Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
< Jumiyat idi iK/divoliau f'ormatsivaviv va sivilizatsivaviv vondoshuvlar
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
< Jumiyat idi iK/divoliau f'ormatsivaviv va sivilizatsivaviv vondoshuvlar
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, insoniyatning taraqqiyoti juda uzoq davom etgan jarayon bo'lib, ko'p bosqichlarni o ‘z ichiga oladi. Tarixchilar, faylasuflar, iqtisodchilar, siyosatchilar va jamiyatning turli-tuman sohalarini o'rganuvchi boshqa ilm vakillari ana shu taraqqiyot bosqichlarini bir qancha belgilarga ko‘ra bir-biridan ajratib o'rganishadi. SHuning uchun hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining bosqichlari haqida bir-biridan farq qiladigan bir qancha qarashlar mavjud. Bulaming biri ijtimoiy taraqqiyotga ijtimoiy-iqtisodiy I'ormatsiyalaming ketma-ket bosqichlari sifatida nazar tashlasa, ikkinchisi uni sivilizatsiyalarning o‘ziga xos sintezi sifatida talqin qiladi, uchinchisi jamiyat laraqqiyoti bosqichlarini bir-biridan texnologiyalar taraqqiyotiga ko‘ra ajratishni taklif etadi, to'rtinchisi esa madaniyatlarning o‘ziga xosligini asosiy belgi sifatida olg’a suradi va hokazo. Albatta, bunday yondoshuvlarning har birida o‘ziga xos mantiq, o'ziga xos xususiyatlar, o‘ziga xos ijobiy jihatlar, hamda, aytish mumkinki, ularning e’tiboridan chetda qolgan jihatlar, kamchiliklar mavjud. Aslini olganda ularni yaqin-yaqinlargacha bo'lgani kabi, bir-biriga qarama-qarshi qo'yish emas, balki umuman olganda jahon taraqqiyotiga turli nuqtai nazarlardan yondoshish sifatida qaragan ma’qulroq. Ana shunda ehtimol ular bir-birini to'ldirar, qaysidir muammolarni bir necha bor tafakkur silsilasidan o'tkazishga, ularni turli jihatlardan izohlashga imkon berar. Shu ma’noda ba’zan ijtimoiy fanlarda o'zini namoyon qilayotgan ba’zi bir og’machilik kayfiyatlariga, moda bo'lgan so'z o'yinlariga berilishdan ko‘ra, muammoga turlicha qarab, ularni tahlil qilish, ko‘r-ko‘rona tanqidbozlik yoki maqtovlardan ko'ra natijasi ilm-fanni olg’a etaklaydigan nazariy va amaliy natijalar olingani ma’qul. Jamiyat taraqqiyotiga ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ketma-ketligi sifatida yondoshuv asosan XIX asrda dialektik va tarixiy materializm nazariyasining g’oyasi sifatida vujudga keldi. Uni ko'pincha iqtisodiy determinizm deb ham atashadi. Chunki unda jamiyat hayotida iqtisodiy sohaning etakchilik va belgilovchilik roliga alohida ahamiyat beriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar nazariyasiga ko‘ra jam iyat hayotida insonning ishlab chiqarish faoliyati, iqtisodiy soha, ishlab chiqarish qurollariga munosabat, xullas mulkchilik munosabatlari asosiy ahamiyatga ega. U jamiyat hayotining qolgan barcha sohalarini belgilab beradi. Shuning uchun Er yuzining istalgan mintaqasida, istalgan paytda har qanday jamiyatni xarakterlaydigan, insoniyatning barcha davri, barcha ijtimoiy ti/im lar uchun umumiy bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy qonunlar mavjuddir. Ular orqali 7 istalgan jamiyatni tahlil qilib, xarakterlab berish mukin. Bular asosan materialistik dialektikaning hamda siyosiy iqtisodning asosiy qonunlaridir. Shu m a’noda formatsiyaviy yondoshuv jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini tushuntirib beradi. Bu yondoshuvga asoslanib insoniyat jamiyatidagi ayrim qaytarilmas xususiyatlar, u yoki bu xalq m a’naviyati, madaniyati, tarixiy rivojlanishi, ruhiy-psixologik xususiyatlari, uni boshqa xalqlardan ajratib turuvchi jihatlar, uni aynan o ‘sha xalq qilib turgan muayyanliklarni tushuntirib bo‘lmaydi. Aksincha bunda jamiyatni, undagi biror hodisa va jarayonlarni tushuntirishga bo'lgan ana shunday nuqtai nazarlarga «o‘ng», «so‘l» va boshqa «yorliqlar» yopishtirilishi xarakterlidir. Bunday fikrlarni bayon etuvchilaming taqdiri esa ko‘pincha fojiali tugagan paytlar ham boiganligi yaqin tariximizdan bizga m a’lum. Albatta, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga boMib o ‘rganishning ham o ‘ziga yarasha o ‘rni bor. U ijtimoiy taraqqiyotning umumiy, takrorlanuvchi tomonlarini, yo'nalishlarini tadqiq qilishda katta ahamiyatga ega. Ammo bu uning tarixiy jarayonni tahlil qilishga qodir bo ig an yagona usul ekanini bildirmaydi. Afsuski bu haqiqatni bizning jamiyatimiz juda kech angladi. Jamiyat taraqqiyotiga sivilizatsiyaviy (ba’zi mualliflar bu iborani "tamaddun" deb atashadi) yondoshuv esa, aksincha, yuqorida eslatib o'tilgan umumiy qonuniyatlar, umumiy xususiyatlarni emas, aksincha har bir xalq, millat, elat va undan ham kichikroq bo‘lgan ijtimoiy birlashmalarning qaytarilmas jihatlarini, ta ’bir joiz b o isa , ularning «mentaliteti»ni, ruhiyati, ma’naviyati, madaniyati va shu kabilardagi o ‘ziga xosliklarning ahamiyati borligini ta ’kidlaydi. Ana shu yondoshuvga asoslangan holda planetamizning turli-tuman nuqtalarida vujudga kelgan xalqlar, millatlar va elatlarning tarixida kuzatilgan va kuzatilayotgan madaniy, diniy, ilmiy, xullas, intellektual «portlash»larning tabiatini va xususiyatlarini anglash mumkin. Masalan, qadimgi Misrdagi sivilizatsiyalar va piramidalar qurilishi masalasi, Lotin Amerikasidagi inklar sivilizatsiyasi, Qadimgi Hindiston, Xitoydagi sivilizatsiyalar, hozirgi zamonda - Janubiy Koreyaning iqtisodiy rivoji, Yaponiya, Malayziya, Singapur va boshqa Janubiy Sharqiy Osiyo mamalakatlaridagi keskin olg’a sakrashlarning sivilizatsiyaviy asoslarini ana shu yondoshuv orqali tushuntirib berish mumkin. Lekin jamiyatni o'rganishda shuni e’tiborga olish kerakki dunyoda bir- biridan tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xosliklarr bilan farq qiladigan, turfa xislatlarga ega bo'lgan xalqlar va davlatlar mavjud ekan, ularning manfaatlari turlicha ekanligini, ana shu manfaatlarni anglash darajasi ham turlichaligini, ularning barchasi u yoki bu darajada siyosiylashganini tan olmay iloj yo‘q. Buning natijasida ularning in’ikosi bolm ish barcha "mafkuraviy omillar turli xalqlar, madaniyatlaming o ‘zaro aloqasiga, o ‘ziga xosligiga salbiy ta ’sir ko‘rsatishi" tabiiydir. Bu sivilizatsiyalarning ko‘p hollarda ichki va tashqi o ‘zaro nizolar, kurashlar, boMinishlar, taxt talashishlar, manfaatlar to ‘qnashuvining ta ’siriga uchraganligini, uchrayotganligini va bundan buyon ham uchrashini tushunishimizga yordam beradi. 8 "Sivilizatsiya" iborasi lotin tilidagi civilis - davlatga, fuqaroviylikka xoslik, fuqaroga monandlikni bildiradi va bir-biridan farq qiluvchi bir necha ma’nolarga ega. 1) Mazkur tushunchaga tarixiy yondoshuvga ko‘ra u insoniyat hayotining Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling