Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


K onfutsiv (K un-Szi, mil.o


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

K onfutsiv (K un-Szi, mil.o. 
551-479). U o’z davrining ijtimoiy voqeligini 
tanqid qildi va o ’tmish davrlarni ko’kka ko’tarib barcha kishilar intilishi lozim 
bo’lgan barkamol, komil inson (szyun-szi) idealini ko’tarib chiqdi. Barcha kishilar 
taqlid qilishi lozim bo’lgan yuksak axloqli szyun-szi, Konfutsiy fikricha, quyidagi 
ikki sifatga - insoniylik va burch (insof) hissiga ega bo’lishi lozim. Insoniylik 
Konfutsiy tomonidan juda keng tushunilgan va unda quyidagi sifatlar - oddiylik, 
adolatlilik, vazminlik, yaxshi xislatlilik, beg’arazlik, insonni sevish va hokazolar 
aks etishi aytilgan. Insoniylik (jen) - oliy, deyarli erishib bo’lmaydigan idealdir, u 
barcha konkret etuklik, takomilliklarning yig’indisi bo’lib, unga faqat o’tmishda 
yashaganlar erishgandilar; mazkur kishilar qatoriga Konfutsiy o’zini va ancha erta 
vafot etgan shogirdi Yan Xueyni ham kiritadi. Ammo barkamol inson bo’lish 
uchun jenning o ’zi kifoya qilmaydi. Buning uchun burch hissi (i) ham bo’lishi 
zarur va u boshqacha emas, aynan ana shunday hatti harakat qilishga ichki 
ishonchdan kelib chiqadi. Burch - axloqiy majburiyat bo’lib, u insonparvar 
kishining o ’ziga qo’yadigan talablarini bildiradi. Burch hissi odatda hisob-kitob 
bilan emas, bilim va oliy tamoyillar bilan belgilanadi. "Oliyjanob kishi burch 
haqida o ’ylaydi, past kishi esa foydani", - deydi Konfutsiy. Shuning uchun 
Konfutsiy "i" tushunchasiga bilimga intilish va o'tmishdagilarning donoligini 
anglashni ham qo’shadi. Bundan tashqari, Konfutsiy tomonidan barkamol inson 
sodiqlik va sofdillik (chjen), odoblilik, odat va an’analarni bajarish kabi xislatlarga 
ham ega bo’lishi lozimligi ta’kidlanadi.
Ana shu tamoyillarga rioya qilish oliyjanob szyun-szini haqiqiy insonlikka 
olib keladi, u yoshligida shahvoniy intilishlardan (suqlanishdan), etukligida 
janjaldan va keksaligida xasislik-qurumsoqlikdan o’zini tiyishi lozim. Haqiqiy 
szyun-szi ovqatga, boylikka, foydaga va hayotiy gulayliklarga befarq bo’lishi 
kerak. U o ’zini butunlay oliy maqsadlarga, kishilarga xizmat qilishga va haqiqatni 
izlashga bag’ishlashi kerak.
Shunday qilib, Konfutsiyning "oliyjanob kishisi" - ijtimoiy ideal bo’lib, 
insonga tilanadigan yaxshi fazilatlar kompleksidan iborat. Konfutsiyning hurmati 
osha borishi bilan uning mazkur abstrakt-xayoliy ideali barcha uchun, ayniqsa 
miloddan oldingi III asrdan milodning III asrigacha Xitoy konfutsiylik imperiyasi 
sifatida nom chiqargan Xan davri olim-mansabdorlari, m a’mur-byurokratlari 
uchun namuna (etalon) vazifasini bajargan.
Ko’rinib turibdiki, Konfutsiy haqiqatan ham o’z atrofidagi mavjud 
adolatsizlikka zid ravishda oliy axloq uchun kurashuvchi, yaxshi xislatli oliyjanob
22


inson idealini yaratishga harakat qilgan. Ammo hayotda ko’pincha yuz berganidek, 
uning ta ’limoti rasmiy tus ola borgan sari uning mazmuni emas, balki o'tmishga 
ko’r-ko’rona intilish, yolg’ondakam soddalik va xushfazilatlilik kabi tashqi shakliy 
tomonlar oldingi o’ringa chiqa boshlagan. O ’rta asrlarda Xitoyda har bir kishining 
ijtimoiy tabaqaning qaysi darajasini egallaganiga qarab bajaradigan hatti- 
harakatlarining qat’iy ishlab chiqilgan qoidalari va stereotiplari paydo bo’ldi va 
mustahkamlandi. "Xitoy marosim va udumlari" tushunchasida ko’pincha ana 
shunday qat’iy hatti-harakatlar yig’indisi ko’zda tutiladi. Hayotning har qanday 
davrlari, har qanday voqea, xursandchilik va g ’amginlik paytlari, tug’ilish va 
o ’lim, maktabga borish va mansabga ko’tarilish - hamma hammasi uchun qat’iy 
belgilangan va bajarilishi majburiy bo’lgan yurish-turish qoidalari amal qilgan. 
Xan davrida ana shu udumlar jamlanib yurish-turish kodeksi bo’lgan Litszi traktati 
ishlab chiqildi. Shunday qilib, Konfutsiyning szyun-szi ta’limoti kuchli byurakratik 
apparatga ega bo’lgan markazlashgan imperiyaning maqsadlariga uyg’unlashtirildi 
va ana shunday asoslarda keyinchalik xitoy davlatchiligining hashamatli binosi 
qurildi.
Konfutsiyning jamiyat haaidasi t a ’limoti. Konfutsiyning fikricha jamiyatni 
(davlatni) ilohiylashtirilgan imperator va mutafakkirlar, adabiyotchilar va 
mansabdorlardan iborat guruh boshqarishi lozim. Konfutsiy davlatni katta bir oila 
sifatida tushungan, uning boshqaruvchisi - "Osmon o’g’li" bo’lib, u xalqning ham 
otasi, ham onasi hisoblanadi, fuqarolar esa uning o ’g’illaridir. "Osmon osti 
mamlakati" qanday bo’lishi kerakligi haqida shunday deydi: "Ota ota bo’lmog’i, 
o’g ’il - o ’g ’il bo’lmog’i, podshoh - podshoh bo’lmog’i lozim". Bu dunyodagi 
betartiblik va xaosda hamma narsa o’z o’miga ega bo’lishi kerak, hamma o’zining 
burchi va majburiyatini bilishi va o’zining ishini bajarishi kerak, degan fikrni 
anglatadi. Ana shu taxlit tuzilgan jamiyatda ikki asosiy kategoriyadagi: yuqori 
darajadagi - fikrlaydigan va boshqaradigan kishilar va, past darajadagi - mehnat 
qiladigan va bo’ysunadigan kishilar mavjud bo’lishi kerak. Ana shunday ijtimoiy 
tartibotni Konfutsiy ham, uning shogirdi va konfutsiychilikning ikkinchi asoschisi 
Men-szi (mil.o. 372-289) va ularning barcha izdoshlari ham afsonaviy o’tmish 
donoligidan boshlanuvchi, abadiy va o’zgarmas narsa deb hisoblaganlar. 
Jamiyatning yuqori va past darajaga bo’linishi kishining boy yoki taniqli oilada 
dunyoga kelishiga emas, balki uning bilimdonligi va xushxulqligiga qarab 
belgilanishi kerak - y a’ni u kishining szyun-sziga qanchalik yaqin bo’lishi bilan 
bog’liq.
Bunday mezon (kriteriy, o ’lchov) har qanday kishiga ijtimoiy pillapoyalarda 
yuqori darajaga ko’tarilishga imkon beradi. Amalda esa bu juda qiyin edi: chunki 
amaldorlar tabaqasi oddiy xalqdan engib o’tish juda qiyin bo’lgan to’siq -
"ierogliflar devori", ya’ni savod darajasi bilan ajratib qo’yilgan edi.
3. Oadimsi Gretsiva va Rimdasi ijtimoiy s ’ovalar tizimi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling