Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- T akrorlash uchun savollar
- 4-m avzu. O ’rta O siyo m utafakkirlarining inson va jam iyat haqidagi ta ’lim otlari
M ark A vreliy Antonin
(121-180). Rim imperatori, stoiklarning taniqli vakili. Uning hukmronligi davrida yuz berayotgan ijtimoiy krizislar ancha kuchaygan. Hukmron tabaqalar mavjud tartibotlarni o’zgartirishga harakat qilishmagan. Stoiklar axloqiy ta’limotiga mavjud tartiblami saqlab qolish usuli sifatida qaralgan. Mark Avreliy "inson hukmiga bo’ysunadigan yagona narsa - 29 uning fikrlaridir", deb hisoblagan. "O’z qalbingga qara! U yaxshilik manbaidir. unga e ’tibor bera olsak, u buloq suvi kabi to ’xtovsiz oqadi". Mark Avreliy dunyo to ’xtovsiz o ’zgarishda deb hisoblaydi. Inson intilishlarining maqsadi yaxshi fazilatlarga erishishdir. U inson o’z flkrlarini, hatti- harakatini adolatga bo’ysundirishi lozim deb hisoblagan. Aslini olganda Mark Avreliy so’nggi stoik hisoblanadi. Keyinchalik uning qarashlaridagi insonning o’z- o ’zini dunyoviy aqlga, logosga, xudoga bo’ysundirishi lozimligi haqidagi fikrlari keyinchalik xristianlik ta ’limotiga bo’ysundirilgan. T akrorlash uchun savollar: 1. Qadimgi Misr va Mesopotamiyadagi ijtimoiy fikrlar qanday xarakterda bo’lgan? 2. Odamlar orasidagi tengsizlik Qadimgi Hindiston braxmanlari tomonidan qanday izohlangan? 3. Buddizmdagi to ’rt haqiqat g ’oyasining mazmunini tushuntirib bering. 4. Qadimgi Xitoy dunyoqarashi boshqa Sharq mamlakatlari dunyoqarashidan nimasi bilan farqlanadi? 5. Konfutsiyning ijtimoiy fikrlaridagi asosiy g ’oyaning mazmuni nimada? 6. Qadimgi Gretsiya va Rim ijtimoiy fikri taraqqiyotiga hissa qo’shgan mutafakkirlarning ta ’limotlari va ularning tarixiy xizmatlarini tushuntirib bering. 4-m avzu. O ’rta O siyo m utafakkirlarining inson va jam iyat haqidagi ta ’lim otlari I . О 'rta Osivoda islomsacha bo ’Isanijtimoiv fikrlar: zardushtiylik. monivlik. mazdakivlik Markaziy Osiyoning islomgacha bo’lgan davrdagi tarixini, xususan ijtimoiy hayot haqidagi tarixini o ’rganish uchun qadimgi yozuvlar, zardushtiylikning "Avesto" nomli muqaddas kitobi, qadimiy O ’rxon-runiy matnlari, xitoy manbalari, qadimgi grek mualliflari Gerodotning "Tarix" va Strabonning "Geografiya" asarlari hamda shu kabi bir qator manbalar katta ahamiyatga ega. B a’zi farazlarga ko’ra, Avesto taxminan miloddan oldingi IX asrdan IV asrga qadar tuzilgan. Avesto zardushtiylik hukmronlik qilgan turli mamlakatlarda yaratilgan. Dastlabki qarashda Avesto go’yo so f diniy kitobdek tuyuladi. Ammo bunday emas, unda ikki jihatni: diniy-mifologik va falsafiy jihatlarni bir-biridan farq qilmoq zarur. Avesto ta ’limotiga ko’ra, dunyoda ikki kuch: yaxshilik va yomonlik kuchlari mavjud bo’lib, ular bir-birlariga abadiy va murosasiz dushmanlik qilib keladilar. Yaxshilik kuchlariga Axura Mazda, yomonlik kuchlariga Anxra Manyu boshchilik qiladi. Insonning hayotini, uning baxli yoki baxtsiz bo’lishini ana shu kurashning natijasi belgilab beradi. Bir tomondan, zardushtiylik falsafasida inson sub’ekt sifatida emas, balki xudo ta’sir ko’rsatadigan ob’ekt sifatida ish tutadi, y a’ni insondan yo’lboshchilar, podsholar va kohinlarning "o’ta insoniy" obrazlari keltirib chiqariladi. Bu jihatdan zardushtiylik xristianlik va iudaizm bilan o ’xshashdir. Bu ikkala dinda ham insonni xudo "o’z tani va joniga" o ’xshatib 30 .......i f , hi Jin mi instill vii xudo иушш hir xildir. Ikkinchi tomondan, inson чtubiliuning xl/innlknri, siunoviy va duyoviy hokimlar xohish-irodasini bajo l > linm i In inlldii maydoga chiqadi. Ammo shunday bo’lishiga qaramay, .*i.1 11 .1 111 \ hi. suliisli iroda va tanlash erkinligini inkor etmaydi. КI’lluliii o '/ iiiiiiiliy ishlari, axloqiy sifatlari bilan yaxshilikka moyil • I .mill I,...... I с i ..itishlnri va bu bilan yovuz kuchlarga qarshi kurashda ezgu mill.in i In miilii.liislilaii lo/.im. Zardusht yomonlikka ixlos qo'yganlar uchun itliiiilul iiliinl n/nli in|iilmilai layyorlab qo’ygan. Ana shu sababdan ham inson o ’z • ... и '....... . majburiyat olar ekan, uni ado etish uchun javobgar bo’lishi tlntkni Vw in mehnat moddiy noz-ne’matlar manbai bo’lganligi uchungina emas, i'ill i 11 и Iin.it axloqiy xususiyat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun ham иi .• Him iiK'hnat qilishga chaqiradi. Zero, zardushtiylik etikasiga ko’ra, saxovatli I"* 1 1 h uchun inson birinchi galda mehnat qilishi, o’z qo’li bilan noz-ne’mat saialishi zarur. SHu boisdan ishyoqmaslik barcha nuqsonlarning koni, deb qaralishi tasodifiy emas. "Don ekkan kishi, taqvadorlik urug’ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik i tiqodini olg’a suradi, u imonni oziqlantirib turadi..." ("Yasna", 32). Bu qonunni hajarish 10 ming marta ibodat qilish bilan baravar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. I kin ekish - demak erdagi yovuzlikni yo’qotishdir, chunki "don etilganda devlami ler bosadi, tegirmon paydo bo’lganda devlar gangib qoladilar, un chiqqanda devlar sarosimaga tusha boshlaydilar, non paydo bo’lgan paytda devlar qo’rqqanlaridan zo'r berib dod soladilar" ("Yasna", 32). Mehnatning favqulodda ulkan ahamiyatga ega ekanligi xususida Avestodan ko’p fikrlami keltirish mumkin. Unga ko’ra inson oliy mavjudot sifatida meh(iat qilish, moddiy noz-ne’matlar yaratish va etishtirish qobiliyatiga ega. Bordi-yu, u ana shu qobiliyatni ro’yobga chiqarmasa, unda o’z insonlik mohiyatidan mahrum bo’ladi, yolg’onchilik va yovuzlik kuchlariga ma’qul tushadigan yow oyiga aylanadi. Mehnat insondagi insoniy ko’rsatgichdir, u insonning axloqiy xulq- atvoriga baho berishda mezon bo’lib xizmat qiladi. Zardushtiylik etikasining xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, Avestoda ko’pgina axloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan abstraksiya shaklida bayon etiladi. Yaxshi f i k r - Axura Mazdaning xususiyati, yovuz f ik r - Anxra Manyuning xususiyati. Yovuz ruhlar - devlar, jinlar, iblis va boshqalar - gunohlar, adashishl'ar, illatlar va hokazolarning insoniy shaklda berilishidir. Avestoda axloq-odob qoidalari quyidagi uchlikda: Humata (Yaxshi fikr), Hukta (Yaxshi so’z), Hvarshta (Yaxshi ish)da ifodalanadi. "Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman" ("Yasna", 14), deb ta’kidlaydi Axura Mazda. Insonning fikri, uning so’zlari va ishlariga bir-biriga qarama-qarshi ikki kuch: Voxu Mana ("Ezgu fikr") va Ako Mana ("Yovuz fikr ") ta’sir ko’rsatadi. "Barcha fikrlar, so’zlar va ishlar ichida aslida Ezgulik va Yovuzlik yotadi" ("Yasna", 30). Avesto tadqiqotchilarining fikricha, yaxshi fikr deganda ilohiy qonun ruhidagi, yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtojlik va xavf-xatar ostida 31 qolganda ko’maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt va saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda yashash, do’stlikka nisbatan musaffo bo’lish g’oyalari tushuniladi. Inson o’z fikr-xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va jaholatga berilmaydi, chunki bunday holatda u yaxshi niyatini yo’qotadi, burch va adolatni unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ajralmas xislati edi. Uning axloq to ’g ’risidagi tasavvurlari - o ’zi mansub bo’lgan jam oa bilan uzviy bog’langandir. Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Individualizm ibtidoiy insonga yot edi. Xullas, u jam oaga, jam oa esa unga mansub bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi - urug’chilik jamiyatining xarakterli belgisidir. Vaqt o ’ta borishi bilan ilgarigi axloqiy tushunchalar shaxsiy mazmun kasb eta boradi. Masalan, ancha keyingi davrlardagi zardushtiylikda "yaxshi so’zlar" deganda ahdlarga rioya qilish, berilgan so’zning ustidan chiqish, savdo-sotiq ishlarida halol bo’lish, qarzlarni to ’lash, o’g ’rilik va talonchilik qilmaslik, o ’zgalarning molini o ’ziniki qilib olmaslik, buzuqlikdan o ’zini tiya bilish va hokazolar tushunilgan. Zardushtiylikning bu xildagi yo’l-yo’riqlari urug’chilik tuzumining emirilish davriga xosdir. Milodning III asriga kelib, ya’ni Zardushtiylikdan ming yil keyin Eronda moniylik (manixeychlik) vujudga keladi va u III-XI asrlar mobaynida Shimoliy Afrikadan Xitoygacha bo’lgan ulkan hududda tarqaladi. VIII-IX asrlarda u Markaziy Osiyoda mustahkam o ’rin egallaydi va uyg’urlarning davlat dini darajasiga ko’tariladi. Moniylikning asoschisi 216-276 yillarda yashagan forsiyzabon Moniy hisoblanadi. U o ’z qarashlarini Zaratushtra, Budda va lisus Xristos qarashlarining davomi deb hisoblaydi. Moniylik jism va ruhning, yaxshilik va yomonlikning, yorug’lik va zulmatning o ’zaro munosabatlarini bir necha bosqichlar mobaynidagi o ’zaro ta’sirini tadqiq qiladi va hayotning ana shu bosqichlardagi o ’ziga xosliklarini tushuntirib berishga intiladi. Moniylik fikricha inson moddiylik (zulmat)ning ijodi bo’lib o ’ziga ruhni (yorug’lik uchqunlarini, ijobiylikni) qamab olgan. Ammo u materiyaning quyoshda ilg’agan dastlabki inson obrazida yaratilgan. Shuning uchun ham u o ’zida dunyodagi boshqa moddiy jism va jonivorlardan farqli ravishda ko’proq ilohiylik xususiyatlariga ega. Inson tanasida qamab olingan ruhni qutqarish uchun Muqaddas ota inson qiyofasini olgan o’g ’li Iisusni yuboradi. U kishilarga zulmatdan qutilish yo’li bo’lmish "bilimlarni", y a’ni Moniylikning mazmuni haqidagi ilmlar majmuini etkazib beradi. Shundan so’ng insoniyat o ’z-o'zini qutqarish yo’liga o ’tadi. Moniylik fikricha dunyo - ziyo va zulmatning kurash maydoni, insonning vazifasi yovuzlikni yo’qotish va ezgulikka ko’maklashishdir. Moniy ta ’limotiga ko’ra jam iyat ikki toifa kishilardan - mumtoz zodagonlar (qashshoqlikda yashovchi aslzodalar), ya’ni kam miqdordagi moddiy ne’matlar bilan qanoatlanuvchi, turmush qurmaydigan, zohidlarcha yashovchi kishilardan hamda mehnatkash va savdogarlar toifasidan iborat. 32 Moniy fikricha dunyo ikkitadir: biri - kishilar real tarzda yashaydigan dunyo bo'lib, unda adolatsizlik. zulm. zo’ravor.lik hukm suradi; ikkinchi dunyo — "ziyo dunyosi", "abadiy mu’jizakor" dunyo bo’lib, uning ilohiy qobig’i go’yo olmosdan yasalgan, u hech qachon emirilmaydi va yovuz niyatli kishi unda yura olmaydi. Moniyning fikricha Ziyo va Zulmat, Yaxshilik va Yomonlik dunyosi o'rtasida murosasiz kurash boradi. Ana shu kurashda Yaxshilik g'alaba qilmog’i uchun inson o ’zining barcha likrlari, ishlari bilan yaxshilik kuchlariga yordam ko’rsatishi lozim. Moniy ta’limotiga ko’ra inson sof musaffolikka, "gunohlardan xolilikka" faqat tarkidunyo qilib hayot kechirish orqaligina erishishi mumkin. V asr oxiri - VI asr boshlarida, Qubod podsholigi davrida (488-531) Eronda vujudga kelgan xalq harakatiga rahbarlik qilgan eron zardushtiylarining bosh kohini Mazdak ibn Hamadonning (470-529) qarashlari keng tarqalgan. U o’z ta’limotida odamlar azaldan teng bo’lgan, degan g’oyani ilgari suradi. Ular o'rtasidagi keskin dunyoviy farqni imkoni boricha yo’qotish va qisqartirishni, katta boylarning er va mol-mulkini tortib olib, kambag’allarga bo’lib berish fikrini targ’ib qildi. Ular odamlarni xudo teng yaratgan, shuning uchun ular ne’matlami teng taqsinilashi kerak, degan fikrga tayanib ba’zilarda ko’p to’plangan boyliklami tortib olish qonuniy, zero ular ortiqcha narsalardir va noqonuniy yo’l bilan to ’plangan, deb hisoblaganlar. Tarixiy manbalarning xabar berishicha, mazdakchilar mulk borasida keskin farqqa chek qo’yish talabiga amal qilishgan va buni amalga oshirganlar. Mazdak ta'limoti qon to ’kilishini faqat bir sabab bilan, ya’ni yaxshilikning yomonlik ustidan g ’alabasini ta’minlash maqsadida oqlash mumkin deb hisoblagan. Hayotiy ne’matlami taqsimlashda adolatni joriy qilish, shu yo’l bilan tengsizlikka barham berish va uni yo’qotish talablari tufayli Mazdak ta’limoti keng tarqaldi, mehnatkashlar uni qo’llab-quvvatladi va u ko’pgina mamlakatlarda ommaviy ta’limotga aylandi. Unda ijtimoiy zulmga qarshi kurash muqaddas vazifa sifatida targ’ib etildi. Mazdakiya harakati tarixda katta rol o’ynadi. Bu harakat qariyb 20 yildan ko’proq davom etdi. Mazdak ta’limoti ko’p asrlar mobaynida Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda xalq qo’zg’olonlarining g’oyaviy bayrog’i bo'lib xizmat qildi. Masalan, Abumuslim, Muqanna va Bobek qo’zg’olonlari mazdakizm ta’limotining kuchli ta’siri ostida ko’tarilgan edi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling