Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Aqlga m onand bo’lm agan 
(ya’ni yomon, "noto’g’ri") davlat shakllarida 
esa humdorlar o ’z shaxsiy manfaatlarini o’ylaydilar.
U ideal davlat deb qanchalik ko’p miqdordagi quldorlarga yaxshi hayot 
kechirishning maksimal imkoniyatini yaratib bera oladigan davlatni tushunadi. 
Erkin fuqarolar (kambag’allar) va qullar siyosiy huquqlardan mahrum bo’lishi 
kerak. Ideal davlat mehnat qurollari, er va qullarga xususiy mulkchilikka 
asoslanadigan davlatdir.
27


Shuni eslatib o’tish kerakki Aristotel barcha sohalarda, shu jumladan 
davlatda ham «oltin o ’rta» qoidasiga rioya qilinishi lozimligini ta ’kidlagan. 
Q adim gi Rim . 
Miloddan oldingi III asrdan boshlab O ’rta er dengizi atrofidagi 
hududda Rimning mavqei o’sa boshlaydi. U oddiy shahar respublikasidan qudratli 
imperiyaga aylanadi. Mil.o. II asrga kelib u qadimgi dunyoning asosiy hududlarini 
tasarruf eta boshlaydi. Qadimgi Gretsiya ham uning iqtisodiy va siyosiy ta'siri 
ostiga tushadi. Ana shu davrdan boshlab Rimda grek falsafiy fikri ta’sirida o’ziga 
xos maktablar, yo’nalishlar tarkib topadi.
M ark T u lliy Sitseron 
(mil.o. 106-45). Mashhur siyosatshunos va notiq. 
O ’zining ijtimoiy qarashlarida Sitseron Rim jamiyati yuqori qatlamlarining vakili 
sifatida eng yaxshi jam iyat uch asosiy davlat shakllarining, ya’ni monarxiya
aristokratiya va demokratiyaning o ’zaro sintezidan hosil bo’ladi, deb hisoblagan. 
Davlatning maqsadi, uning fikricha, fuqarolar uchun xavfsizlikni va mulkdan erkin 
foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Axloqiy masalalarda Sitseron stoiklar kabi insondagi fazilatlarni tahlil 
qilishga qaratadi. Inson aqlga ega mavjudot sifatida xudoga monand xislatlarga 
ega. U hayotning barcha qiyinchiliklarini iroda kuchi bilan engishni eng ulug’ 
fazilat hisoblaydi. Bunda insonga turli falsafiy yo’nalishlar yordam beradi. Ular 
ana shunday fazilatlarga erishishda odamga turli usullarda ko’mak beradi. SHu 
ma’noda Sitseron barcha falsafiy maktab va yo’nalishlarning hissalarini bir 
butunlik sifatida yig’ishga maslahat beradi.
"O’z xalqiga oliy hokimiyatdan foydalanish imkoniyatini bera olgan 
jamiyatgina erkinlikning haqiqiy qo’rg’onidir", degan ajoyib fikr Sitseronga 
tegishlidir.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling