Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

M esop otam iya. 
Miloddan avvalgi IV ming yillikda Tigr va Evfrat daryolari 
atrofidagi vodiylar (Meopotamiya deb atalgan) dastlabki quldorlik davlatlari
18


vujudga kelgan hududlar hisoblanadi (hozirgi Iroq, Eron, Suriya, Quvayt 
hududlari). U erda avval Akkad shahar-davlati, so’ngra Ur shahar-davlatiga asos 
solingan. Ana shu davlatlar negizida miloddan oldingi II ming yillikning dastlabki 
yuz yilligida Bobil (Vavilon) shahar-davlati qad ko’taradi. Bobil davlati o’z 
taraqqiyotining 
cho’qqisiga 
miloddan 
oldingi 
XVIII 
asrda, 
Xammurapi 
podshohligi davrida erishadi. Bu podshohning hukmronligi davrida mashhur 
Xammurapi qonunlari ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur qonunlar xudolarning 
irodasi sifatida taqdim qilingan.
Xuddi shu davrda gullab-yashnagan Shumer quldorlik davlatida ham mavjud 
ijtimoiy munosabatlar xudolarning irodasi sifatida tushuntirilgan va ularni 
o ’zgartirish insonlarning qo'lidan kelmasligi uqtirilgan. Uning yorqin ifodasi 
"Xo’jayinning qul bilan suhbati" nomli falsafiy asarda o’z ifodasini topgan. Unda 
ham mavjud tartiblarga qarshi chiqish xudolar irodasiga qarshi chiqish 
hisoblangan, podshoh irodasini, mavjud davlat tuzumini o’zgartirish mumkin 
emas, deb xulosa chiqarilgan.
2. Oadimei Hindiston va Xitovdasi ijtimoiy fikrlar.
Q adim gi H indiston. 
Qadimgi Hindiston insoniyat madaniy taraqqiyotiga katta 
hissa qo’shgan mamlakatlardan biri sanaladi. Agarda hozirgi paytgacha 
noaniqligicha qolayotgan, yaratilish davri miloddan oldingi 2500 - 1700 yillarga 
taalluqli hindu (xarrap deb ataluvchi) madaniyatiga nazar solsak uning naqadar 
qadimiy ildizlarga egaligiga imon keltirasan kishi. Bizga ma’lum bo’lgan 
manbalarga esa miloddan oldingi 1500 - 600 yillarda yaratilgan Vedalar, keyinroq 
yozilgan Upanishadlar, hind eposlari "Mahobhorat", "Ramayana" kiradi.
Vedalarning yaratilishi Qadimgi Hindistonga shimoldan oriylarning kirib 
kelishi, ularning ko’chmanchi chorvachilikdan o’troq dehqonchilikka o’tishi, 
dastlabki davlatlarning vujudga kelishidek murakkab ijtimoiy voqelik bilan 
birgalikda kechgan.
Shuni eslatib o ’tish joizki, oriylar miloddan oldingi ikkinchi ming yilliklarda 
Bolqondan Eniseygacha va shimoliy Xitoygacha bo’lgan hududda yashaganlar. 
Miloddan oldingi ikkinchi ming yillikning so’nggi choragida ular iqlimning 
o’zgarishi sababli o ’z joylaridan to ’rt tarafga qarab ko’cha boshlaganlar. Ulaming 
ba’zi qabilalari Evropaga kelishgan va ulardan yunonlar, lotinlar, keltlar, tevtonlar 
kelib chiqqan, degan ilmiy fikrlar mavjud. Oriylar va ularning Evropadagi 
qarindoshlari (germanlar, slavyanlar, greklarning ajdodlari) majusiy (butparast, 
ya’ni ko’p xudolarga sig’inuvchilar) bo’lishgan hamda o’simliklar, hayvonlar
tabiat hodisalarini muqaddaslashtirishgan. Oriylar terisi qora xalqlar orasida tarqala 
boshlagach, o ’zlarining qonini toza saqlashga alohida e’tibor berishgan, shu 
maqsadda ularda kishilarning tabaqaviy bo’linishi vujudga kelgan. Hindistonda 
ular to’rt tabaqani vujudga keltirganlar: ruhoniylar-braxmanlar, harbiylar- 
kshatriylar, dehqonlar-vayshilar, xizmatkorlar-shudralar.
Bu 
esa jam iyat 
hayotining 
ierarxiyasini 
(ya’ni 
kishilar 
ijtimoiy 
qatlamlarining munosabatini) aks ettirgan qarashlarni ham vujudga keltirgan. 
Shuning uchun Vedalarda kishilarning 4 varnaga (tabaqaga) bo’linishini davrning 
aksi sifatida tushunmoq kerak. Bu quyidagicha izohlangan: Olam kosmosdek
19


gigant masshtabga ega va ayni paytda o'zida "barcha narsani - shu jumladan 
o ’tmish va kelajakni ham ifoda etuvchi" ibtido - Purushaning turli qismlaridan 
bunyod b o ’lgan. Undan Er, osmon, Quyosh, Oy, o’simliklar, xayvonlar, insonlar, 
ijtimoiy guruhlar (varnalar), ibodatga oid predmetlar va gimnlar vujudga kelgan. 
"Uning ovozi braxmanlarga (y a ’ni ruhoniylarga), qo'llari kshatriylarga (y a ’ni 
harbiylarga), sonlari vayshilarga (ya ’ni dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlarga) 
va oyoqlari shudralarga (y a ’ni qoraxalqqa) aylandilar".
Ularning diniy e’tiqodlarida ma’budlarga qurbonlik keltirish alohida 
ahamiyatga ega bo’lgan. Ana shunday paytda kuylanadigan marosim qo’shiqlari, 
tantanali gimnlar, qurbonlik urflari keyinchalik hind oriylarida alohida Vedalar 
sifatida namoyon bo’ladi. Ana shunday Vedalar to’rttadir - Rigveda, Samaveda, 
Yadjurveda, Atxarvaveda.
Miloddan oldingi VI asrda Shimoliy Hindistonda 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling