Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

"individuallik" 
tushunchasini ham ishlatamiz. Shuni aytish kerak-ki, bu tushuncha shaxsning bir 
butunligini, uning hamma tomonlarini aks ettirmaydi. balki insonning o’ziga xos 
jihatlarini, uni boshqalardan ajratib turuvchi, faqatgina ana shu insonda mavjud 
bo’lgan xususiyatlarni, noyob xislatlarni bildiradi. Masalan, "yorqin individuallik" 
so’zlari o ’sha so’z qaratilgan kishida o’ziga xos sifatlarning bir nechasi namoyon 
bo’lganligini bildiradi. Aslini olganda har qanday inson dunyoda yagona va 
qaytarilmasdir.
"Shaxs" tushunchasi individ o’zida boshqa kishilar bilan muloqotdagina 
tarkib topdiradigan alohida sifatlar borligini ko’zda tutadi. Ijtimoiy taraqqiyotning 
mahsuli bo ’Igan individ sifatida ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirgan insondagi 
ijtimoiy xususiyatlarning bir butunligi, yaxlitligi shaxs tushunchasida aks etadi. 
Demak, har qanday jamiyatda odamning sotsial struktura va ijtimoiy jamoalar 
tomonidan qamrab olinganligi, ularga kirganligi nuqtai nazaridangina insonga 
shaxs sifatida qarash mumkin. Har bir shaxsning o’zi bir olamdir. Shu ma’noda 
Gyote: «Har bir inson butun bir dunyodir. Bir shaxsning vafoti bilan butun bir 
olam yo’q bo’ladi», deganida benihoya haq edi.
3. Shaxsnins tarkib topishiea ta ’sir ко 'rsatuvchi omillar.
Shaxsning tarkib topishi juda ko’p ta’sirlar ostida kechadi. Ular tabiiy atrof- 
muhitning xususiyatlari yoki insonni o’rab turgan ijtimoiy xarakterdagi turli 
hodisalardir. Ulaming eng muhimlari quyidagilardir:
1. 
Shaxsning tarkib topishiga eng avvalo u tug’ilgan paytda olgan 
individning genetik xususiyatlari ta ’sir ko’rsatadi. Avlodlardan irsiyat yo’li bilan 
o’tgan xususiyatlar inson xarakteri, uning dunyoni qabul qilish va boshqalami
15


baholashi kabi tomonlariga ta ’sir ko’rsatib, shaxs tarkib topishining asosi 
hisoblanadi.
2. Inson shaxsi tarkib topishiga jism oniy qurshov katta ta ’sir ko’rsatadi. 
Bunga atrofizimdagi tabiiy muhit iqlimini ko’rsatish mumkin. Turli iqlimda 
yashovchi kishilar bir-biridan farq qilishadi. Masalan, tog’da, cho’lda yoki tropik 
changalzorlarda yashovchi kishilar hayoti va yurish-turish shakli, dunyoni qabul 
qilishi yoki faoliyatlari bilan farqlanadilar. Hatto bir urug’, elat yoki millatga 
mansub kishilar bir birlaridan ularning qurshovi xususiyatlariga ko’ra keskin 
farqlanadilar. Buni ularning odatlari, an'analarida ochiq kuzatish mumkin.
3. Inson shaxsi tarkib topishiga ta ’sir qiluvchi uchinchi omil madaniyatning 
ta ’siridir. Har qanday madaniyat muayyan ijtimoiy normalar va qadriyatlar 
yig’indisiga ega. Ular muayyan jam iyat yoki ijtimoiy guruh uchun umumiy 
hisoblanadi. Shu sababli har bir madaniyat vakillari ana shu normalar va 
qadriyatlar tizimiga nisbatan sabr-toqatli bo’ladilar, ular o’z madaniyatlariga 
tegishli va unga yaqin kishilar bilan aloqaga, hamkorlikka tez va engil kirishadilar.
4.Shaxs tarkib topishiga ijtimoiy (sotsial) qurshov ham ta’sir qiladi. Ana shu 
omilni individda shaxsiyatga oid sifatlarni vujudga keltiruvchi asosiy omil deb 
hisoblash mumkin. Ijtimoiy voqelikning ta ’siri ijtimoiylashuv (sotsiallashuv) 
jarayoni orqali amalga oshiriladi. Sotsiallashuv jarayonida individ o ’z guruhiga 
tegishli normalarni o ’zlashtiradi va ana shu individda uning o ’ziga xosligini, 
yagonaligini, qaytarilmasligini ifodalovchi shaxsiy "o’zligi" vujudga keladi. Shaxs 
bir necha shakllarda, masalan, taqlid qilish, boshqa kishilarning ta ’siri, turli hatti- 
harakat shakllarini umumlashtirish orqali ijtimoiylashishi mumkin. Individning 
jamoaviy madaniy normalarga ijtimoiylashuvi muvaffaqiyatsiz amalga oshgan 
taqdirda mojarolar va ijtimoiy chetlanishlar, og’ishlar, tartibsizliklar yuz berishi 
mumkin.
5. 
Shaxs tarkib topishining beshinchi omili insonning shaxsiy tajribasidir. 
Bu omil ta’sirining o’ziga xosligi shu bilan ifodalanadiki, har bir kishi o ’z hayoti 
davomida turli xil vaziyatlarga tushadi va bunda boshqa kishilar va atrof muhitning 
ta ’sirini his qiladi. Ana shunday vaziyatlarning ketma-ketligi har bir kishi uchun 
qaytarilmas ahamiyatga ega, u yuz bergan ijobiy yoki salbiy vaziyatlardan kelib 
chiqib kelgusi vaziyatlarga tayyorgarlik ko’radi. Shaxs tarkib topishida insonning 
o ’ziga xos, qaytarilmas individual tajribasi katta ahamiyatga ega.
4. Jamiyat hayotida insonnins о ’m i. Вцуик shaxs maqomi.
Jamiyat unda yashayotgan va birgalashib faoliyat yuritayotgan kishilarning 
o ’zaro munosabatlari tufayli rivojlanadi. Minglab yillar davom etgan uzoq tarix 
davomida er yuzidagi har bir xalq, har bir millat, har bir davlat uning taraqqiyotiga 
ozmi-ko’pmi ta’sir qilgan ko’plab kishilar nomini tilga olishi mumkin. Shu 
yo’nalishda fikr yuritish bizni kishilarning jamiyat hayotiga ta ’siri haqidagi 
masalani ko’rib chiqishga olib keladi.
Bu masalaga kirishishdan ilgari shuni eslatib o’tish joizki, muayyan xalq
millat yoki davlat uchun o’z xizmatini singdirgan, uning tarixida iz qoldirgan va 
shu bilan birga o ’z nomini ham tarixda qoldirgan konkret shaxslar ana shu xalq, 
millat yoki davlat bilan yonma-yon mavjud bo’lgan boshqa xalq, millat, davlatlar
16


uchun ham xuddi shunday ahamiyat kasb etadi, deyish katta xatodir. Aksincha, 
biror xalq, millat yoki davlat uchun dohiy hisoblanuvchi kishilar, boshqa xalq, 
millat yoki davlatlar uchun salbiy ahamiyat kasb etishi mumkin. Bu o’rinda misol 
tariqasida qadimgi grek hukmdori Aleksandr Makedonskiyning yoki mug’ul xalqi 
vakili Chingizxonning, fransuz imperatori Napoleonning yoki fors hukmdori 
Kirning, o ’zbek sarkardasi Amir Temurning yoki somoniylar davlati asoschisi 
Ismoil Somoniyning va boshqa ko’plab nomi tarix sahifalarida qolgan kishilarning 
faoliyatiga ular tegishli bo’lgan xalq va ularga tobe bo’lgan xalqlar vakili sifatida 
nazar soladigan bo'lsak, ularning tarixdagi o’rni va faoliyatiga beriladigan baholar 
bir xil bo’lmaydi, albatta. Shu ma’noda tarixda barchani qoniqtiradigan, hamma 
uchun umumiy bo’lgan baho bo’lmagan, yo’q va bo’lmaydi ham. Insonlarga
ularning faoliyatiga, u yoki bu jamiyatga beriladigan baholar xususida ham xuddi 
shunday deyish mumkin.
Ana shu fikrlardan ma’lum bo’ladiki, jamiyat tarixida har bir kishi o’ziga 
xos o ’ringa, ahamiyatga ega. Ular orasida esa o’z xalqi, millati, jamoasi, jamiyati, 
davlatiga o’zining bilimi, faoliyati bilan boshqalardan ko’ra ko’proq xizmat qilgan, 
ta'sirini o’tkazgan kishilar ham mavjud. Atoqli shaxs, buyuk arbob yoki buyuk 
shaxs maqomi ana shunday kishilar faoliyatini, ularning ahamiyatini e’tirof etish 
uchun ishlatiladi.
Har bir jamiyat, har bir alohida, nisbatan mustaqil, o ’ziga xos xususiyatlari 
bilan boshqalardan ajralib turuvchi jamoa, xalq unga mos keluvchi shaxslami 
vujudga keltiradi. Shu ma’noda shaxs jamiyatning mahsuli.
Jamiyatning tarixiy taraqqiyotini ko’zdan kechirar ekanmiz davlat tizimi 
xususiyatlari ham m a’lum ma’noda shaxsning vujudga kelishi va uning tarixdagi 
roliga ta ’sirida o’z o’rniga egaligini ko’ramiz. Davlat boshqaruv shakllarining 
monarxiyaga, ya’ni yakka hukmronlikka asoslangan shakllarida alohida olingan 
shaxslarning ahamiyati katta bo’lgan. Buni tarixdan ko’plab misollar bilan 
tasdiqlash mumkin.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling