Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
Q adim gi G retsiya.
Qadimgi YUnonistonda dastlabki falsafiy fikrlar miloddan oldingi Vll -V I asrlarda Milet maktabi donishmandlari qarashlari sifatida vujudga kelgan. Undan ilgari esa dunyoqarash tarzi boshqa xaiqlarda bo’lganidek afsonaviy xarakterda edi. 23 Milet maktabi vakillari Fales (mil.o. 640-562), Anaksimandr (mil.o. 611- 546), Anaksimen (mil.o. 585-524)lar dunyoning, demakki insonning yaratilishini g’ayritabiiy ibtidolarga bog’lovchi afsonaviy qarashlarga zid o ’laroq moddiy ibtido bilan bog’lashadi. Bunday moddiy asos Falesda - suv, Anaksimandrda - apeyron, Anaksimenda — havodir. Masalan, Anaksimandrning fikricha, apeyronning quyuqlashuvi va suyuqlashuvidan issiqlik va sovuqlik ajralib chiqadi hamda er va uning ustini o ’rab olgan olovsimon bulut yuzaga kelgan. Harakatchan havo olovsimon bulutni yorib o’tib uch xalqani yaratadi. SHunday qilib yulduzlar, quyosh va oyning uchta doirasi vujudga kelgan. Er harakatsiz holda dunyoning o’rtasida joylashgan. "Dastlabki xayvonlar namlikda paydo b o ’lishgan, ularda qobiqlar va paypaslagichlar mavjud b o ’lib, q irg ’oqqa chiqqanlaridan keyin qiyofalarini o ’zgartirishgan". Odamlar esa hayvonlardan paydo bo’lishgan. Xudolar dunyo va insonning vujudga kelishida ishtirok etishmaydi. G erak lit (mil.o. 540-480). Uning fikricha, barcha narsalaming ibtidosi olovdir. "Dunyoni xudolardan ham insonlardan ham hech kim yaratmagan, и doimo goh alangalanib turuvchi, goh o ’chayotgan olov b o ’lgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo 'lib qoladi". Geraklit kelib chiqishiga ko’ra aristokrat oiladan, shuning uchun ularni yoqlab chiqadi va hokimiyat ulaming, ya’ni "yaxshilarning" qo’lida bo'lm og’i kerak. deb hisoblaydi. U bu yaxshilarni yoqlab shunday deb yozadi: "Birgina eng yaxshi narsa hamma narsadan a ’lo: abadiy shuhrat barcha о ’tkinchilardan a ’lo. Xalq hayvonga o ’xshab qornini o ’ylaydi". Uning fikricha kishilar tabiatan tengdirlar. Ammo kimdir o ’z hayotida olovning moddiy turiga bo’ysunadi, bunday kishilar ko’proq hissiyotlariga ko’ra harakat qiladilar, aksincha o ’z hayotida aqlni ustun quyuvchi kishilar uchun olov logosdir, y a’ni aqlli va ilohiydir. Kishilar o’zlaridagi ana shunday logoslari (aqllari) bilan farq qiladilar. "Q o’pol ruhga ega bo'lgan kishilarning k o ’zlari va quloqlari yom on guvohlardir",- deydi u. Bundan uning aqliy bilishni hissiy bilishdan ustun qo’yishi ko’rinadi. Bu bilan yuqori tabaqa vakillari, yaxshi kishilar, aqlli kishilar oddiy xalqdan yuqori qo’yiladi. Demak, kishilar tabiatan teng bo’lsalarda, ammo haqiqatda baribir teng emaslar. Ularning ko’plari logos bo’yicha yashamaydilar, balki o ’zlarining xohishi va fikrlari bo’yicha yashaydilar. Bunday kishilarning hayoti - "bolalarning o’yiniga" o ’xshaydi, ya’ni ular o’z xohishlarining qulidirlar. U dunyoda barcha narsalar va munosabatlaming nisbiy ekanligini ko’ra olgan: • "Dengiz suvi ayni paytda ham toza, ham iflosdir: и baliqlar uchun foydali va kerakli, odamlar uchun esa iflos va zararli". • "Eng chiroyli maymun odamga nisbatan ju d a xunukdir". Baxt tananing farog’atidan emas, balki to ’g’ri fikrlash va to ’g ’ri gapirish hamda tabiatga muvofiq harakat qilmoq, unga auloq solmoqdan iborat. Olam hech kim - na xudolar, na kishilar tomonidan yaratilgan. Dunyo kabi xudolarning o’zi ham olovdan tashkil topgan. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling