Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Ulug’bek 
(1394-1449) zamonida aniq fanlar: matematika, falakiyot juda
II
voj topdi, shuningdek, diniy bilimlarga, tibbiyot, tarix, axloq, nafosat va shu kabi 
l;inlarga muttasil e’tibor berildi. Fundamental fanlarni rivojlantirish manfaatlari
I llug’bekni yangi oliy maktab - ilmiy tafakkur markazi barpo etish qaroriga olib 
kcldi. Ana shu maqsadda Ulug'bek ayni bir vaqtning o ’zida uchta madrasa: 
birinchisini 1417 yilda Buxoroda, ikkinchisini 1417-1420 yillarda Samarqandda va 
uchinchisini G ’ijduvonda qurdirdi.
Samarqandda 
1428-1429 yillarda rasadxona qurilishi 
Ulug’bekning 
xizniatlaridan biri bo’lib, bu rasadxonani Ulug’bekning zamondoshlari o ’z 
davrlarining eng yaxshi rasadxonasi deb bilar edilar. Ana shu rasadxona tufayli 
Ulug'bek 1437 yilda o ’zining mashhur "Zichi Ko’ragoniy" yulduzlar jadvalini 
tuzish va tugallashga muvaffaq bo’ldi. Ulug’bek shunday ajoyib kutubxona 
yaratgan ediki, unda o ’sha zamon fanining deyarli barcha sohalariga oid 15 000 
kitob saqlanar edi. Ulug’bekning ilm-fan borasida amalga oshirgan ishlari 
to’g ’risida materiallarning ko’pligi bois o’quvchilarni ana shu manbalarga 
murojaat qilishga maslahat beramiz.
Zahiriddin M uham m ad Bobur 
(1483-1530) o’zbek xalqining yirik 
mutafakkiri, davlat arbobi, tarixchi, shoir va tarjimon. U temuriylar avlodidan 
bo’lib, Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos solgan.
Taxt talashishlar va o’zaro urushlar natijasida o’z yurtida hokimiyatni 
saqlab qololmaydi va 1504 yildan va 1526 yilgacha Afg’onistonda o’z 
hukmronligini o’rnatadi. Shu davr ichida u bu erdagi tarqoq qabilalarni 
birlashtiradi, mamlakatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlaydi.
U 1526 yili Dehli sultoni Ibrohim Lodi qo’shinini engib, Dehlini egallaydi. 
Bobur bu erda markazlashgan kuchli davlat barpo qiladi. U mamlakat 
obodonchiligiga katta ahamiyat beradi, shaharlami obod qiladi, sug’orish 
inshootlari qurdirdi, bog’lar barpo etdi.
Bobur o ’zbek adabiyoti, tarix, geografiya, falsafa, musiqashunoslikka katta 
hissa qo’shgan alloma hamdir. Uni jahonga mashhur qilgan asari "Bobumoma" 
hisoblanadi. Unda XV asr oxiri va XVI asrning 30-yillarigacha Movarounnahr
Afg’oniston, Xuroson va Hindistonda bo’lgan murakkab tarixiy voqealar bayon 
qilinadi. Bu asarda ana shu hududlar geografiyasi, o’simliklar (botanika) va 
hayvonot dunyosi (zoologiya) haqida ham qimmatli ma’lumotiar berilgan. Bu 
asardan tashqari Bobur aruz vazni va qofiyaga bag’ishlangan "Mufassal" asarini, 
huquqshunoslikka oid "Mubayyin" risolasini, musiqaga bag’ishlangan "Musiqiy 
ilmi" asarini yozgan va Xo’ja Ahrorning "Volidiya" asarini fors-tojik tilidan 
o ’zbek tiliga tarjima qilgan.
Bobur boshqa mutafakkirlar kabi jamiyat haqida tugallangan ta’limot 
yaratgan emas. Ammo uning asarlarida, she’rlarida jamiyat, insonning jamiyatdagi 
o’rni, davlat va fuqarolaming o’zaro munosabatlari, davlatni boshqarish kabi 
masalalar haqida ilg’or g ’oyalar, fikr-mulohazalar ko’p uchraydi. Boburning bu 
fikrlari uning uzoq yillar davomida o’z podshohligini tuzish, mustahkamlash, 
rivojlantirish tajribasiga tayangan holda aytilgani bilan qimmatlidir.
43


Bobur ijodi bilan mufassal shug’ullangan tadqiqotchilaming ta ’kidlashicha 
Bobuming podshohning elga imom, Ollohning xalifasi deb aytishdan maqsadi 
yakka hokimiyatchilik tuzumini madh etish emas, balki mamlakatni ko’pchilik 
bilan boshqarib bo’lmasligini, davlat va mamlakatning birligini, osoyishtaligini 
saqlash uchun hammaning podshohga itoat etishi kerakligini ta’kidlashdir. Aks 
holda "mulk vayron bo’lurig’a ne shak".
Bobur asarlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, u davlatni boshqarishning eng 
yaxshi shakli podshohlik deb hisoblaydi, buni uning 1508 yilda o’zini podshoh 
deb atashlari haqida farmon chiqarganidan ham bilish mumkin: "Ushbu tarixqacha 
Temurbekning avlodini... mirio derlar edi, ushbu navbat buyurdimkim... meni 
podshoh degaylar". U bir davlatga ikki kishi bosh bo’Iishiga hech qachon imkon 
bermaslik kerakligini alohida ta’kidlaydi. Bunday hoi guruhbozlikka, turli fitnalar 
avj olishiga, oqibatda esa mamlakat parchalanib xonavayron bo’Iishiga olib keladi: 
"Bir viloyatqa ikki podshoh va bir cherikka ikki mirsipoh nmjibi tafriqa va 
vayronlik va sababi fitn a va parishonlikdur".
"Boburnoma"da u podshoh (mamlakat rahbari) quyidagi sifatlarga ega 
bo’lishi lozimligini ko’rsatadi: najhati (omadi) baland, himmati arjumand 
(bag’rikenglik), viloyat olmog’ (davlatni kengaytirish), viloyat saqlamog’ 
(mamlakatni mustahkamlamoq), ma’murlug’ (bunyodkorlik va mamlakatni 
farovon qilish), fuqaro va raiyatga mehribonlik, qo’shin haqida g ’amxo’rlik, 
adolatparvarlik.
Shunisi e ’tiborliki, Bobur islom e’tiqodiga rioya qilish masalasiga rasmiy 
davlat siyosati miqyosidagina yondoshadi. U o ’qimishli kishi va olim bo’lganligi 
sabab bir dinni ikkinchi din ustidan ustun qo’ymaydi, ularning xalqlar hayotida 
muhim rol o ’ynashini tushunadi. Shu ma’noda uning Hindiston sharoitida islomga 
u erdagi boshqa dinlar qatori bir ko’zda qaragani ham xalq orasida diniy asosdagi 
tushunmovchiliklarning vujudga kelishiga to’siq bo’lgan. Garchi uning asarlarida 
tasavvuf, 
xususan 
naqshbandlik 
tariqatining 
odamlarni 
kamtarlikka, 
mehnatsevarlikka, ma’naviy barkamollikka chaqirishiga nisbatan kuchli hurmat 
sezilsada, uni so’fiy shoirlar qatoriga kiritib bo’lmaydi.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling