Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
Abu Rayhon Beruniy
(973-1048) - o’rta asrlaming mashhur qomusiy ilm sohibi, deyarli barcha ilmlar sohasida qalam tebratgan, juda ko’plab kashfiyotlar qilgan. O ’sha davrdagi hukmron qarashlarga muvofiq Beruniy dunyoning yaratishi masalalarida rasman diniy dunyoqarashni tan olgan bo’Isa-da, ko’pgina masalalarda uning qarashlari chuqur ilmiyligi va o’ziga xosligi bilan ajralab turadi. Beruniy fikricha inson tabiat taraqqiyotining gultojidir, chunki "inson turi barcha hayvonlardan etukroqdir... unga erni yaxshilash va unda boshqarishni amalga oshirish uchun... tafakkurdek kuch ato etilgan". Shuning uchun, deydi Beruniy, u o’ziga berilgan maqsadga mos bo’lishi uchun yuqori darajada m a’lumotli bo’lishi kerak. Uning fikricha, insonning ma’naviy qiyofasi u yashayotgan ijtimoiy muhitdan kelib chiqadi. 35 Beruniy jamiyatning vujudga kelishi asosida kishilarning moddiy ehtiyojlari turishini ta ’kidlagan edi. "Inson unda ko’plab ehtiyojlar mavjudligi, o ’zini himoya qilish usullarining kamligi va dushmanlarining ko’pligi bois o’ziga o ’xshash kishilar bilan o ’zaro ko’maklashish hamda uni va boshqalarni ta’minlashga qodir ishlarni amalga oshirish uchun jamiyatga birlashishga majbur bo’ladi". Beruniy asl insoniy xislatlar qatoriga muruvvatlilikni kiritadi. Muruvvatli kishi, uning fikricha yuksak madaniyatli, dono, bilimli, axloqiy etuk, ilg’or dunyoqarashga ega insondir. Ana shunday kishilar boshqalarga yaxshi munosabatda bo’ladilar, ortiqcha zebu-ziynatlarga intilmaydilar, dehqonchilikmi, hunarmandchilikmi, savdogarchilikmi bo’lmasin, o ’z mehnati evaziga kun kechiradilar. Ular doimo sabr-toqatli, muloyim, qat’iy va sodda-oddiy kishilardir. Davlat rahbarlari to ’g’risidagi fikrlarda Beruniy o’z davridagi qarashlar doirasidan chiqib ketolmagan. Jumladan, u jamiyatdagi ko’pgina yomonliklar, zulm va adolatsizliklar mamlakatga hukmdorlik qiluvchi kishining shaxsiga bog’liqligini ta ’kidlab, jamiyatning yaxshilanishini ma’rifatli, dono hukmdor boshqarishi bilan bog’lagan. Bunday hukmdorning asosiy vazifasi yuqori doiradagilar bilan past tabaqadagilar, kuchlilar va kuchsizlar orasida adolatni tiklashdan iborat deb tushungan. Uning fikricha davlat hokimiyatini boshqarishning nasldan-naslga o ’tkazilishi o ’zini oqlaydi. Shunday bo’lsada, u kishilar o ’rtasidagi shafqatsizlik, noinsoniy munosabatlarni tanqid qiladi. Beruniyning ulug’ligi yana shundaki, u turli irqqa, dinga mansub bo’lgan va turli hududlarda yashaydigan kishilar, xalqlar o ’rtasidagi do’stlikka katta e’tibor beradi. U aynan xalqlar do’stligida ijtimoiy taraqqiyotning kuchini, insoniy baxt- saodatning asosini ko’radi. Uning fikricha haqiqiy do’stliksiz haqiqiy baxtning bo’lishi mumkin emas. Beruniy o’z davri diniy dunyoqarashi doirasidan chiqib, umuminsoniy ahamiyat kasb etadigan axloqiy sifatlarga ega inson haqida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, olijanoblik faqatgina diniy qoidalarni ijro etishdangina iborat emasdir (bu narsa, har qanday musulmon uchun zaruriy talabdir). Oliyjanoblik har kim faqat o’ziga va o ’ziga yaqin kishigagina emas, balki barcha kishilarga yaxshilik tilasagina o’zining to’liq mazmunini ko’rsatadi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling