Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

D em okrit 
(mil.o. 460-370). Atomistik ta’limot asoschilaridan biri. Uning 
fikricha dastlabki 
kishilar suv va balchiqdan 
paydo bo’lgan. 
Kishilar 
chuvalchangga o ’xshab, hech qanday ilohiy kuchsiz, erdan paydo bo’lishgan.
24


Hatto insonning joni ham dumaloq, tez harakatchan, mayda zarra (atom) lardan 
tuzilgan. Jon tana bilan birga o ’ladi. Xudolar ham insonlar kabi atomlardan 
tuzilgan, ular ham insonlar kabi o’tkinchidir, faqat ular uzoqroq yashaydilar. Uning 
fikricha qo’rquv hissidan dinlar kelib chiqqan. U shunday deb yozadi: "Kishilar
о ’zlarining aqlsizliklarini yashirish maqsadida butlarni о ’ylab topganlar".
Demokrit jamiyatning "tabiiy ravishda" kelib chiqishini tabiiy ehtiyojlarni 
qondirishning sodda usuli sifatida tushuntirib bergan. Uning fikricha kishilar 
dastlabki paytlarda "tartibsiz va hayvonlarcha yashaganlar... ular dalalarda kezib 
yurishar va eyishga yaroqli о 'tlar hamda yovvoyi о ’simliklarning mevalarini terib 
eyishardi. Yovvoyi hayvonlar hujum qilgan taqdirda ular birlashib bir-birlariga 
yordam berishardi. Qish paytida ular g ’orlarda yashar va и erda uzoq 
saqlanadigan mevalarni saqlardilar. S o ’ngra ular olovni va boshqa narsalarni 
bilib oldilar, s o ’ngra esa sa n ’at va birgalikda yashashga foydali b o ’lgan narsalar 
kashf qilindi. Chunki ehtiyoj kishilarga barcha narsalarni anglatadigan ustozdir".
Yaxshi xislatli bo’lishning asosiy usuli ishonch va axloqiy tarbiyadir. 
Insonni majbur qilish yo’li bilan yaxshilab bo’lmaydi. Uning ijtimoiy qarashlari 
mulkdorlar sinfini, grek quldorlik demokratiyasini yoqlashga bo’ysundirilgan. 
Masalan, u qullami odam deb hisoblamagan - ular jonli qurollardir va 
xo’jayinning buyrug’iga itoat etishlari kerak. Qullar u ilgari surgan axloqiy 
normalardan mahrumdirlar. Bu axloqiy normalar erkin kishilarga taalluqli. 
Quldorlik tuzumining qo’rg’oni - davlatdir. Davlatning emirilishi bilan barcha 
narsa o’ladi. Shu nuqtai nazardan u davlat qonunlarini buzgan kishilarni qattiq 
jazolash kerak, jazoga loyiq kishiga rahm-shafqat qilinmasligi lozim, deydi.
Uning fikricha barcha narsada me’yor bo’lishi lozim, u ezgu va baxtli hayot 
uchun zarurdir. Me’yordan ortiq lazzatga berilgan, chegarani bilmagan kishilar 
Demokrit fikricha axmoq va tentak bo’lib, o ’z kulfatlariga o’zlari aybdordir. Faqat 
donishmand kishigina o ’z ehtiroslarini engishi mumkin.
Barcha 
go’zallik 
o ’rtachalikdadir, 
menga 
na 
mo’l-ko’lchilik, 
na 
etishmovchilik yoqadi, deydi Demokrit. U barcha narsada "oltin o’rta" yaxshidir, 
deydi. Jismoniy jihatdan o’z dushmani oldida kuchli bo’lgan kishi emas, balki o’z 
xohishlarini tiya oladigan kishi kuchlidir, degan edi u. Shunday kishilar borki, 
o’zlari shahar ustidan hukmron bo’ladilaru, lekin ayollari oldida qulga o’xshab 
ta’zim qiladilar.
Platon 
(mil.o. 427-347). Uning fikricha moddiy dunyo g ’oyalar, ideyalar 
dunyosining soyasidir. Shuning uchun dunyodagi barcha narsa va hodisalar 
o'tkinchi, ular dunyoga keladi, o ’zgaradi va tanazzulga yuz tutadi. G ’oyalar esa 
doimiy, o’zgarmas va abadiydir.
Platon kosmologiyasi ham idealistik ruhdadir. Uning fikricha Kosmos 
yagona va sharsimon shaklga ega bo’lib, abadiy emas, balki yaratilgandir. 
Kosmosning markazida Er joylashgan bo’lib, u planetalar va ettinchi osmondagi 
qo’zg’almas yulduzlar bilan qurshalgan. Osmon jismlarini u jonli narsalar, xudolar 
deb qaragan. Ular jonli bo’lgani sababli harakatlana oladilar.
Platonning fikricha, davlat kishilarning o’z asosiy ehtiyojlarini qondira 
olmaganliklari natijasida vujudga kelgan. U o’z ijodida real amal qilayotgan 
jamiyatni tahlil qilishni emas, balki uning ta’limotining mantiqiy oqibati bo’lgan
25


ideal davlat g ’oyasini yaratishga harakat qilgan. Ideal davlat uchta ijtimoiy 
guruhning jamiyati sifatida vujudga keladi. Ular hukmdorlar - faylasuflar, 
qo’riqchi-strateglar - harbiylar va ishlab chiqaruvchilar - dehqonlar va 
hunarmandlardir. Mazkur uch guruh ruhning, jonning uch qismiga mos tushishadi, 
ya’ni faylasuflarda jonning aqliy qismi ko’proq, harbiylarda uning iroda qismi 
belgilovchilik qiladi, dehqon va hunarmandlarga esa ruhning hissiyot va mayllari 
rahbarlik qiladi.
Platon tilga olgan to ’rt yaxshi xislat ular o ’rtasida quyidagicha taqsimlangan: 
donolik faylasuflar xislati, jasurlik harbiylar xislati, o ’rtachalik mehnatkashlar 
xislati. T o’rtinchi xislat adolatlilik esa ularning barchasi ustidan hukmronlik qilib 
turadi va ulaming hech biriga maxsus tegishli emas.
Platon quyidagi amal qilayotgan davlat idora qilish shakllarini ko’rsatib 
o’tadi: aristokrativa (u aristokratik monarxiyadan aristokratik respublikani ustun 
qo’yadi), timokrativa (halokatga tomon borayotgan shakl, u harbiy kuchga 
tayanadigan bir necha kishilar hokimiyati), undan pastroqda savdogarlarga, 
sudxo’rlarga suyanuvchi bir necha kishilar hokimiyati bo'lgan oligarxiya. undan 
ham pastroqda qora xalq, ommaning hokimiyati bo’lgan demokratiya va nihoyat, 
aristokratiyaga qarshi turuvchi diktatura bo’lgan tiraniva. Platonning fikricha 
davlatning yomon shakllari, salbiy modellari timokratiya, tiraniya va oligarxiya 
hisoblanadi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling