Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

A ristotel 
(mil.o. 384-322). Uning maktabini ko’pincha peripatetiklar 
maktabi deb ham atashadi (peripateo - sayr qilaman), chunki u o ’z g ’oyalarini 
shogirdlari bilan sayr qilish jarayonida muhokama qilardi. Aristotel antik davrdagi 
bilimlarning ilk ilmiy tizimini yaratgan mutafakkirdir.
Uning fikricha inson ijtimoiy mavjudotdir. Davlat jamoalar ittifoqining 
rivojlangan shaklidir, jamoa esa - rivojlangan oiladir. Aristotel quldorlar sinfining 
vakili sifatida o ’z ijtimoiy qarashlarida ulaming fikrlarini aks ettiradi. Uning 
fikricha ba’zilaming taqdiriga tug'ilgandan hukmronlik qilish, ba’zilarga esa 
ijrochilik yozilgan bo’ladi. Ana shu tabiiy holatga jamiyatning qullar va 
quldorlardan tuzilganligi mos keladi. SHunday bo’lsada u haddan ortiq boyib 
ketishga jamiyatdagi mu’tadillikni buzish sifatida qarshi chiqadi.
Aristotel fikricha erkin kishilar jamiyati uch sinf vakillaridan tashkil topgan. 
Bular - haddan tashqari boyib ketganlar, ulaming qarama-qarshisi bo’lgan haddan 
ortiq kambag’allar va ana shu sinflar orasida joylashgan o’rta tabaqadagilar. 
Davlatning mohiyati muayyan baxt-saodat (boylik)ka erishish uchun o'zaro 
birlashgan kishilarning siyosiy tashkilotidir. Uning fikricha uch xil yaxshi va uch 
xil yomon davlat shakllari bor. Monarxiya, aristokratiya va politiyalar davlatning 
yaxshi shaklini, tiraniya (monarxiyaning buzilgani), oligarxiya (aristokratiyaning 
buzilgani), demokratiya (politiyaning buzilgani) esa davlatning yomon shaklini 
tashkil qiladi.
M onarxiya 
(yoki podshoh hokimiyati) - Aristotelning fikricha eng qadimiy 
hokimiyat shaklidir, u bir kishining boshqaruvini anglatadi. Bunda boshqaruvchi 
hammaga mos keluvchi umumiy manfaatni ko’zlaydi.
A ristokratiya 
- ko’pchilik manfaati yo’lida xizmat qiluvchi kamchilikning 
hokimiyati.
Politiya 
- nisbatan mustaqil iqtisodiy mavqega, muayyan ta’lim senziga va 
to ’liq siyosiy huquqlarga ega bo’lgan jamiyatdagi o’rta tabaqaga suyanuvchi davlat 
tizimi. Bu tizim Aristotoel fikricha eng yaxshi davlat boshqaruv shaklidir. CHunki 
u boylarning manfaatlarini chegaralab turadi va jamiyatdagi kambag’al tabaqalarni 
ham davlat boshqarishda ishtirok etishini ta’minlaydi.
Aristotel fikricha aynan o ’rta sinflar boshqaruvchi kuch bo’la olsalar, juda 
ham katta boylik va haddan ortiq kambag’allikdek qarama-qarshi qutblar 
o’rtasidagi ziddiyatni engishga qodirdirlar.
Aqlga m onand 
(ya’ni yaxshi, "to’g ’ri") davlat boshqaruv shakllarida 
(monarxiya, aristokratiya, politiya) hukmdorlar umumiy manfaatni maqsad qilib 
oladilar. 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling