlamaslik va ularga yomonlik qilmaslik kerak. Bu 
Misrda o ’sha paytda ko’pxudolik - politeizm mavjudligidan dalolat beradi. Firavn 
Amenxeton IV (Exnaton) davriga kelib (mil.o. 1419-1400 yillar) Quyosh xudosi 
hisoblanmish Atonga yagona xudo sifatida sig’inish joriy qilingan.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling