Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
2. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida. Inson. individ. shaxs tushunchalari.
Odamning hayvonot olamidan ajralib chiqishi notirik tabiatdan tiriklikning kelib chiqishiga o’xshash buyuk bir hodisadir. Lekin bu sohada hali anchagina afsonaviy va sirli muammolar yo’q emas. Antroposotsiogenez masalasini ob’ektiv ravishda tadqiq qilish hayvonot va insoniyatni bir-biridan ajratib turadigan asosiy belgilar mehnat, til, tafakkur tushunchalari bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Bu borada asosiy so’z marksizm asoschilarigacha ham aytib o’tilgan edi, ular esa o’zlarigacha mavjud bo’lgan ilmiy yutuqlarni umumlashtirib bera oldilar. Masalan, buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida odam jamoaviy mavjudot, degan fikrni uchratish mumkin, amerikalik ma'rifatparvar B. Franklin (1706-1790) ham odamni mehnat qurollari yaratuvchi maxluq, degan fikrni aytgan edi. Ba’zibir ilmiy farazlarga ko’ra eng dastlabki oddiy ishlab chiqarish qurollarining vujudga kelishi juda uzoq davom etgan jarayondir. Bu o’rinda shuni unutmaslik kerakki, antroposotsiogenez jarayonida mehnatning roli masalasini naturalistik, ayniqsa mexanistik tarzda izohlash mutlaqo noto’g’ri. Bunga bir butun jarayon sifatida yondoshmoq kerak. Bordi-yu, biz agar avvalo "mehnat" paydo bo’lib, keyin "jamiyat", undan keyin "til", "tafakkur", "ong" deb qaraydigan bo’lsak, mutlaqo xato qilgan bo’lamiz. Yana shunday qarashlar ham borki, ularga ko’ra ong paydo bo’lgunga qadar sodir bo’lgan qurol ishlab chiqarish faoliyati qadimgi odamlarning poda-poda, gala-gala yashashlariga ta’sir qilib. ularning asta-sekin jamiyatga birlashishlariga olib kelgan. Masalan, eng dastlabki ishlab chiqarish qurollari ov qilishga (binobarin, hayvonlarni o ’ldirishga) mo’ljallangan. Bu qurollar yordamida qadimgi ajdodlarimiz orasida ко 'tarilgan to ’qnashuvlar bostirib turilgan. Bunday janjallar, to ’qnashuvlar asosan erkaklar orasida urg’ochilar (ya’ni ayollar)ni himoya qilish, "urg’ochilar galasi"ni qo’riqlash shaklida yuz bergan. Eng asosiy masala shunda ediki, endigina tug’ilib kelayotgan mehnat gala- gala b o'lib yashayotganlar dunyosida o ’z rivojini topishi kerak edi. Uni keng qo’llay bilish yo’l-yo’riqlarini o ’rganish kerak edi. Va bunday jarayon... million yillar evaziga... o'zaro uyushgan kishilik jamiyatini vujudga keltirdi. Insonning ikki xil tabiatga egaligi (binar xususiyatliligi) unga ikki tomondan nazar tashlaganda namoyon bo’ladi. Bir tomondan, inson oziq-ovqat eyish, suv ichish, avlodni davom ettirish, xavfsiz bo’lishga intilish kabi ehtiyojlariga ko’ra biologik mavjudot sanaladi. Shu ma’noda unda boshqa hayvonotlar kabi genetik mustahkamlangan qaytarilmas o’ziga xoslik va noyobliklar, instinktlar mavjud. Bu 14 jihatdan inson hayvonlardan o’rganishga, bilishga qobilligi, boshqa kishilar bilan o'zaro munosabatlari tufayli o’z hatti-harakatini o’zgartirishi bilan farq qiladi. Boshqa tomondan esa, inson o’zining tafakkurini, individual xarakterini va atrof-muhit haqidagi bilimlarini boshqa kishilar bilan bo’ladigan muloqotlari yordamida doimo rivojlantirib boradi. Boshqa odamlarning ta’sirisiz inson hayvonlar darajasida qolgan bo’lardi. Demak, uni boshqa individlar bilan aloqadorliklari tufayli, odamlar jamoasi qurshovida tarkib topgan ijtimoiy mavjudot deyish mumkin. Ijtimoiy voqelikni o’rganayotganda inson tabiatining ana shu xususiyati doimo hisobga olinishi kerak. Chunki u ba’zi hollarda o’zidagi biologik ehtiyojlar va instiktlar boshqaruvida bo’ladi, boshqa vaziyatlarda esa uning hatti-harakati madaniyat va ijtimoiy munosabatlarning belgilovchiligi ta’sirida yuz beradi. Inson tabiatining ikki xilligi uning mohiyatini, insondagi asosiy xislatlarni ifodalovchi tushunchalarga ham o ’z ta’sirini ko’rsatdi. Insoniyat jamiyatining a’zolari haqida gapirganimizda biz turli nuqtai nazarlardan kelib chiqamiz va bunda turli tushunchalardan foydalanamiz. Eng ko’p uchraydigan tushuncha individ tushunchasidir. Bu tushunchadan foydalanganda insoniyat jamiyatining alohida bir a’zosini ajratib ko’rsatamiz. Bunda insonning sifatlari e ’tiborga olinmaydi, ular ikkinchi planga ketadi. Shuning uchun "individ" deganda uning shaxssizligini ta’kidlaymiz, bu tushuncha orqali istagan har bir kishi aks ettirilishi mumkin. Biz ko’pincha inson shaxsi haqida gapirganimizda Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling