Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Jahon otin - Uvaysiy 
(1771-1845) hisoblanadi. Uning 
g ’azallarida lirik qahramon kamtar, odobli, nazokatli, oqila, fozila, vafodor, iffatli 
va jozibali jonona sifatida namoyon bo’ladi. Uning she’rlarida o’sha davr 
ayollarining orzu-umidlari aks etgan. Barcha shod bo’lib, uning hissasi qayg’udan 
iborat bo’lsa ham, zamon kulfatidan ko’ngli dog’ bo’lsa ham, yori jafo va sitam 
qilsa ham u yorga hamon sodiq qoladi. Shu bilan birga shoiraning ko’p she’rlarida 
mung, qayg’u ohanglari yangraydi, u o ’zini tanho his qiladi.
XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida Q o’qon adabiy muhitida 
yashab, ijod qilgan, asli ismi 
M ohlar oyim 
bo’lgan 
N odira 
(1792-1842) o ’z lirik 
she’rlarida sevgi, vafo va sadoqatni ulug’ladi. Uning hayoti, faoliyatining ba’zi 
jihatlarini insonparvarlik va shafqatsizlik masalalari bilan bog’liq holda bahs- 
munozara darslarimizdan birida ko’rib chiqamiz. Hozir esa uning ijodidagi 
umumiy tomonlarni ko’rsatish bilan chegaralanamiz.
Nodira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo xislatlarini ma’rifat, ya’ni Olloh 
vasliga etishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu 
sharafli xislatlarni o’z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik 
bilan ko’nglida asramog’ini obrazli tarzda ifodalaydi. Odamzot shu sifatlardan 
mahrum bo’lar ekan, u riyo yo’liga kirib ketadi.
Nodira o ’z ijodida inson, tabiat va jamiyatni, insonning ro’hiy dunyosini 
juda go’zal va jonli misralarda ifodalab beradi. U o’z she’rlarida islom ruhi va 
hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh 
bilan qaraydi va undan yaxshilik urug’ini qidiradi, o ’zi bu yo’lda amaliy ishlarni 
bajaradi: "Ulamoyi din rivojlariga imdod etkurdim, to she'ri sharif rivoj topti, 
zuhd ahliga ixlos va aqida tan zohir qildim, to din va millat kamol topti. Fazlu 
donish qabilasiga shafqat va marhamatdin inoyatlar ko’rguzdimkim, e ’tibor 
darajasig’a taraqqiy qilidilar. Soyil va gadolami talablariga etkurib, karam va 
ehson eshikidin noumid yubormadim. Mushafi sharif va kutubi diniy va rasoyili 
yaqiniy ko’p yozdurdim. Barchasini xolisanlilloh vaqf qildim".
XIX asr Xorazm ilmiy va adabiy muhilining yirik vakillaridan biri 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling