Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

bioijtimoiy mavjudot 
deb 
tasavvur qilish kengroq tarqalgan. Bunda ko'proq uning biologik va ijtimoiy 
tomonlariga, tog‘rirog’i ulaming birligiga ko‘proq e’tibor beriladi. Ana shu nuqtai 
nazarni quyidagi bir-ikki holatni esdan chiqarmagan holda to ’g‘rideb atash 
mumkin: birinchidan, inson tanasi jismoniy hisoblanuvchi qismlardan iborat, 
shuningdek unda ximiyaviy qonuniyatlarga bo'ysunuvchi jarayonlar yuz beradi, 
y a’ni u o ‘ziga xos fizik jism va kimyoviy moddadir, shulardan kelib chiqib uni
11


fizikoxim ik xu susiyatli tanaga ega bo‘lgan bioijtim oiy m avjudot 
deyilsa 
to g ‘riroq bo‘ladi; ikkinchidan, faqatgi^a jns0n emas, balki boshqa ko‘plab 
jonivorlar ham ijtimoiy deb ataluvchi yashash shakllariga bo‘ysunadi. Shu 
ma’noda «bioijtimoiy» atamasida insonga torroq nazar tashlangan, undagi ba’zi 
jihatlar ana shu atama doirasidan tashqarjmumkin.
Inson undagi barcha turli-tuman tabiiy jihatlari va xususiyatlari bilan birga 
tabiatning mevasi hisoblanadi, shu bilan birga u o ‘ziga tabiiylikdan farq qiluvchi 
madaniyatni ham uzviy ravishda sing(jjrgan Shu ma’noda u Erdagi tabiat 
evolyutsiyasining gultoji hisoblanadi. O ’ziga xos madaniy xislatlarga ega 
bo’lishiga qaramay bu mavjudot tabiat qonunlari doirasidan tashqariga chiqa 
olmaydi.
Antik falsafadan tortib hozirgi kungacha insonning tabiatini aniqlashga 
muayyan e ’tibor berilgan. Masalan, kiniklar inson tabiatini tabiiy yashash tarzi 
hamda moddiy ehtiyojlar va istaklarni cheklashda ko’rganlar, Epikur esa uni inson 
va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan sezgilarda, Seneka va stoiklar esa - aqlda 
ko’rishgan. Marksizm ta ’limotida esa insonning ijtimoiy mohiyatiga urg’u 
berilgan.
Inson tabiiy-ilmiy izlanishlar ob’ekti sifatida uch aspektda ko’rib chiqiladi: 
1) vujudga kelishi jihatidan; 2) undagi tabiiylikka oid va ijtimoiylikka oid 
tomonlarning o ’zaro munosabati jihatidan; 
3
) insonning turli-tuman xususiyatlarini 
maxsus tabiatshunoslik usullari bilan o’rganish jihatidan. Birinchi y o ’naiish -  
antropologiya — odam qachon, nimadan, qanday qilib vujudga kelganligini va 
uning hayvonlardan qanday farqi borligini o ’rganadi. Ikkinchi yo ’nalish — 
sotsiobiologiya - inson faoliyatining ge^etik asoslarini hamda insonda fiziologik, 
psixik va ijtimoiy tomonlarning o ’zaro rnUnosabatini o’rganadi. Uchinchi y o ’naiish 
esa inson tanasi, miyasi, uning ongi, rul|jyatj Va shu kabilarni o ’rganuvchi tabiiy- 
ilmiy va ijtimoiy-gumanitar fanlardir.
Umuman odam bolasi paydo l v i g anidan buyon va toki u mavjud ekan, 
unda bir-biridan farq qiladigan ikki ibtij0 mavjud. Uning vujudi, tanasi talablari 
odamni 
dunyodagi boshqa barcha jonivorlar, hayvonlar olamiga, tabiatga 
yaqinligini, ular bilan umumiy tomonlarjni anglatadi. Insonning ma’naviy, ruhiy 
barkamollikka erishish istagi esa unda ruhiyatga xos asos ham bor ekanligini 
bildiradi. Boshqacha so zlar bilan aytg^nda esa> bu uning ayni paytda ilohiyotga 
taalluqli hilqat ekanligini ham anglatadi. 
Ana shu ma’noda, bir tomondan. 
insoniyat, shu jum ladan har bir odart^ tjrjk modda sifatida Erning muayyan 
moddiy-energetik jarayonlari doirasi, ya’ni biosfera bilan chambarchas bog’langan. 
U hech qachon jism oniy jihatdan ana shu jarayonlardan hattoki biror minut ham 
mustaqil, alohida bo’la olmaydi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda kishilar o’z 
tanalarining tarkibi jihatidan Er yuzidagj boshqa jonzotlar bilan aynan bir xildirlar. 
Ularning barchasi ximiyaviy elementlai-njng kombinatsiyalaridan iborat. Ular fizik 
jism sifatida fizik qonunlarga buysunadilar. Organizmlardagi o’zgarishlar esa 
ximiyaviy jarayonlar hisoblanadi. Boshga tomondan esa. u o’zining ana shu jismiy 
cheklanganligi bilan yashashdan q o n iq m ^ jj у aqlga, ma’naviyatga, ruhiyatga 
taalluqli asosga ega bo’lganligi tufayli orzu-umidlar, maqsadlar, «har tomonlama
12


asoslangan» g’oya va nazariyalar ishlab chiqish orqali yanada mukammalroq, 
yanada barkamolroq bo’lishga va o ’z atrofidagi moddiy borliqni ham ana shu 
«ma’naviy» modellarga moslab qayta qurishga intiladi.
Shu jihatdan ko’p asrlardan buyon insonni o ’rganuvchi tadqiqotchilarni 
o’ziga jalb qilib kelayotgan insondagi ma’naviy tomon, uning ruhiyati, ta’bir joiz 
bo'lsa, uning "o’zligi" (ba’zi manbalarda "Men"i) nima ekanligi ham haligacha 
to’liq aniqlanmagan bo’lib, ilmiy izlanishlar ob'ekti hisoblanadi. Haqiqatan ham, 
bizning ichki dunyomiz, bizning ruhimiz, "Men"imizning o ’zi nima? U qanday 
vujudga keladi? U qaerda joylashgan?
"Men ko’ryapman", "Men eshityapman" kabi fikrlardan shu narsa aniq 
bo'ladiki, kimdir ko’ryapti, eshityapti. Ana shu kimdir menman. Demak, "Men" -
bu ana u narsaning kitobligini, bu narsaning esa guldastaligini tushunadigan, ularni 
farqlaydigan odamdir. Inson tug’iladi, o’sadi va o’zini "men" deb ataydigan 
bo’ladi. Aynan u quvonch va og’riqni, jahl va zavqni his qila oladi. U o ’zini "Men" 
deb ataydi, o ’zining dunyoda mavjudligini anglaydi hamda dunyodagi barcha 
boshqa narsa va hodisalami "Men emasman" deb o’zidan ajratadi. Aslini olganda 
bizning o’zimiz ham, shuningdek, bizdan boshqa kishilar ham o ’zini "Men" 
deyishga qodir bo’lgan, faoliyat ko’rsatuvchi, fikrlaydigan jismoniy tanalardir.
"Men ko’ryapman" degan ibora nimani anglatadi? Qat’iy ravishda ta’kidlash 
mumkinki. jismimiz, tanamiz ko’rmoqda. Demak, bizning ko’rishga, eshitishga 
qobil bo’lgan jismimiz, tanamiz - "Men"imizdir. Boshqacha so’zlar bilan aytganda 
o’zini boshqalardan ajrata oladigan, ulardan farqli ekanligini hamda o’zining 
alohidaligini his qila oladigan tana, jism qisqacha "Men" degan kishilik olmoshi 
bilan ataladi. Bizning fikrimizcha, o’zbek tili xususiyatlarini e ’tiborga oladigan 
bo’lsak. mazkur tushunchani insonning "Meni" deb emas, insonning "o’zligi" deb 
atagan ma’qulroq.
Inson dunyodagi eng yuksak rivojlangan jonzot. Unda tana, jismiylik bilan 
chambarchas bog’langan "ong", "jon", "ruh", "o’zlik", "ma’naviyat" va boshqa 
so’zlar bilan ataluvchi tomonlar ham bor. Keling, ana shular nima ekanligini 
tushunishga harakat qilaylik. Obrazli qilib aytadigan bo’lsak, odamdagi sezgilar 
"ma’naviylik"ning "eshik-derazalari" hisoblanadi. Chunki sezgilar, hissiyotlarsiz 
ruhiyatning o’zi bo’lmaydi, boshqacha aytganda, har qanday fikr his-tuyg’ular 
"kiyimida" yuzaga chiqadi. " 0 ’zlik"ning navbatdagi pillapoyasi tuyg’ular, 
keyingisi esa tasavvurlardir. Aynan tasavvurlar inson ongi, tafakkurida mavjud 
mazmunning mavhum shakldaligini ta’minlay olish qobiliyati hamdir. Shu 
ma’noda fikrlar, tafakkur, aqlimiz, uning barcha murakkabligi (orzular, xayollar, 
g’oyalar, fantaziyalar, xotiralar, iroda, istaklar, qadriyatlar va shu kabi abstraktlik 
"kiyimini kiya oladigan" "o’zligimiz"ning boshqa elementlari) tasavvurlar bilan 
birlashib, omixta, ba’zan mahzun, ba'zan quvnoq, ba’zan jahldor, ba’zan yana 
boshqa bir kayfiyatlarni namoyon etadi.
Ong, tafakkur inson "o’zligi"ning yuksak bosqichi, u hissiyot, tuyg’u va 
tasavvur negizida, ularning natijasi sifatida vujudga keladi. Tafakkur faqatgina aks- 
in’ikos emas, u ijod hamdir. U tabiatda "so f1 holda mavjud bo’lmagan qadriyatlar 
ijodidir. Masalan, "Cho’li iroq"ni tinglashda bizda vujudga keluvchi hayot navolari 
cholg’u asboblaridan yangrayotgan akustik tebranishlarda mavjud emas, yoki,
13


O ’rol Tansiqboevning "Chorvoqda oqshom" kartinasi, Levitanning peyjazlarida 
aks etayotgan mahzunlik xolstga surilgan bo'yoqlar ximiyasida yo’qdir. Ular 
bizning m a’naviyatga oid ongimiz xususiyatlari, "o’zligimiz"da mavjuddir, xolos. 
Shu m a’noda inson ongining, "o’zlik"ning sirliligi shundaki, tabiatdagi, fizik, 
ximik va boshqa xususiyatlar qanday qilib go’zallik, yaxshilik, foydalilik, or- 
nomus, haqiqat, adolat kabi inson hayotining asosi va maqsadlariga aylana 
oladilar? Bu masala insonning o’zi kabi qadimiydir, toki inson bor ekan u doimo 
yangi tortishuvlar mavzusi bo’lib qolaveradi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling