Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

T it L ukretsiy Kar 
(mil.o. 95-55). Grek faylasuflari Demokrit va Epikuming 
izdoshi va atomistik ta’limotning davomchisidir. Uning fikricha, Er va boshqa 
dunyolar tabiiy sabablarga ko’ra paydo bo’lishgan.
Lukretsiy jam iyat vujudga kelishini ham tabiiy rivojlanish oqibati deb 
hisoblaydi. Uning fikricha odamlar dastlab "yarim yovvoyi" holatda, uy-joy va 
olov nimaligini bilmay yashaganlar. Moddiy madaniyatning rivoji kishilar galasini 
jamiyatga aylantirgan. Uning fikricha jamiyat, ijtimoiy muassasalar (huquq, 
qonunlar) kishilar o’rtasida tuzilgan o’zaro kelishuv natijasidir.
Lukretsiy dunyoqarashi ochiq ateistik xarakterdadir. U nafaqat xudolarga bu 
dunyoda o ’rin yo’q deb hisoblaydi, balki ularga har qanday ishonchga ham o’rin 
bo’lmasligi kerak, deydi. U o ’limdan keyingi hayot va shu kabi diniy afsonalami 
qat’iy tanqid qiladi. Uning fikricha xudolarga ishonch qo'rqinch va tabiiy hodisalar 
sababini bilmaslikning natijasidir.
Axloq sohasida Lukretsiy Epikurning baxtli va xotirjam hayot kechirish 
tamoyilini davom ettiradi. Baxtga erishish yo’li bilimdir. Inson baxtli hayot 
kechirish uchun qo’rquvdan, xususan, xudo oldidagi qo’rquvdan xalos bo’lishi 
kerak.
Epikurchilik va stoiklar ta’limoti Rimda nisbatan uzoq vaqt saqlanib qoldi. 
Biroq 313 yilda xristianlikning rasmiy davlat diniga aylanishi bilan Lukretsiy 
ta'lim oti va stoiklar dunyoqarashi quvg’in ostiga olinadi.
28


Rim stoiklari orasida ko’zga ko'ringanlari Seneka, Epiktet va Mark Avreliy 
hisoblanadi.
Seneka (mil.o. 4 - milodiy 65). Rim imperiyasidagi "senator"lardan keyingi 
ikkinchi qatlam bo’lmish "chavandozlar" qatlamiga mansub. U imperator 
Neronning tarbiyachisi bo’lgan. Neron hukmronligining ikkinchi yili unga 
bag’ishlab "Rahmdillik haqida" asar yozadi. Unda Seneka Neronni hukmdor 
sifatida mu’tadil bo’lishga va davlat ishlarida respublika ruhini saqlashga 
chaqiradi. 64 yilgi yong’indan so’ng u ham ayblanib, davlat ishlaridan 
chetlashtiriladi va o’z joniga qasd qilib, vafot etadi.
Uning deyarli barcha asarlari axloqiy masalalarga bag’ishlangan. "Jahl 
haqida", "Baxtli hayot haqida", "Bo’sh vaqt haqida", "Yaxshi fazilatlar haqida" va 
boshqa asarlarida Seneka inson va insoniy munosabatlar, xislatlar to’g ’risidagi 
fikrlarini bayon qiladi.
Senekaning fikricha borliqdagi barcha narsa va hodisalar q a t’iy zaruriyat 
hukmi ostida bo’lib, bu narsa xudoning irodasi bilan belgilangan. Inson tabiat bilan 
monand yashashi lozim. Inson hayotining qanday kechishi uning taqdiri qanday 
belgilanganiga bog’liq.
Seneka yashab turgan davrda fuqarolik huquqlarining cheklanishi va 
respublikaga xos fazilatlaming kamayishi uni kelajakka shubha bilan qarashga olib 
keladi. "Hayot uch davrga bo’linadi: o ’tmish, hozir va kelajak. Ular ichidan biz 
yashab turgan davr qisqadir; endi yashashimiz kerak bo’lgan davr esa shubha 
ostidadir, faqatgina biz yashab bo’lgan davr muayyandir. Faqat ugina mustahkam, 
unga taqdir ta’sir qilmaydi, ammo uni hech kim orqaga qaytara ham olmaydi".
Seneka inson hayotida boylik to’plash, hurmat-e’tibor va mansabga 
intilishni qoralaydi. "Kishi qanchalik balandlasha boshlasa, u shunchalik halokatga 
yaqinlashadi", deydi u ijtimoiy mavqe haqida. Lekin uning o’zi o ’zining ana 
shunday chaqiriqlariga rioya qilmagan va o’z davrining eng boy-badavlat va 
Rimdagi hayotga ta’sir qiluvchi kishilardan biri bo’lgan. Shu ma’noda uning 
hayotini "Mullaning aytganini qil, ammo qilganini qilma" maqoliga qiyoslash 
mumkin. Ana shu jihatga uning e’tiborini qaratganlarida u bunga "Baxtli hayot 
haqida" asarida shunday javob beradi: "... barcha faylasuflar o’zlari qanday 
yashayotganlari haqida emas, balki qanday yashash kerakligi haqida gapiradilar. 
Fazilatlar haqida gapiraman, ammo o ’zimniki haqida emas. Gunohlarga qarshi 
kurashaman, bunda esa o’zimning shaxsiy gunohlarimga ham qarshi chiqaman, 
qachonki ularni engib o ’tsam, qanday yashash kerak bo’lsa, shunday yashayman".
Seneka hayotning mazmuni ruhiy jihatdan absolyut tinchlanishga erishishda 
deb biladi. Bunga erishish yo’llaridan biri o’limdan qo’rqishni engishdir. Buning 
uchun inson faol hayotdan chetlashishi va o’z individual hayotiga, faqatgina 
o’zigagina taalluqli bo’lgan masalalarga e’tibor qaratishi kerak.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling