Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


yovvoyilik  va  vahshiylik


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

yovvoyilik 
va 
vahshiylik 
bosqichlaridan keyingi, sof insoniy m a’nodagi 
ijtimoiy 
m un osabatlam in g vujudga kelishi
bir so‘z bilan aytganda 
m adaniylashuv 
davrining boshlanishi va keyingi barcha davrlarni anglatadi. Bunda ko'proq tarixiy 
jarayonning nisbatan farqlanuvchi ikki bosqichini bir-biridan farqlash ko‘proq 
ahaniiyat kasb etadi. Ayni yondoshuvda formatsiyalar umumsivilizatsiyaviy 
taraqqiyotning bosqichlariga aylanib qoladilar. 
2) Keng tarqalgan boshqa 
yondoshuvga muvofiq sivilizatsiya moddiy va ma’naviy madaniyat, ijtimoiy 
rivojlanishning turli darajalari, bosqichlarini anglatadi. Bunda insoniyatning ana 
shu vahshiylikdan keyin boshlangan taraqqiyotini xronologik ketma-ketlikda yoki 
geografik mazmundan yoxud ijtimoiy hayot sohalari xususiyatlaridan kelib chiqib 
tushunish va ulardan har birining o‘ziga xosligiga urg'u berish ko‘proq ahamiyatga 
ega (masalan, antik va hozirgi sivilizatsiya, Sharq va G 'arb sivilizatsiyasi, Bobil, 
Rim va Turon sivilizatsiyasi, agrar va industrial sivilizatsiya, islom va xristian 
sivilizatsiyasi va h.k.). Asosiysi, shu paytgacha tarixda bo‘lganidek ulami bir- 
biriga qarama-qarshi qo‘ymasdan, ularning har biri 
o‘ziga xosliklarga, 
noyobliklarga, qaytarilmas jihatlarga ega ekanligiga e’tibor qaratishimiz muhim. 
Barcha narsa va hodisalarga har tomonlama nazar tashlash tamoyilidan kelib 
chiqib, ushbu yondoshuvlarning har ikkisi ham to’g ‘riekanligini ta'kidlashimiz 
kerak.
Yuqorida keltirilgan yondoshuvlarning turlichaligiga misol tariqasida 
quyidagilarni ilova sifatida keltiramiz:
I. N.Ya.Danilevskiyning (1822-1885) fikricha har bir sivilizatsiyani 
jamiyatning "madaniy-tarixiy tipi" sifatida qarash mumkin. Har bir tipning 
yadrosini o‘ziga xos g’oyaga va vazifalarga ega bo'lgan "tarixiy xalq" tashkil 
etadi. Shu ma’noda u sivilizatsiyalarni xronologik ketma-ketlikda quyidagi tartibda 
joylashtiradi: 1) misrliklar sivilizatsiyasi, 2) xitoy sivilizatsiyasi, 3) assiriya-bobil- 
fmikiyaliklar, xaldey yoki qadimiy semitlar sivilizatsiyasi, 4) hind, 5) eron, 6) 
yahudiy, 7) yunon, 8) rim, 9) yangisemit yoki arab, 10) german-roman yoki evropa 
sivilizatsiyasi. "Ana shu madaniy-tarixiy tiplami tashkil etuvchi xalqlargina 
insoniyat tarixida ijobiy arboblardir; ularning har biri o‘z ruhiy tabiatlarining 
xususiyatlarida va o‘z yashash tarzlarining tashqi xususiyatlarida mujassamlashgan 
ibtidoni mustaqil ravishda rivojlantirdilar hamda shu bilan insoniyatning umumiy 
xazinasiga o ‘z hissalarini qo‘shdilar".
II. Ingliz sotsiologi A. Toynbi (1889-1975) ham mustaqil lokal 
sivilizatsiyalar mavjudligi g’oyasini yoqlagan. Ulaming har biri, Toynbining 
fikricha, vujudga kelish, rivojlanish, cho'qqiga erishish, vayron bo‘lish va 
y o ‘qolish bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu ma’noda har qanday sivilizatsiya to‘liq 
doira yasab tarix sahnasini tark etadi. Sivilizatsiyalar rivoji, uning fikricha, 
"chaqiriq - javob" qonuni asosida sodir boMadi. Tarix jamiyatga doimo 
"chaqiriqlar" tashlaydi. Unga mos keluvchi "javoblar", vujudga kelgan muammolar 
echimi ijodiy fikrlovchi ozchilik - elita tomonidan amalga oshiriladi. Elita mavjud 
chaqiriqlarga javob topish qobiliyatini yo‘qotsa o‘zining jamiyatdagi hurmatini
9


yo'qotadi va uni kuch bilan saqlab qolishga intiladi. Ana shunda ijtimoiy birlikka 
putur etadi, ajralish yuz beradi. Bu esa sivilizatsiyani halokatga olib keladi. Uning 
qarashlari, ayniqsa sivilizatsiyaning bosqichlari va uning doirasimonligi haqidagi 
fikrlari O.Toffler (1928 y. tug’ilgan) va U.Rostou (1916 y. tug’ilgan) tomonidan 
iqtisodiy nuqtai nazardan yanada takomillashtirildi. Jumladan, O.Toffler jam iyat 
taraqqiyoti uning boshlanishidan to nihoyasigacha uch bosqichni bosib o'tadi, 
deydi. Bular a) an’anaviy jamiyat (industrialgacha bo'lgan davr), b) industrial 
jamiyat, v) axborotlashgan jamiyat (postindustrial jamiyat)lardir.
III. O'zbekistonnning bir qator tarixchilari ham bu masalaning o'ziga 
xosligini ta'kidlamoqdalar. Ma’lumki, sho'rolar davri tarix fanida kishilik jamiyati 
tarixini 5 ta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar (ibtidoiy jam oa tuzumi, quldorlik, 
feodalizm, kapitalizm va sotsializm)ga bo'lib o'rganish uslubi qo'llanildi. 
Olimlarning fikricha jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini 5 ta formatsiyaga 
bo'lib o'rganish endilikda zamon talabiga to 'g 'ri kelmay qoldi. Chunki O 'rta 
Osiyo xalqlari tarixi misolida oladigan bo'lsak, quldorlik tuzumi maxsus ijtimoiy- 
iqtisodiy formatsiya sifatida bizda bo'lmagan. Sotsialistik jamiyat esa tarix taqazo 
etmagan xayoliy bir uydirma bo'lib chiqdi. O 'rta Osiyo sharoitida ana shu 5 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalaming faqat uchtasigina (ibtidoiy jam oa tuzumi, 
feodal jamiyati va kapitalistik munosabatlarning dastlabki bosqichlari) yuz 
berganligini ta’kidlash mumkin. Sovet davri jamiyati esa kolonial davlat 
kapitalizmi shaklida rivojlandi. Eng qadimgi davrlardan to hozirgi kunimizga 
qadar bo'lgan jarayonni davrlashtirish masalasi hozirgacha o'zining to'liq ilmiy 
echimini topgani yo'q. Sivilizatsion davrlashtirish asosida insoniyat tarixida yuz 
bergan madaniy yuksakliklar yotadi. Shu ma’noda kishilik tarixi o 'z taraqqiyot 
yo'lida 5 marta sivilizatsion yuksalishlarni boshidan kechirdi. Birinchi sivilizatsiva 
miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda Evfrat va Dajla, Nil va Hind daryolari 
havzalarida yuz berdij Shuning uchun u tarixga "Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi" 
nomi bilan kirdi. Uning ta’sir doirasi miloddan avvalgi 3-ming yillikning oxirlarida 
Xurosonga va 2-ming yillik boshlarida Movarounnahrga yoyildi. Ikkinchi iahon 
sivilizatsiyasi miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o'rtalarida Gretsiya va 
Rimda yuz berdi. U tarixda "Antik davr sivilizatsiyasi" nomi ostida ma’lum. Uning 
ta’sir doirasi makedoniyalik Aleksandrning Qadimgi Sharqqa tomon harbiy 
yurishlaridan so'ng O 'rta Osiyoga kirib keldi. U "Osiyo-Evropa ellinizm 
sivilizatsiyasi" 
shakllanishiga olib 
keldi. 
Uchinchi 
sivilizatsiva 
o'chog'i 
M ovarounnahr va Xuroson bo'lib. ushbu hududlarda mTiodiy IX-XIII asrlarda yuz 
berdi, uning ta ’sirida Evropa uyg'ondi. To'rtinchi sivilizatsiva XIV-XV asrlarda 
Evropa va Osiyoda yuz bergan uyg'oijish davri bilan bog'liq. Beshinchi 
sivilizatsiva butun jahonni qamrab olgan XX asr sivilizatsiyasidir. Sivilizatsiyalar 
oralig'ida notekis rivojlanishlar, turg'unliklar, inqirozlar yuz berib turgan. Shuning 
uchun kishilik tarixi sivilizatsiyalarning uzluksiz tarixidan iborat emas.
IV. Hozirgi paytda tarafdorlari ko'p konsepsiyalardan biri planetamizning 
yagonaligi, "umumiy uy" ekanligini asoslashga yo'naltirilgan 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling